Pedagogika fani o'sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun ta'lim-tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari va amalga oshirish yo'llarini o'rgatuvchi fandir


Download 19.56 Kb.
bet3/3
Sana29.04.2023
Hajmi19.56 Kb.
#1400779
1   2   3
Bog'liq
Pedagogika 77777777

mohiyati. Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o’rin egallagan 
kuchli raqobatga bardoshli bo’lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka 
ega bo’lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Xo’sh, 
kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi? 
Pedagog o’zida qanday kompetentlik sifatlarini ѐrita olishi zarur? Ayni o’rinda shu 
va shunga yondosh g’oyalar yuzasidan so’z yuritiladi. “Kompetentlik” (ingl. 
“competencye” – “qobiliyat”) – faoliyatda nazariy bilimlardan samarali 
foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta 
olish“Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik ilmiy izlanishlar 
natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik “noan’anaviy 
vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o’zini qanday tutishi, muloqotga 
kirishishi, raqiblar bilan o’zaro munosabatlarda yangi yo’l tutishi, noaniq 
vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to’la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil 
rivojlanib boruvchi va murakkab jaraѐnlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni 
anglatadi. Kasbiy 
kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, 
malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo’nalish bo’yicha 
integrativ bilimlar va harakatlarning o’zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, 
kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni 

o’rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab 


topish, ularni qayta ishlash va o’z faoliyatida qo’llay bilishni taqozo etadi. Kasbiy 
kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoѐn bo’ladi: Kasbiy kompetensiyaga 
ega mutaxassis: - o’z bilimlarini izchil boyitib boradi; - yangi axborotlarni 
o’zlashtiradi; - davr talablarini chuqur anglaydi; - yangi bilimlarni izlab topadi; - 
ularni qayta ishlaydi va o’z amaliy faoliyatida samarali qo’llaydi - murakkab 
jaraѐnlarda; - noaniq vazifalarni bajarishda; - bir-biriga zid ma’lumotlardan 
foydalanishda; - kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo’la olishda Kasbiy 
kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun 
zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda 
yuqori darajada qo’llay olinishi 5 II. Kasbiy kompetentlik sifatlari. Kasbiy 
kompetentlik negizida quyidagi sifatlar aks etadi (1-rasm): 1-rasm. Kasbiy 
kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlar Quyida kasbiy kompetentlik negizida 
aks etuvchi sifatlarning mohiyati qisqacha ѐritiladi. 1. Ijtimoiy kompetentlik – 
ijtimoiy munosabatlarda faollik ko’rsatish ko’nikma, malakalariga egalik, kasbiy 
faoliyatda subyektlar bilan muloqotga kirisha olish. 2. Maxsus kompetentlik – 
kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayѐrlanish, kasbiy-pedagogik 
vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil 
rivojlantirib borish bo’lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, 
informasion, kreativ, innovasion va kommunikativ kompetentlik ko’zga tashlanadi. 
Ular o’zida quyidagi mazmunni ifodalaydi: a) psixologik kompetentlik – 
pedagogik jaraѐnda sog’lom psixologik muhitni yarata olish, talabalar va ta’lim 
jaraѐnining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy 

Download 19.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling