Pedagogika fani o'sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun ta'lim-tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari va amalga oshirish yo'llarini o'rgatuvchi fandir


Download 19.56 Kb.
bet1/3
Sana29.04.2023
Hajmi19.56 Kb.
#1400779
  1   2   3
Bog'liq
Pedagogika 77777777


Pedagogika fani o'sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun ta'lim-tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari va amalga oshirish yo'llarini o'rgatuvchi fandir. Pedagogik mahoratga erishish uchun aynan pedagogika faniga oid bilim, ko'nikma va malakalarni egallashgina emas, balki psixologiya fanini ham chuqur o'rgangan kishidagina pedagogik faoliyati davomida pedagogik mahoratga erishish mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, pedagogik mahoratga erishish uchun bo'lajak pedagoglar pedagogika va psixologiya fanini ham nazariy, ham amaliy jihatdan puxta o'rganish lozim. Ta'lim-tarbiyadan ko'zlangan maqsadni anglash va ular tizimida yangi bilimlar berish – bolalarni to'g'ri tarbiyalash shartidir. Bunda o'qituvchining beg'araz mehnati, bolalarni sevish va ularga jon fido aylashlari tarbiya samaradorligini ta'minlaydi. Ayniqsa pedagoglar ushbu fanni chuqur va puxta bilishlari shart.O'quv-tarbiya ishlari jarayonida eng yuksak natijalarga erishib, faoliyatining yuksak darajada baholanishini va hamma tomondan tan olinishini istamaydigan o'qituvchi topilmasa kerak. Bunga erishishni, ana shu xil orzuning ushalishini pedagogik mahorat deymiz. Xo'sh pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimadan iborat? Unga qanday erishsa bo'ladi? Bu tushunchaning mohiyatini bir muncha to'laroq aniqroq ta'rifi «Pedagogik ensiklopediya»da berilgan, deyish mumkin. Bizningcha, boshqalarga nisbatan bu ta'rif pedagogik mahorat mazmunini va mohiyatini bir muncha to'g'ri yoritadi: «Tarbiya berish va o'qitishda yuqori darajaga erishish va uni doimo takomillashtirib borish imkoniyatini ta'minlovchi san'at bo'lib, bolaga mehr qo'ygan va o'z kasbini sevgan har bir o'qituvchining qiladigan ishi».
6.3. Pedagogik texnika va uning komponentlari, tarkibiy qismlari
Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm-farosat bilan bir qatorda pedagogik texnika sohasidagi malakalar ham kiradiki, ular tarbiyaga ozroq kuch sarflab ko'proq natijalarga erishish imkonini beradi. Pedagogik texnika o'qituvchiga o'quv faoliyatida ham, o'qishdan tashqari faoliyatda ham zarur bo'lgan umumiy pedagogik malakalar majmuidan tashkil topadi.Pedagogik texnika – bir qancha usullarning yig'indisi bo'lib bularga: 1) O'qituvchining tashqi ko'rinishi. 2) o'qituvchining nutqi kiradi.«Pedagogik texnika» - tushunchasi 2 guruh tarkibiy qismga ajratiladi.Birinchi guruh – bu tarkibga o'qituvchining o'z hatti-harakatlarini boshqarishga aytiladi: 1) O'z gavdasini boshqara olish (mimika va pontomimika). 2) O'z his-tuyg'usini, kayfiyatini boshqara olish (keraksiz psixik zo'riqishni olib tashlash, ijodiy kayfiyatni o'zi uchun va o'quvchilar uchun yarata olish). 3) Ijtimoiy perseptiv qobiliyat (diqqat, kuzatuvchanlik, hayol). 4) Nutq texnikasi (nafas olish, ovozni to'g'ri qo'ya olish, diksiya, nutq tempi).Ikkinchi guruhning tarkibiy qismlari – bunga jamoaga va shaxsga ta'sir eta olish malakasi bilan, ta'lim va tarbiya jarayonining texnologik tomonlari kiradi.Bularga quyidagilar: Didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ malakalar kiritiladi.Avvalo pedagogik texnikaning tarkibiy qismi sifatida o'qituvchining nutq malakalarini, ya'ni savodli gapirish, o'z nutqini chiroyli va tushunarli ta'sirchan qilib bayon etish, o'z fikr va his-tuyg'ularini so'zda aniq ifodalash malakalarini aytib o'tish mumkin.Pedagogik texnikaning boshqa tarkibiy qismi pedagogning mimik va pantomimik harakatlaridir.Yosh o'qituvchi qanday hatolarga yo'l qo'yadi?Ko'pgina yosh o'qituvchilarning faoliyatini tekshirish quyidagi o'ziga xos kamchiliklarni aniqlashga imkon beradi:

Download 19.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling