Pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari. Reja


Download 1.18 Mb.
bet212/259
Sana21.10.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1714831
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   259
Bog'liq
1-modul Pedagogikaning metodologik asoslari-fayllar.org

Aralash yoki kombinatsion dars o‘zida o‘quv ishlarining turli maqsad va turlarini aks ettiradi
- o‘tilgan material ustida ishlash
- yangi mavzularni anglash va o‘zlashtirish
- amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilish
SHu bilan bog’liqlikda aralash darsda odatda quyidagi strukturaviy komponentlar ajraladi.
- o‘quvchilarni darsga tayyorlash
- takrorlash-umumlashtirish ishlari
- yangi materialni anglash va o‘zlashtirish ishlari
- bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikma va malakalarini shakllantirish ishlari bo‘yicha ishlar
- uyga vazifa
YAngi materialni bayon qilish darslari. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarni yangi material ustida ishlashdan xabardor qiladi va o‘rta va yuqori sinflarda katta hajmli va murakkab materiallarni o‘rganishda muvaffaqiyatli qo‘llaniladi.
Bunday dars strukturasi: o‘quvchilarni darslarga jalb etish, dars maqsadlarini qo‘yish; qisqa tekshrish, uyga vazifa.
O‘rganilgan materialni mustahkamlash va amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilish darslari uning yanada chuqurroq anglash va o‘zlashtirish, amaliy ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llash maqsadidan kelib chiqib, hamma sinflarda alohida mavzuni yoki bo‘limlarni o‘rganilgandan keyin o‘tilgan materialni takrorlashga yo‘naltirilib o‘tkaziladi.
Takrorlash, tizimlashtirish va umumlashtirish darslari o‘quv dasturining katta bo‘limlarini takrorlash bilan bog’liq va darhol mavzularni o‘rganilgandan keyin yoki o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi.
Laboratoriya mashg’ulotlarida bolalar turli o’quv predmetlari bo’yicha tajribalar, turli qurilmalar yordamida sinov ishlari o’tkazishadi. Laboratoriya mashg’ulotlari amaliy dars ham deb yuritiladi. Amaliy darslarda o’quvchilar guruhlarga ajralib, turli esperimental topshiriqlarni bajarishadi.
Dars tuzilishi zamonaviy dars amaliyoti va nazariyasida printsipial, ahamiyatga ega, xuddiy shunday ta’limda samaradorligi va natija egaligini aniqlab beradi. Dars elementlari sifatida quyidagi tarkibiy qismlar ajratiladi:
- yangi materialni o‘rganish;
- uyga vazifa;
- bilimlarni nazorat qilish;
- bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish;
- o‘rganilgan materiallarni mustahkamlash.98

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling