Pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari. Reja
Sinfdan tashqari tarbiyasiviy tadbirlar
Download 1.18 Mb.
|
1-modul Pedagogikaning metodologik asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axloqiy ong
- Axloq” (arabcha – xulq-atvor ma’nosini bildiradi
Sinfdan tashqari tarbiyasiviy tadbirlar hamda tarbiyasiviy soatlarda iqtisodiy mavzularda tarbiyasiviy suhbat, bahs va munozaralar uyushtiriladi, og’zaki jurnal yaratiladi, viktorina tashkil etiladi, to‘garak yoki klublar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
“Mehnati faoliyatining sifati va samaradorligi nimalarga bog’liq?”, “Xo‘jalikning qiymati qancha turadi?”, “Har birimiz iqtisodchi bo‘lishimiz mumkin”, “O‘quv yurtimizning iqtisodiy ahvoli va byudjeti qanday ahvolda?”, “Iqtisod bizning hayotimizda”, “Bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish mumkinmi?”, “Tajamkorlik nima?” va hokazo mavzularda tarbiyasiviy tadbirlarning o‘tkazilishi o‘zining ijobiy natijalarini beradi. “YOsh iqtisodchi” markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir Bularning barchasi o‘quvchilarda quyidagi xislatlarning shakllanishiga zamin yaratadi: mehnat faoliyatiga nisbatan mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish, mehnatsevarlik, vijdonlilik, jamiyat va davlat oldida o‘z burchini his etish; tejamkorlik, rejalilik; intizomlilik, uddaburonlik; uyushqoqlik, ishchanlik; tartibsizlikka nisbatan murosasiz bo‘lish va boshqalar. “Axloq” (arb – xulq-atvor ma’nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir. Axloqiy ong – shaxga axloqiy me’yorlar va xulq-atvor qoidalari to’grisidagi nazariy bilimlarni berish asosida hosil kilinuvchi ong shakli. Axloqiy tarbiya – muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, mulokot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o’quvchilar ongiga singdirish asosida ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko’nikmalari va axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.50 1.Axloq ijtimoiy ong, ta’sir etish va tarbiya shakli sifatida. Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma’naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg’or milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g’oyalari tashkil etadi. Ma’naviyat shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir. Ma’naviyat (arabcha «ma’naviyat» - ma’nolar majmui) mohiyatiga ko’ra ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir o’tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g’oyalar majmui hisoblanadi. Madaniyat («cultura» so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi. Ma’rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish, ularni targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi. Mafkura (arabcha «mafkura» - naqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy yuksaklish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo’nalishlarini aniqlashda yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar tizimi. Axloq esa shaxsning xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma’naviy-ruhiy hayotida o’ziga xos o’rin tutadi. Axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma’naviy-ruhiy hayotida o‘ziga xos o‘rin tutadi. “Axloq” (arabcha – xulq-atvor ma’nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir. Axloq - ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me’yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan yetukligining mezoni bo‘lgan ma’naviy kamolotga erishib bo‘lmaydi. SHuning uchun ham ma’naviy-axloqiy tarbiyasida uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo‘lib, shaxsning ma’naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi.51 Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling