Pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari. Reja


Akadеmik litsеy va kasb-hunar kоllеjining o’quv rеjasi


Download 1.18 Mb.
bet192/259
Sana21.10.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1714831
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   259
Bog'liq
1-modul Pedagogikaning metodologik asoslari-fayllar.org

3.Akadеmik litsеy va kasb-hunar kоllеjining o’quv rеjasi.
Ilmiy pedagogik adabiyotlarda ta’lim mazmunini shakllantirishning quyidagi uch bosqichi ko’rsatiladi:
  1. Umumiy nazariy bosqich;


  2. O’quv bosqichi;


  3. O’quv materialini o’zlashtirish bosqichi, ya’ni, ta’lim mazmunining o’quv rejasi, o’quv dasturi va darsliklar kabi me’yoriy hujjatlarda o’z ifodasini topishi.


Umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni davlat ta’lim standarti, o’quv rejalari mazmunida namoyon bo’ladi. O’quv rejalari quyidagilardan iborat:




  1. Tayanch,


  2. Namunaviy


  3. Maktab o’quv rejasi.

Umumiy o’rta hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari) uchun tayanch o’quv rejasi davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblangan asosiy me’yoriy hujjat bo’lib, u namunaviy va amaliy o’quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Tayanch o’quv rejasi davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining namunaviy o’quv rejalari tayanch o’quv rejasi asosida tuziladi va O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi. Bu reja uzoq muddatga mo’ljallab tuziladi va uning asosida mavjud sharoitlarni hisobga olib ishchi o’quv rejalari ishlab chiqiladi.
O’quv rejasi – me’yoriy hujjat hisoblanib (ta’lim muassasasi sertifikati) quyidagilarni belgilaydi:
  1. O’quv yili, chorak (semestr)lar va ta’tillarning davomiyligi;


  2. Ushbu ta’lim muassasasida o’rganiladigan o’quv fanlari tartibi;


  3. O’qish yillari bo’yicha fanlarni taqsimlash;


  4. Har bir fan bo’yicha yaxlit ta’lim davri va har bir sinf (kurs)da fanlarni o’rganishga ajratilgan soatlar hajmi;


  5. Har bir fanni o’rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;


  6. Praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar hamda shu kabilarning davomiyligi.


  7. O’quv rejasida, yana shuningdek, aniq bir o’quv muassasi xususiyatlarini aks ettiruvchi, o’quvchilarning erkin tanlovi bo’yicha fakultativ va majburiy mashg’ulotlar aks ettiriladi.86






Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling