Pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari. Reja
Download 1.18 Mb.
|
1-modul Pedagogikaning metodologik asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abdulla Avloniy
YUsuf Xos Hojib
YUsuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarida inson kamoloti masalasi markaziy masala bo’lib hisoblanadi. Mazkur asarda insonning jamiyat va hayotda tutgan o’rni, burch va vazifalari haqidagi muammolar o’ziga xos tarzda bayon etiladi. Mutafakkir o’zining axloqiy qarashlarini, ya’ni, ijtimoiy munosabatlar, jamiyat a’zolarining barcha tiplari o’rtasidagi axloqiy munosabatlarni amaliyotga tayangan holda yoritadi. Bu axloqiy, xulq-odob tamoyillari, talab va vazifalari butun asar davomida qahramonlarning o’zaro munosabatlari asosida ifodalangan. Unda Elig (xon), uning vakillari, ijtimoiy guruhlarning o’zaro munosabati, axloqi, muomalasi talablari bayon etiladi, turli kasb egalariga xos xislatlar, odatlar yoritiladi. Asarda ilgari surilgan axloqiy xislatlar mohiyatining to’laqonli ochib berilishi olimning ta’lim-tarbiya, axloq masalalarini qay darajada chuqur bilganligidan dalolat beradi: insoniylik, rostgo’ylik, to’g’rilik, soflik, mehr-muhabbat, vafo, shafqat, muruvvat, insof, adolat, ishonch, sadoqat, xushmuomalalik, shirinso’zlik, saxovat, mardlik, himmatlilik, tavoze, hurmat va ehtirom, tadbirkorlik. Aql zakovat, halollik, ezgulik kabi xislatlar ulug’lanadi, ularga yolg’onchilik, noinsoflik, fisqu fasod, bevafolik, mehrsizlik, dag’allik, qo’pollik, baxillik, nomardlik, quvlik, hurmatsizlik, nodonlik, johillik, haromxo’rlik, ochko’zlik kabi xislatlarni qiyoslab, ezgu xislatlarning yaxshi oqibatlari va salbiy xususiyatlarning yomon oqibatlarini misollar vositasida ishonarli qilib bayon etadi. Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq” asarida axloq “insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur”, - deydi. Aynan axloq, uning ijtimoiy ahamiyati haqida ma’lumot beruvchi mazkur manbada alloma yaxshi va yomon xulqlarga to‘xtalib o‘tadi. 53 Allomaning nuqati nazaricha, yaxshi xulqlar quyidagilardan iborat: fatonat (aql), diyonat (e’tiqod), nazofat (poklik va tozalik), g’ayrat, riyozat (savob ishlar), qanoat, shifoat, ilm, sabr, hilm (yumshoq tabiat) intizom, nafs me’yori, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison (til va adabiyot), iqtisod, viqor (g’urur), muhabbat, avf (kechirimli bo‘lish). Bu xislatlar ma’naviy-axloqlilikning asosiy sifatlari sanaladi. Ular asosida Vatanga muhabbat va sadoqat, mehnatga axloqiy munosabat, o‘z atrofdagilarga axloqiy yondashuv, shuningdek, har bir o‘quvchining o‘zi va shaxsiy xulq-atvoriga munosabatni qaror toptiriladi. Abdulla Avlniy yomon xulqlar sirasiga quyidagilarni kiritadi: g’azab, aysh-ishrat, jaholat, safohat (umri va molini bekorchi narsalarga sarf etish), hamoqat (o‘zbilarmonlik, manmanlik), adolat (dangasa, yalqov), hasosat (ta’ma, hirs), rahovat (g’ayratsizlik), anoniyyat (xudbin, mutakabbir, manman), adovat (kek saqlash), namimat (chaqimchilik), g’iybat, haqorat, jibonat (qo‘rqoqlik), hasad, kizb (yolg’on), nifoq, ta’ma, zulm va boshqalar. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling