Pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari. Reja


Download 1.18 Mb.
bet128/259
Sana21.10.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1714831
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   259
Bog'liq
1-modul Pedagogikaning metodologik asoslari-fayllar.org

Huquqiy madaniyat – shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning o‘zlashtirilishi hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish darajasining sifat ko‘rsatkichi.
Huquqiy faoliyat huquqiy me’yorlar, qonunlar talablariga nisbatan ongli yondashish, ularga qat’iy va og’ishmay amal qilish, qonunlarni hurmat qilish, ularni shaxs erkini himoya qilish kafolati sifatida e’tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol ishtirokni tashkil etishga yo‘naltirilgan amaliy xatti–harakatlar majmui.
SHaxs huquqiy madaniyatining muhim tarkibiy qismlari sifatida quyidagilar e’tirof etiladi: huquqiy tasavvur, huquqiy idrok, huquqiy savodxonlik, huquqiy tafakkur, huquqiy faollik, huquqiy mas’ullik, huquqiy e’tiqod, huquqiy salohiyat.
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ijtimoiy tarbiyasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mehnat tarbiyasi ni shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va uning natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga ko‘maqlashsin. Mehnat tarbiyasi ning provard maqsadi shaxs xarakterining asosiy xislati sifatida uning mehnatga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirishdir.
Topshiriq - o’quvchilarda mehnat, ijtimoiy hulq va hayotiy tajriba ko’nikmalarini shakllantirish maksadida ko’llaniladigan usul.
Ragbatlantirish - tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko’ngilini ko’tarish va uni ko’llab-kuvvatlash usuli.
Iqtisodiy tarbiya - o’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, xo’jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko’paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to’gri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik jarayon.48


Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling