Pedagogika fan sifatida


Download 1.15 Mb.
bet17/43
Sana22.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1220857
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43
Bog'liq
ped.psix.maruzalar

Xarakter va shaxs
Xarakter - shaxsdagi shunday psixologik, sub’ektiv munosabatlar majmuiki, ular uning borlikka, odamlarga, predmetli faoliyatga hamda o‘z- o‘ziga munosabatini ifodalaydi. Psixologiyada xarakterning quyidagi tizimi e’tirof etiladi:
Mehnat faoliyatida namoyon bo‘ladigan xarakterologik xususiyatlar - mehnatsevarlik, mehnatkashlik, tashabbuskorlik, ishga layoqat, ishga qobillik, mas’uliyat, dangasalik, qo‘nimsizlik va boshqalar.
Insonlarga nisbatan bo‘lgan munosabatlarda namoyon bo‘ladigan xarakterologik sifatlar - odoblilik, mehribonlik, takt, jonsaraklik, dilgirlik, muloqotga kirishuvchanlik, altruizm, g‘amxurlik, raxm-shafqat va boshqalar.
O‘z-o‘ziga munosabatga aloqador xarakterologik sifatlar - kamtarlik, kamsuqumlilik, mag‘rurlik, o‘ziga bino qo‘yish, o‘z-o‘zini tanqid, ibo, sharmu - hayo, manmansirash va boshqalar.
Glossariy
Temperament – shaxsning individual-psixologik xususiyatlari majmui bo‘lib, u kishida faoliyat va xulq-atvorning dinamik va emotsional tomonlari bilan xarakterlanadi.
Melanxolik - temperament turlaridan biri bo‘lib, psixik faollikning sust, tez ta’sirlanuvchanlik, xatto arzimagan narsalar uchun ham juda chuqur ta’sirotga berilishi bilan xarakterlanadi.
Flegmatik – temperament turlaridan biri bo‘lib, harakatlar sekinligi, barqarorligi, emotsional xolatlarning tashqi ko‘rinishlari kuchli emasligida namoyon bo‘ladi.
Xarakter – kishidagi barqaror psixik xususiyatlarining individual birligi bo‘lib, shaxsning mehnatga, narsa va xodisalarga, o‘ziga va boshqa kishilarga munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Xolerik – temperament turi bo‘lib, xissiyot jo‘shqinligi, kayfiyatning tezda o‘zgarishi, hissiyotning muvozanatsizligi va umuman xarakatchanligi bilan ajralib turishi xosdir.
Shaxs – ijtimoiy munosabatlarga kiruvchi va ongli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi betakror odam.


7-ma’ruza
Qiziqarli psixologik testlar va
ularni qo`llash texnologiyasi

Rеjа:

  1. Psixologik test atamasi haqida tushuncha

  2. Qiziqarli psixologik testlar va ularni qo`llash texnologiyasi


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling