Ta’lim mazmuni ilmiy asosga yo‘nalgan bo‘ladi;
Ta’lim mazmuni fanda faqatgina faktlar va nazariy qoidalar tarzida ochib beriladi;
O‘quv materiali fanlarning zamonaviy holatiga mos bo‘ladi, hayotiy qarashlarni shakllantirishga imkon beradi;
Har bir o‘quv fani bo‘yicha ta’lim mazmuni shu yoki boshqa fanlar tizimiga mantiqan mos bo‘ladi;
Ta’lim mazmuni alohida o‘quv fanlari orasidagi o‘zaro aloqadorlikka asoslanadi;
Maktab, o‘rta-maxsus kasb hunar ta’limida ta’lim texnik va mehnat ta’limi bilan birga qo‘shib olib boriladi, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishga imkon beradi;
Ta’lim bilimlarni egallashda qiyinchiliklarni yengib o‘tishda irodalilikni shakllantirishga o‘rgatadi;
Ta’lim mazmuni o‘quvchilarning yosh imkoniyatlariga mos bo‘ladi.
Ta’lim mazmuniga nisbatan ikki xil yondoshuv mavjud: 1) bilimga yo‘naltirilgan. 2) shaxsga yo‘naltirilgan yondoshuv.