Pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari. Reja


Download 1.18 Mb.
bet207/259
Sana21.10.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1714831
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   259
Bog'liq
1-modul Pedagogikaning metodologik asoslari-fayllar.org

Abu Ali ibn Sino.(980-1037)
Ibn Sino bolani maktabda o’qitish va tarbiyalash zaraurligini qayd etib, maktabga barcha kishilarning bolalari tortilishi va birga o’qitilishi va tarbiyalanishi lozim deb, bolani uy sharoitida yakka o’qitishga qarshi bo’lgan. Bolani maktabda jamoa bo’lib o’qishini foydasi quyidagicha ifodalangan:
Agar o’quvchi birga o’qisa u zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi. Bularning hammasi o’qishning yaxshilanishiga yordam beradi.
Bilim olishda bolalarni maktabda o’qitish zarurligini qayd etar ekan, ta’limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi:
  • Bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo’ymaslik;


  • Ta’limda yengildan og’irga borish orqali bilim berish;


  • Olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi;


  • O’qitishda jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e’tibor berish;


  • Bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;


  • O’qitishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borish


  • Bu talablar hozirgi davr ta’lim tamoyillariga ham mos kelishi bilan qimmatlidir. 95





4.Ta’lim mеtоdlari samaradоrligini оshirish yo’llari.
Keyingi yillarda ilg’or o`qituvchilar tajribasida didaktik o`yinlardan ta`lim metodlari sifatida foydalanish odat tusini olib bormoqda. Didaktik o`yinlarning samaradorligi shundaki, ular vositasida o`quv-tarbiya ishlari hayotga yaqinlashtiriladi, shuningdek, ularning har birida bilimlarni og’zaki bayon etish, ko`rgazmali, amaliy metodlarning elementlari qo`llaniladi. Shu hususiyatlariga ko`ra didaktik o`yinlar sintetik harakterga ega. Ularning quyidagicha turlari mavjud:
Stimulyativ o`yin-ta`limni hayotda bo`lib o`tgani ijtimoiy voqealarga tenglashtirish, ularni qiyosiy tarzda tashkil etish va boshqarish metodidir. Bu o`yindan tarix, geografiya darslarida unumli foydalaniladi; bir o`qituvchi Amir Temur, boshqasi Boyazid, qolganlari sarkardalar, askarlar rolida ishtirok etadi, shu yo`l bilan ta`lim bo`lib o`tgan tarixiy voqeaga qiyoslab tashkil etiladi.
Stimulyativ o`yinlarning bir ko`rinishi insenirovka (rollarga ajratib o`qish) metodidir. Boshlang’ich sinflarda badiiy matnlar, yuqori sinflarda badiiy asarlarni rollarga ajratib o`qitish an`anasi maktablarimiz tajribasida uzoq tarixga ega. Adabiyot o`qituvchilari «Tuya bilan bo`taloq» asarini o`qitganda bir o`quvchi yozuvchi, ikkinchi o`quvchi tuya, uchinchisi esa bo`taloq so`zlarini o`qib ishtirok etishadi.
Stimulyativ o`yinlar ham asta-sekin maktab tajribasida o`z o`rnini olib bormoqda. Mehmon kutish, kasalni davolash, harid qilish kabi turli haetiy vaziyatlar mohiyatidan kelib chiqib, ta`limni tashkil etish va boshqarish situativ o`yinlar sirasiga kiradi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling