Pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari. Reja


Ta’limni tashkil qilish shakllari haqida tushuncha


Download 1.18 Mb.
bet210/259
Sana21.10.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1714831
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   259
Bog'liq
1-modul Pedagogikaning metodologik asoslari-fayllar.org

2.Ta’limni tashkil qilish shakllari haqida tushuncha.
Ta’limni tashkil etishning shakllari: asosiy, qo‘shimcha va yordamchi: frontal, individual, guruhiy. Zamonaviy didaktikada ta’limni tashkil etish turlari 3 ga bo‘linadi: frontal, guruhiy va individual.
Frontal ta’limda o‘qituvchi butun sinfdagi o‘quv-bilish faoliyatini boshqaradi. Ular biror bir vazifa ustida ish olib boradi.
Guruhli shaklda o‘qituvchi sinfdagi o‘quvchilarning guruhlardagi o‘quv-bilish faoliyatini boshqaradi. Ularni bo‘g’inli, brigadali, kooperirovan (ko‘chma) va differensiyalli guruhli shaklga bo‘lish mumkin.
Individual ta’lim o‘quvchilar boshqa o‘quvchilar bilan bog’liqlikda o‘quv-bilish faoliyatini amalga oshiradi. YA’ni, butun sinf butun topshiriqni, har bir o‘quvchi alohida mustaqil bajaradi.
Ta’limni tashkil etish shakllarini asosiy, qo‘shimcha va yordamchi.
Dars – (maktabdagi) o‘quv ishining asosiy tashkiliy shakli bo‘lib, unda o‘qituvchi aniq belgilangan dars doirasida o‘quvchilarning doimiy tarkibi bilan qat’iy jadval bo‘yicha shug’ullanadi, jamoaviy bilish faoliyatiga rahbarlik qilib, o‘quv dasturiga o‘zi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishish uchun xilma-xil metodlardan foydalanadi.
Dars o‘quv ishini tashkil qilishning asosiy shakli, ammo u ta’limning boshqa shakllarini: lektsiya, praktikumlar, laboratoriya mashg’ulotlari, seminarlar, konsultatsiyalar, uy vazifalari, qo‘shimcha mashg’ulotlarni rivojlantirishni istisno etmaydi.
Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari fakultativ mashg’ulotlar sanaladi. Ular o‘quvchilarning qiziqishlari asosida tashkil etiladi: to‘garaqlar, klublar, olimpiadalar, viktorinalar, ko‘rgazmalar, ekspeditsiyalar va hokazolar.

3.Ta’limni tashkil qilishning an’anaviy sinf-dars shakli
Dars maktabdagi ishlarning asosiy shakli sifatida. Dars o‘quvchilarning doimiy tarkibi, mashg’ulotlarning aniq belgilangan ramkaga egaligi (har bir dars 45 minut davom etadi); jadval oldindan tuziladigan va o‘quv ishlari biror aniq mavzuda tashkil etilishi kabi o‘ziga xosliklarga ega bo‘lgan ta’limning jamoa shakli hisoblanadi.
Darsda o‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘zaro munosabat jarayoni shaxsiy aloqaga asoslangan. Qituvchi darsda istisnosiz barcha o‘quvchilarning faoliyatlarini yo‘llaydi va nazorat kiladi, shuningdek, o‘quvchilarning o‘zlari orasidagi o‘zaro aloqa va o‘zaro kontrolni qo‘llab quvvatlaydi. O‘qituvchining darsdagi ishi barcha o‘quchilarning darsning o‘zidayoq o‘rganilayotgan bilim asoslarini egallashlari, zarur ko‘nikma va malakalarni hosil qilishlari uchun zamin yaratadi.
Ta’lim ning maqsadi - mustaqil jamiyatimizning ravnaqiga nazariy va amaliy hissa qo’sha oladigan "barkamol avlod"ni tarbiyalash.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling