Pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari. Reja


Download 1.18 Mb.
bet189/259
Sana21.10.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1714831
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   259
Bog'liq
1-modul Pedagogikaning metodologik asoslari-fayllar.org

O’quv fan dasturi - har bir alohida fan uchun o’quv dasturi tuziladi. Dastur o’quv rejasiga asoslanadi. Fanning maqsadidan, o’quv rejasi bo’yicha ajratilgan soat va bilim hajmi uning tizimi mavjud jamiyatning g’oyaviy-siyosiy yo’nalishini o’zida aks ettiradigan davlat hujjatidir.
Darslik - o’quv jarayonining asosi. Darslik o’quvchining uydagi muallimi, har bir fanning mazmuni, maqsadi, vazifasi darslikda yoritiladi, darslik, ya’ni fan ob’ektiv borliq o’rtasidagi muhim qonuniyatli bog’lanishlarini aks ettiradi, darslikdagi bilimlar tizimi o’zaro ichki, mantiqiy bog’lanishlarga ega bo’lib, ular didaktika talabiga muvofiq ravishda bayon qilingan.84

1. Ilmiy-tехnik jarayon va ta’lim mazmuni.
Ta’limning eng muhim ijtimoiy vazifasi – ijtimoiy talablarga mos keluvchi shaxsni shakllantirishdir. Ta’lim jarayoni insoniyatning ruhiy va moddiy madaniyatining aks ettiruvchi qismi faoliyat usullari va tizimlashtirilgan ilmiy bilimlarni egallash asosida yuzaga keladi.
Ta’limning mazmuni deganda, o‘quvchilarning o‘qish jarayonida egallashi lozim bo‘lgan hamda tizimga solingan bilim, ko‘nikma va malakalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi.
Ta’lim mazmuni uchun bir nechta asosiy qoidalar mavjud, jumladan:
  1. Ta’lim mazmuni ilmiy asosga yo‘nalgan bo‘ladi;


  2. Ta’lim mazmuni fanda faqatgina faktlar va nazariy qoidalar tarzida ochib beriladi;


  3. O‘quv materiali fanlarning zamonaviy holatiga mos bo‘ladi, hayotiy qarashlarni shakllantirishga imkon beradi;


  4. Har bir o‘quv fani bo‘yicha ta’lim mazmuni shu yoki boshqa fanlar tizimiga mantiqan mos bo‘ladi;


  5. Ta’lim mazmuni alohida o‘quv fanlari orasidagi o‘zaro aloqadorlikka asoslanadi;


  6. Maktab, o‘rta-maxsus kasb hunar ta’limida ta’lim texnik va mehnat ta’limi bilan birga qo‘shib olib boriladi, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishga imkon beradi;


  7. Ta’lim bilimlarni egallashda qiyinchiliklarni yengib o‘tishda irodalilikni shakllantirishga o‘rgatadi;


  8. Ta’lim mazmuni o‘quvchilarning yosh imkoniyatlariga mos bo‘ladi.


Ta’lim mazmuniga nisbatan ikki xil yondoshuv mavjud: 1) bilimga yo‘naltirilgan. 2) shaxsga yo‘naltirilgan yondoshuv.



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling