Pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari. Reja


Ma’ruzasining samaradorligini ta’minlash shartlari quyidagilardan iborat


Download 1.18 Mb.
bet209/259
Sana21.10.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1714831
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   259
Bog'liq
1-modul Pedagogikaning metodologik asoslari-fayllar.org

Ma’ruzasining samaradorligini ta’minlash shartlari quyidagilardan iborat:
  • O’qituvchi tomonidan eng maqbul ma’ruza rejasining tuzilishi;


  • Rejadan o’quvchilarni xabardor etish, ularni ma’ruza mavzusining maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish;


  • Rejada aks etgan barcha bandlarning mantiqiylik va ketma-ketlikda bayon etilishi;


  • Rejaning har bir bandi yoritilgach, ular yuzasidan qisqacha umumlashma asosida xulosalanishi;


  • Ma’ruzaning bir qismidan ikkinchisiga o’tishda ular o’rtasidagi mantiqiy aloqalarning o’rnatilishini ta’minlash;


  • Bayon qilishning muammoli va emotsional xususiyat kasb etishi;


  • Jonli til, o’z vaqtida misollar, aniq dalillar va qiyoslashlardan foydalanish;


  • Auditoriya, muloqot jarayoni, shuningdek, o’quvchilarning aqliy faoliyatlarini mohirlik bilan boshqarish;


  • Ma’ruzaning muhim jihatlarini turli tomondan ochib berilishi;


  • Ma’ruzaning asosiy qismlarini o’quvchilar tomonidan qayd etib (yozib) borilishiga imkon beradigan holatda bayon qilinish tezligi;


  • Zarur (yozib olinadigan) o’rinlarni oldindan ajratib qo’yish;


  • O’rganilayotgan holatlarni yozib olish asosida qabul qilish va ularning mohiyatini aniqlashtirish maqsadida ko’rgazmalar (namoyish, illyustratsiya, videofilm va boshqalar)dan foydalanish;


  • Alohida holatlarni chuqur muhokama qilishda ma’ruzani seminar, amaliy mashg’ulotlar bilan uyg’unlashtirish. 96




Noan’anaviy ta’lim metodlari
So’nggi vaqtlarda “Keys-stadi” metodi xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida muvaffaqiyatli qo’llanib kelinmoqda va bugungi kunda respublika ta’limida ham tobora ommalashib bormoqda. Shu sababli ayni o’rinda ushbu metod (texnologiya) mohiyati haqida so’z yuritiladi.
“Keys-stadi” texnologiyasi (ingl. “case” – chemodan, metod, “study” – muammoli vaziyat; vaziyatli tahlil yoki muammoli vaziyatlarni tahlil qilish) – 1) talabalarda aniq, real muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul variantlarini topish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan texnologiya. Texnologiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Tahlil ko’nikmalari va tanqidiy tafakkurni rivojlantirish.
2. Nazariya va amaliyot birligini ta’minlash.
3. Muammo yuzasidan turli qarashlar va yondashuvlarni namoyish qilish.
4. Qarorlar qabul qilish va uning oqibatlariga doir mulohazalarni taqdim etish.
5. Noaniqliklar mavjud bo’lgan sharoitda muqobil variantlarni baholash ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.
“Keys-stadi” yordamida talabalar quyidagi ko’nikma, malakalarga ega bo’ladi:
1. Tahliliy ko’nikmalar (ma’lumotlarni axborotlardan ajrata olish, ularni turkumlashtirish, ma’lumotlarni zarur va nozarurga ajratish, tahlil qilish, taqdim etish; buning uchun shaxs aniq, mantiqiy fikrlay olishi kerak).
2. Amaliy ko’nikmalar (muammoning murakkabligidan kelib chiqib, real vaziyatni tahlil qila olish, eng muhim nazariya, metod va tamoyillarni qo’llay bilish).
3. Ijodiy ko’nikmalar (bunda mantiqiylik asosida vaziyat (muammo)ni yechish muhim emas, balki ijodiy yondashuv asosida muammoning bir necha yechimlarini topish va ularni tahlil qilish talab etiladi).
4. Muloqot ko’nikmalari (unga ko’ra talaba bahs-munozara olib borish, o’z nuqtai nazarini himoya qilish, qaroriga boshqalarni ishontirish, juda qisqa va ishonarli hisobotni tayyorlash ko’nikmalarini o’zlashtira bilishi zarur).
5. Ijtimoiy ko’nikmalar (qarorni muhokama qilish jarayonida talabalar boshqalarning xatti-harakatini tahlil qilish, boshqalarni tinglay bilish, bahsda o’zgalarning fikrlarini qo’llab-quvvatlash, ilgari surilgan fikrga qarama-qarshi fikrni bildira olish va o’zini boshqara olishi lozim).
6. O’z-o’zini tahlil (bahs-munozara jarayonida o’zini tuta bilishi, boshqalarga namuna bo’lishi muhim)97
Texnologiyaning negizida muayyan muammoli vaziyatni hal qilish jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi elementlar yotadi. Bular quyidagilardir: ta’lim shakllari, ta’lim metodlari, ta’lim vositalari, ta’lim jarayonini boshqarish usul va vositalari, muammoni hal qilish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishning usul va vositalari, axborotlarni to’plash, ularni o’rganish usul va vositalari, ilmiy tahlilning usul va vositalari, o’qituvchi va talaba o’rtasidagi ta’limiy aloqaning usul va vositalari, o’quv natijalaridir.
“Assesment” texnologiyasi (ingl. “essesment” – “baho”, “baholash”) – talabalarning bilim, ko’nikma va malakalari darajasini har tomonlama, xolis baholash imkoniyatini ta’minlovchi topshiriqlar to’plami
Assisment texnologiyasini qo’llash quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1.Yaxlitlik (talabalar turli mashq va testlar yordamida
sinovlardan o’tadi).
2.Reallik (talabalarning kuzatib borilayotgan xatti-harakati baholanadi).
3. Mustaqillik (har bir talaba bir necha mutaxassislar tomonidan baholanadi).
4. Ob’ektivlik (xulosalar standartlashtirilgan baholarga asoslanadi).
5.Ishonchlilik (xulosalar talabalar tomonidan mustaqil bajarilgan vazifalarning natijalariga asoslanadi)
Talabalarning umumiy-madaniy kompetentligini baholashda assesment baholash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1) talabalardagi baholanishi lozim bo’lgan kasbiy kompetentlik sifatlari ro’yxatini tuzish;
2) kasbiy kompetentlik sifatlari namoyon bo’ladigan faoliyat turlarini modellashtirishga imkon beruvchi, muammoli vaziyat vazifasini ishlab chiqish;
3) ma’lum bir kompetensiyalarning shakllanglanlik darajasini belgilar beruvchi mezonlarni ishlab chikish; ekspertlar uchun baholash varaqalarini tayyorlash;
4) so’rov anketalarinni ishlab chiqish; assessmentdan imtihon shakli sifatida foydalanish;
5) savol-javob anketasini tuzish;
6) xulosa chiqarish
Zamonaviy sharoitda ta’lim tizimida vebinar texnologiyalar tobora keng qo’llanilmoqda.
Vebinar texnologiyalar (ingl. “webinar” – web-based seminar) – 1) web-texnologiyalari va an’anaviy ta’limning o’zaro birligi asosida tashkil etiladigan seminar;
2) Internet texnologiyalari va maxsus dasturlar qo’llanilgan holda talaba (tinglovchi)lar bilan interfaol aloqa o’rnatiladi. Garchi “vebinar” tushunchasi shu ma’noni anglatsada, biroq, ta’lim amaliyotida keng ma’noda qo’llanilib, turli onlayn tadbirlar (seminar, konferensiya, bahs-munozara, uchraShuv, taqdimot, ayrim holatlarda trening, turli hodisalar bo’yicha tarmoq translyatsiyalari (kompyuter yoki Internet tarmog’ida namoyish etiladigan lavhalar) va ta’lim vositalarini anglatishga xizmat qiladi.
Ushbu texnologiyalarni o’zlashtirish orqali pedagoglar interfaol o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Talabalar uchun esa bu texnologiyalar vaqtni va boshqa resurslarni tejash imkonini beradi.
O’quv portfoliosi. Bugungi kunda xorijiy mamlakatlar tajribasida keng qo’llanilayotgan nazorat vositasi bo’lgan o’quv portfoliosi quyidagi imkoniyatlarga ega
“Portfolio” (ingl. “portfolio” – “portfel”, “hujjatlar solinadigan sumka”) avtobiografik xarakterga ega hujjatlar to’plami ko’p funksiyalilik va o’zining shaxsiy muvafaqqiyatini baholash;
- individual muvafaqqiyatlar monitoringini amalga oshirish;
- imtihonni tashkil etish;
- ta’lim natijalarini xolis belgilash;
- ta’limiy muvafaqqiyatlar hamda qo’shimcha natijalarni aniq ko’ra olish;
- talabaning mavjud imkoniyat va qobiliyatlarini, uning kuchli va kuchsiz tomonlarini ko’ra olish, shaxsiy, kasbiy hamda ijodiy salohiyatiga yetarlicha baho berish.
Quyida talabalar o’quv portfoliolarining turlariga xos xususiyatlar to’g’risida so’z yuritiladi.
1. Hujjatlar portfoliosi (bunda talabaning indiviudal ta’limiy muvaffaqiyatlari aks ettiruvchi diplom, faxriy yorliq, guvohnoma va b. jamlanadi).
2. Ishlar portfoliosi (unda talaba tomonidan bajarilgan ijodiy ishlar, loyihalar, tadqiqotlar, ularning natijalarini aks ettiruvchi reyting daftarchasi, ijodiy ish daftari, elektron hujjatlar, modellar, loyihalar, ijtimoiy, ishlab chiqarish, pedagogik amaliyotga doir hisobotlar, talaba tomonidan mustaqil yoki guruhdoshlar bilan hamkorlikda to’plagan adabiyotlar, davriy nashrlarning kseronusxalari, illyustratsiyalar joy oladi).
3. Natijalar portfoliosi (bunda talabaning o’zi yoki pedagoglar tomonidan jamlangan talabalarning eng yaxshi ishlari o’rin oladi; natijalar portfoliosi individual va guruhli bo’lishi mumkin; ushbu portfolioda aks etgan ma’lumotlar asosida “Eng yaxshi talabalar guruhi” tanlovini tashkil etish mumkin).
4. Baholovchi portfolio (u talabaning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish maqsadida shakllantiriladi; bu turdagi portfoliodan nazorat ishlari, testlar, chizmalar, krossvordlar va boshqalar o’rin oladi).
5. Taqrizlar portfoliosi (bunda talaba tomonidan erishgan yutuqlarni baholashga doir xulosa, taqriz, rezyume, esse, tavsiyanoma va tavsifnomalar jamlanadi)
6. On-line portfolio (bu kabi portfolio turli shakllarda namoyon bo’ladi; masalan: 1) talabalar tomonidan oliy ta’lim muassasasi yoki fakultet saytiga materiallarni qo’shish; 2) shaxsiy veb-saytlarni yaratish; 3) semestr yakunlari bo’yicha hisobot tayyorlash).

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling