Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim muassasasining joylashgan o‘rni, uning turi, ta’lim tili, guruh raqbarlari, o‘qituvchilarning huquq va burchlari, ta’lim oluvchilar va ularning ota-onalarining huquq va burchlari, shuningdek, ta’lim muassasasining iqtisodiy tuzilishi va xujalik faoliyati, boshqarish tartibi aniq belgilanishi ko‘rsatib berilgan.
Ta’lim muassasasining Ustavi quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:
Qisqacha ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlar.
Ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari.
Ta’lim muassasasini boshqarish;
a) ta’lim muassasasini boshqarishning oshkoralik, demokratik va o‘z-o‘zini boshqarish asosida amalga oshirilishi;
b) pedagogik-jamoa Kengashi;
v) direktor, uning huquq va burchlari;
g) direktorning o‘quv-tarbiyasi ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining huquq va burchlari;
d) ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining huquq va burchlari.
e)O‘quv-tarbiyasi va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish:
a) ta’lim mazmunining Davlat ta’lim standartlari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlari asosida belgilanishi;
b) o‘quv jarayonini tashkil etish;
v) iqtidorli yoshlar bilan ishlash;
g) ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish tartibi;
d) qo‘shimcha pulli mashg’ulotlarni joriy etish;
j) kunlik ish tartibi (seminar, mashg’ulotlarning davom etishi, tanaffuslar, uy vazifalarini berish tartibi va hokazolar).
O‘qituvchi. Huquq va burchlari.
O‘quvchi. Huquq va burchlari.
O‘quv-ishlab chiqarish ta’limi ustalari, ma’muriy va yordamchi xodimlarning huquq va burchlari.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburiyat va mas’uliyatlari.
Ta’lim muassasasining moddiy va moliyaviy xo‘jalik ta’minoti.
Do'stlaringiz bilan baham: |