1. Shaxs ongini shakllantirish metodlariga: hikoya, tushuntirish, izohlash, ma’ruza, etik suhbat, ishontirish, nasihat, yo’riqnoma, munozara, ma’ruza, namuna;
2.Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlariga mashqlantirish, odatlantirish, pedagogik talablar, jamoat fikri, topshiriq, tarbiyalovchi vaziyat;
3.Xulq va faoliyatni rag’batlantirish metodlariga: musobaqa, rag’batlantirish va jazolash kiradi.
5.Tarbiyada nazоrat, o’z-o’zini bahоlash va o’z-o’zini nazоrat qilish mеtоdlari.
O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari. O‘quvchida o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya’ni, o‘z ustida ongli, bartartib ishlashga ehtiyoj paydo bo‘lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblash mumkin. Tarbiya jarayonida o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlaridan foydalanish samarali hisoblanadi.
O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish o‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli.
O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish uchun o‘quvchi o‘zining yurish-turishi, intizomi, ijobiy fazilatlarining ortib borishi va aksincha, salbiy odatlarining kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi.
O‘z-o‘zini baholash mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish asosida o‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat usuli.
O‘quvchining qobiliyatini o‘z kuchi erkin yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. O‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin o‘quvchini bunga yetarli tayyorlash mumkin. SHu bois o‘quvchi irodali bo‘lishi, o‘z burchini tushunishi, tahsil va tarbiya olish uchun sababli asos bo‘lishi, ya’ni, tarbiyalanishni xohlashi, o‘zini o‘rtoqlari, atrofdagilarning ko‘zi _erin ko‘rish va o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilishi lozim.
9-mavzu:Tarbiya turlari va mazmuni.
Tarbiya turlari. SHarq mutafakkirlarining tarbiya turlari xaqidagi fikrlari va ularning xozirgi sharoitda shaxsni kamol toptirishdagi ahamiyati.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari va vositalari. Jinsiy tarbiyaning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakllari, metodlari va vositalari.
Aqliy tarbiyani tashkil etish shakllari, metod va vositalari. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish vazifalari va metodlari. Ekologik tarbiya – o`quvchilar dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi sifatida. Mehnat tarbiyasining shakllari, metodlari va vositalari. Iqtisodiy islohotlar sharoitida o`quvchilarni iqtisodiy tarbiyalash mazmuni, vazifalari va metodlari.
Fuqarolik tarbiyasining tashkiliy shakllari, metodlari va vositalari. Vatanparvarlik tarbiyasi. Xuquqiy tarbiyaning maqsadi, mazmuni va metodlari. YOshlar o`rtasida xuquqbuzarlikning oldini olish.
Jismoniy tarbiyaning mazmuni va metodlari. Estetik tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari.
Tarbiya turlari va ularning o`zaro bog`liqligi. Oilada tarbiya turlarini tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |