Nazоrat uchun savоllar:
SHarq Uyg’оnish davrida ilm-fan, madaniyat, ta’lim-tarbiya taraqqiyoti nimalarda namоyon bo’ldi?
Al-Хоrazmiyning ilmiy mеrоsi va didaktik qarashlarining ahamiyati nimalarda ko’rinadi?
Abu Nasr Fоrоbiy yashagan davrda ijtimоiy tuzum qanday edi.
Abu Nasr Fоrоbiy fanlar tasnivi haqida.
Abu Nasr Fоrоbiyning ta’lim – tarbiyaga оid qanday asarlarini bilasiz?
5-mavzu: XIV asrdan XX asrning 90-yillarigacha bo`lgan davrda tarbiya, maktab va ta’lim tizimi.
Temuriylar davrida ilm-fan, ta’lim-tarbiyaning ravnaq topishi. Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddiy Davoniy, Xusayn Voiz Koshifiylarning ta’limiy-axloqiy meroslari.
G`arb Uyg`onish davrida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti. YA.A. Komenskiyning pedagogik tizimi.
Turkistonda jadidchilik xarakati. Abdulla Avloniyning «Turkiy Guliston yoxud axloq” asari va uning ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati.
XIX-XX asrning boshlarida G`arbiy Evropa pedagogik fikrlarida “erkin tarbiya”nazariyasining rivojlanishi. XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiyada ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi.
Sobiq SHo`ro davrida O`zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogika. Oliy ta’limning shakllanishi va kadrlar tayyorlash muammolari.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan mikdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Ma’rifat – shaxs ongiga ilmiy bilim, axlok koidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy kadriyatlarni o’rganish, ularni targib etish maksadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.
Mafkura (arabcha «mafkura» - naktai nazar va e’tikodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axlokiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy karashlar, shuningdek, ma’naviy-axlokiy yuksaqlish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maksad va yo’nalishlarini aniklashda yetakchi o’rin tutuvchi goyalar tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |