Pedagogika fani o'sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun ta'lim-tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari va amalga oshirish yo'llarini o'rgatuvchi fandir
O'qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat
Download 19.56 Kb.
|
Pedagogika 77777777
- Bu sahifa navigatsiya:
- “tana zaboni”
6.4. O'qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat
Pedgogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo'ladi va rivojlanadi, qobiliyatni rivojlaitirsh uchun esa layoqat, zehn, iste'dod, ya'ni inson nerv tizimida anatomo-fiziologik xususiyat bo'lishi ham zarur. O'qituvchining ba'zi psixik jarayonlari unda shaxsga xos sifatlarining shunday komplekskni tashkil qiladiki, buni pedagogik qobiliyat deb atash mumkin. Pedagogik faoliyatning samarali bo'lishi uchun o'qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo'lmog'i va tarbiyalanmog'i lozim: 1. Bilish qobiliyati - fanning tegishli sohalariga oid (matematika, fizika, iqtisod, adabiyot va hakozolarga doir) qobiliyatlardir. Bunday qobiliyatga ega bo'lgan o'qituvchi fanni o'quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, o'z fani sohasidagi materialni ipidan ignasigacha biladi, unga nihoyatda qiziqadi, oddiy tadqiqot ishlarini bajara oladi. 2. Tushuntira olish qobiliyati - o'quv materialini o'quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, yoshlarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg'otish qobiliyatidir. Qobiliyatli, mahoratli o'qituvchi dars materialini bayon etishda turli o'quvchilarning qanday o'zlashtirayotganliklarini qator belgilar asosida payqab oladi va zarur hollarda bayon qilish usulini o'zgartiradi. 3. Kuzatuvchanlik qobiliyati - o'quvchining ichki dunyosiga kira olish, o'quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog'liq bo'lgan psixologik kuzatuvchanlik va boshqalar. 4. Nutq madaniyati – nutq yordamida, shuningdek, imo-ishora vositasida o'z fikr hamda his-tuyg'ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o'qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir. O'qituvchining nutqi aniq, jonli, obrazli, talaffuzi jihatidan yorqin, ifodali bo'lib, unda gramatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim. O'qituvchining sekin nutqi lanjlik va zerikishga sabab bo'ladi. Haddan tashqari keskin va baqiroq nutq o'quvchilarning asabini buzadi, tez toliqtirib quyadi. 5. Tashkilotchilik qobiliyati – birinchidan, o'quvchi-talabalar jamoasini uyushtirishni, jipslashtirishni, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirishni; ikkinchidan, o'z ishini to'g'ri uyushtirishni nazarda tutadi. 6. Obro' orttira olish qobiliyati - o'quvchilarning hissiyoti va irodasiga bevosita ta'sir ko'rsatish va shu asosda obro' qozona olishdir. Obro' o'qituvchining fanni yaxshi bilishi, xushmuomalaligi, mehribonligi asosida ham qozoniladi. 7. To'g'ri muomala qila olish qobiliyati – yoshlarga yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali o'zaro munosabatlar o'rnata bilishi, pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi. 8. Oldindan ko'ra bilish qobiliyati - o'z harakatlarining oqibatini ko'ra bilishda, o'quvchining kelgusida qanday odam bo'lishini tasavvur qila olishda, tarbiyalanuvchida qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan aytib bera olishda ifodalanadi. 9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati - o'qituvchida diqqatning barcha xususiyatlari – hajmi, kuchi, kuchuvchanligi, idora qilinishi, safarbarligi kabilar taraqqiy etgan bo'lishi muhimdir. Diqqatni ayni bir vaqtda taqsimlash qobiliyati - o'qituvchilik uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Xullas, o'qituvchida bu kabi xususiyatlarning mavjud bo'lishi uning pedagogik mahoratini oshiradi va tajribasini boyitadi. Perseptiv qobiliyat - idrok jarayonining asosiy tuzilishi birinchi bo'lib, bu idrok ob'ektlarini bilib olish va uni xotira obrazlari bilan solishtirishdan iboratdir. Bu qobiliyat o'qituvchining o'quvchilar ko'z qarashlari va yuz ifodalariga qarab ularning ichki dunyosini ko'ra olishida namoyon bo'ladi. Bilish qobiliyati - bilimni egallash va uni o'zlashtirishni ta'minlaydi. Pedagogik qobiliyatlar faqat pedagogik faoliyat samarali bo'lishinnng shartigina emas, balki ko'p jihatdan o'qituvchining muvaffaqiyatli ishlashining natijasi hamdir. Shu munosabat bilan o'qituvchining o'zida pedagogik qobiliyatlarniig aniq maqsadini ko'zlab tarkib topish va rivojlanishi katta rol o'ynaydi. Inson kundalik hayotida juda katta informatsiya ichida yashaydi, katta informatsion oqimni qabul qiladi va xuddi shunday katta informatsion ma’lumotlarni atrofga tarqatadi ham. Informatsiya larni tarqatishda faqat uning tili, zaboni, aytgan gaplari, ishlari, yozgan kitoblari ishtirok etmaydi. Faqat mana shulargina ahamiyat kasb etmaydi. Balki informatsion ma’lumotlar ni tarqatishda odam tanasining ma’lum hatti-harakatlari, ya’ni mimikasi, kiyinishi, qo‘l harakatlari, qosh ko‘zi, ovozi, ko‘z qarashlari, nigohi, kulgusi ham ishtirok etib, ular muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, agar sizga uzoqdagi tanishingiz “Bu yoqqa kel!” deb baqirib, ammo qo‘l harakatlarini teskari tomon “ket!” shaklida qilsa, siz nima qilishni bilmay, esankirab qolasiz. Chunki “kel” axborotiga doir qo‘l harakatlari bilan, “ket” axborotiga doir qo‘l harakatlari boshqa-boshqadir, ular qarama-qarshidir. Ya’ni, “kel” bilan “ket” ma’lumotini o‘zida jamlagan qo‘l harakatlari ma’lum bir informatsiyani ifoda etadi.Ammo tana harakatlaringiz ongingiz to‘rida bo‘lgan sizning munosabatingizni o‘z tana zaboni orqali bilintirib qo‘yadi. Chunki informatsiya faqat so‘z orqaligigina emas, balki tana harakatlari orqali ham uzatiladi. Demak, tana zaboni axborot ulashish va tarqatishda faol ishtirok etadi. Informatsiyani uzatishda biz ko‘pincha e’tibor bermaydigan xuddi ana shu noan’anaviy usul - “tana zaboni” hisoblanadi.Tana zaboni – sizning qanday yurishingiz, turishingiz, qanday ovozda so‘zlashishingiz, qanday kiyinishingiz, sizning imo-ishoralaringiz, mimikangiz, umuman olganda qandaydir ma’noga ega bo‘lgan hamda axborot tarqatish va qabul qilishda ishtirok etgan tana harakatlaringiz majmuasidir.Inson kundalik hayotida juda katta informatsiya ichida yashaydi, katta informatsion oqimni qabul qiladi va xuddi shunday katta informatsion ma’lumotlarni atrofga tarqatadi ham Informatsiyalarni tarqatishda faqat uning tili, zaboni, aytgan gaplari, ishlari, yozgan kitoblari ishtirok etmaydi. Faqat mana shulargina ahamiyat kasb etmaydi. Balki informatsion ma’lumotlarni tarqatishda odam tanasining ma’lum xatti-harakatlari, ya’ni mimikasi, kiyinishi, ko‘l harakatlari, qosh ko‘zi, ovozi, ko‘z qarashlari, nigoxi, kulgusi ham ishtirok etib, ular muhim ahamiyat kasb etadi. MIMIKA - bu o‘z fikrlarini, kayfiyatini, holatini, hissiyotini qosh, ko‘z va chehra muskullarining harakati bilan bayon qilish san’atidir. Ba’zan o‘qituvchi chexrasining va nigohining ifodasi o‘quvchilarga katta ta’sir ko‘rsatadi.Mimik harakatlar, ifodalar ma’lumotlarning hissiy ahamiyatini kuchaytirib, ularni chuqur o‘zlashtirish imkoniyatini beradi. O‘quvchilar o‘qituvchining muomalasi va hatti-harakatiga qarab kayfiyatini, munosabatini tezda «o’qib» oladilar.PANTOMIMIKA — bu o‘qituvchining gavdasi, qo‘l, oyoq harakatini tartibga soluvchi uslubdir. O‘qituvchilarning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatida o‘quvchilar bilan muloqoti muhim ahamiyat kasb etishi barchaga ma’lum. Biroq o‘quvchilar bilan muloqotda o‘qituvchining pantomimikasi, ya’ni, gavda, ko‘l, oyok harakati to‘g‘ri ifodalanmasa, ta’lim-tarbiyaga asoslangan muloqot natija bermasligi mumkin. O‘qituvchi o‘z gavdasi, qo‘li, oyoq harakatlarining holati orqali har qanday pedagogik ma’lumotlarning obrazini “chiza” olsa, o‘quvchilar bundan zavqlanadilar, ular ichki his-tuyg‘ulari, tashqi hissiyotlari bilan qo‘shilib butun ongini o‘quv materiallari mazmunini o‘zlashtirishga qaratadilar. PANTOMIMIKA — bu o‘qituvchining gavdasi, qo‘l, oyoq harakatini tartibga soluvchi uslubdir. O‘qituvchilarning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatida o‘quvchilar bilan muloqoti muhim ahamiyat kasb etishi barchaga ma’lum. Biroq o‘quvchilar bilan muloqotda o‘qituvchining pantomimikasi, ya’ni, gavda, ko‘l, oyok harakati to‘g‘ri ifodalanmasa, ta’lim-tarbiyaga asoslangan muloqot natija bermasligi mumkin. O‘qituvchi o‘z gavdasi, qo‘li, oyoq harakatlarining holati orqali har qanday pedagogik ma’lumotlarning obrazini “chiza” olsa, o‘quvchilar bundan zavqlanadilar, ular ichki his-tuyg‘ulari, tashqi hissiyotlari bilan qo‘shilib butun ongini o‘quv materiallari mazmunini o‘zlashtirishga qaratadilar. “kasbiy kompetentlik” tushunchalarining Download 19.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling