Pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari. Reja


Oila, uning tarbiyaviy funksiyalari


Download 1.18 Mb.
bet161/259
Sana21.10.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1714831
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   259
Bog'liq
1-modul Pedagogikaning metodologik asoslari-fayllar.org

Oila, uning tarbiyaviy funksiyalari.
Oila – kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o’zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi.
“Jamiyat” va “oila” tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Bu bog’liqlik jamiyatning oilalarsiz mavjud bo‘lmasligi hamda o‘z navbatida oilaning ma’lum bir jamiyat tarkibida vujudga kelishi va yashovchanligida ko‘rinadi. Oila hamda jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega. Har bir oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa uning bag’rida mavjud bo‘lgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining shakllanganlik darajasiga bevosita bog’liqdir. CHunonchi, ijtimoiy borliqning oilalar zimmasiga qo‘yadigan talablari ularning manfaatlariga zid bo‘lmasa, aksincha, oilalar farovonligi, tinchligini ta’minlashga yordam bersa, oilalar tomonidan ijtimoiy talablarning qo‘llab-quvvatlanishi, ularning amaldagi ijrosini ta’minlash ko‘rsatkichi shuncha yuqori bo‘ladi.
Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, oila bola uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo‘lib, bu muhitda shaxs kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, xarakter va dunyoqarash shakllanadi. Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko‘radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida, oilaviy munosabatlarni tashkil etish jarayonida anglaydi.
Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlab, ota-onalarda o‘ziga xos faollikni ham yuzaga keltiradi. Xususan, farzandlarning bevosita ta’siri tufayli ularning qiziqish hamda faoliyatlari doirasi kengayadi, o‘zaro aloqalari mazmunan boyib boradi, real hayot mohiyatini chuqurroq anglash, ya’ni, farzandlar kamoloti, kelajagi timsolida o‘z umri davomiyligini kurish holati ro‘y beradi.68
2.Оilaviy tarbiyaning huquqiy asоslari.
Oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar axloq-odob va huquqiy qoidalar bilan birga tartibga solinadi. SHuning uchun ham oila huquqi huquqning mustaqil sohasi bo‘lib, nikoh, qon-qarindoshlik, bolalarning nasl-nasabini belgilash, ota-ona qaramog’idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllaridan kelib chiqadigan munosabatlarni huquqiy tartibga soladi.
Agar oila huquqi tushunchasiga muxtasar ta’rif berib aytadigan bo‘lsak, bu er-xotinlar, qarindoshlar, ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) va bolalar o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy va ular bilan bog’liq mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq tarmog’i hisoblanadi. SHu ta’rifdan ham ko‘rinib turibdiki, oila huquqi fuqarolik huquqi bilan chambarchas bog’liq bo‘lish bilan birga, farq qiluvchi xususiyatlarga ham ega. YA’ni: birinchidan, oilaviy munosabatlar fuqarolik huquqiga xos bo‘lmagan yuridik faktlar (nikoh, qarindoshlik, onalik, otalik, farzandlikka olish va hokazolar) asosida vujudga keladi, ikkinchidan, oilaviy munosabatlar fuqarolik huquqidan farq qilib, ko‘proq shahsiy-huquqiy mohiyatga ega bo‘ladi, uchinchidan, oilaviy huquq sub’ektlarining huquq va majburiyatlari ularning o‘zlarigagina tegishli huquq va majburiyatlar sanaladi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling