Pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari. Reja
yili Samarqand madrasasining tantanali ochilishi bo’ldi
Download 1.18 Mb.
|
1-modul Pedagogikaning metodologik asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- «O’z davrining Aflotuni»
- Mirzo Ulug’bek o’z madrasasini qurdirib bitkazgandan keyin oradan to’rt yil o’tgach
- Ulug’bek Samarqandda birinchi akademiyaga asos soldi
1420 yili Samarqand madrasasining tantanali ochilishi bo’ldi. Manbalarda qayd etilishicha, «madrasa binosi bitishiga yaqinlashganda, bu yerga to’plangan adabiyot, san’at va fan namoyandalari Ulug’bekdan madrasaga kimni mudarris etib tayinlamoqchisiz, deb so’rashganda, Ulug’bek, barcha fanlardan xabardor biror odamni qidirib topaman, deb javob bergan. SHu yerda g’ishtlar orasida oddiy kiyimda o’tirgan mavlono Muhammad Ulug’bekning bu gapini eshitib qolgan va shu onda o’rnidan turib, bu vazifaga men loyiqman, degan. SHundan keyin Ulug’bek uni imtixon qilib, uning chinakam bilimdon odam ekanligiga ishonch hosil qilgan va uni hammomda yuvintirib, yaxshi kiyintirish to’g’risida buyruq bergan. Madrasaning ochilish kunida mavlono Muhammad mudarris sifatida ma’ruza o’qigan; mavlono Muhammadning olimlardan 90 kishi ishtirokida qilgan ma’ruzasini Ulug’bek bilan Qozizoda Rumiydan boshqa hech kim tushuna olmagan. CHunki bu ma’ruza haddan tashqari ilmiy jihatdan kuchli va murakkab masalalarni o’z ichiga olgan edi.»
Bu yerda tilga olingan Qozizoda Rumiy (Salohiddin Musa bin Mahmud) mashhur matematik va astronomdir. U Ulug’bek madrasasining dastlabki mudarrislaridan biri edi. G’oyat bilimli bu olimni zamondoshlari «O’z davrining Aflotuni» deb ataganlar. Ulug’bek asarlarining sharhchisi, Qozizoda va Ulug’bekning iste’dodli shogirdi, samarqandlik matematik va astronom Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchidir. U «O’z davrining Ptolomeyi» deb nom olgan. Ali Qushchi ilmiy ishda Ulug’bekning eng yaqin yordamchilaridan biri edi. Ulug’bek maktabi namoyandasi sifatida Ulug’bek asarining sharxchisi, astronom CHalabiy nomi ham diqqatga sazovordir. Madrasada boshqa mudarrislar bilan bir qatorda, Ulug’bekning o’zi ham astronomiya bo’yicha ma’ruzalar o’qir edi. Uchinchi darajali algebraik tenglamaga olib kelgan bir gradus yoyning sinusini aniqlash — Ulug’bek va uning maktabi erishgan ajoyib va eng muhim muvaffaqiyatlardan biri bo’ldi. Ulug’bek atrofida to’plangan Samarqand olimlari katta ahamiyat bergan eng muhim ilmiy yo’nalishlardan biri falakiyotshunoslik fani edi. SHuni ham aytish kerakki, musulmon mamlakatlarida va umuman islom madaniyatida aniq fanlar, ayniqsa falakiyotshunoslik va riyoziyot muhim o’rin tutadi. CHunki, musulmon kishi qayerda bo’lishidan qat’iy nazar erta tongdan oqshomgacha qadar uning uchun besh vaqt namoz farzdir. Namoz yuzni qiblaga — Makkadagi Ka’ba yo’nalishiga qarab o’qiladi. Namozning vaqtlari esa har bir jo’g’rofik kenglikda ham Quyoshning yerdan balandligiga qarab belgilanadi. Undan tashqari, islomda qabul qilingan hijriy yil hisobi 354 kunni tashkil qiluvchi 12 qamariy oydan iborat bo’lib, yangi oy — hilolni masjid minorasidan yoki rasadxona tepasidan ko’z bilan ko’rib aniqlangan. SHuning uchun musulmon kishining hayoti falakiyotshunoslik, riyoziyot, jo’g’rofiya, hunarmandchilik va me’morchilikka aloqador quyidagi masalalarni hal qilish bilan bog’liq bo’lgan: 1) joyning jo’g’rofik yo’nalishlarini aniqlash; 2) mahalliy meridian bilan qibla yo’nalishini ko’rsatuvchi katta doira orasidagi burchakni aniqlash; 3) jo’g’rofik yo’nalishlarni hisoblash uchun aniq riyoziy (trigonometrik) hisoblash qoidalari va usullarini bilish; 4) jo’g’rofik yo’nalish asosida Quyosh balandligini aniqlash qoidalarini bilish; 5) quyosh, Oy, sayyoralar va boshqa yoritgichlarning kecha-kunduzning istalgan vaqtidagi holatlarini aniqlaydigan sferik astronomiyaning aniq qoidalarini bilish; 6) turli shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun geodezik o’lchashlarni bajarish; 7) turli vaqt o’lchash asboblarini yasash; 8) yerning ma’mur qismi haqida aniq tasavvurga ega bo’lish uchun xaritalar tuzish; 9) xaritalar tuzish uchun riyoziyotga taalluqli ko’rinish holatlarini bilish; 10) falakiyotshunoslik, jo’g’rofiya va geodeziyaga taalluqli hisoblarni bajarish uchun yuksak aniqlikdagi riyoziy hisoblash usullarini bilish; 11) yoritkichlarni kuzatish ob-havo bilan bog’liq bo’lganligi uchun meteorologiya va geofizikadan ma’lumotga ega bo’lish; 12) masjid, madrasa va rasadxonalar barpo etish uchun me’morchilik san’ati va an’analaridan xabardor bo’lish. YUqorida ko’rsatilgan va bu ro’yxatga kirmagan boshqa ko’plab masalalar shunchalik chambarchas bog’lanib ketganki, ularni hal qilish uchun olim va hunarmandlarning katta jamoa va guruhlari kerak edi. Ana shuning uchun Ulug’bek o’z atrofiga turli ilm va hunar namoyandalarini to’plagan. Keltirilgan masalalar ro’yxatidan ko’rinib turibdiki, ularning ko’pi falakiyotshunoslikka aloqador. Islomdagi eng avvalgi yulduzlar haqidagi asarlar «Zij» deb atalib, ular asosan jadvallardan iborat bo’lgan. Ulug’bek boshchilik qilgan astronomlarning muvaffaqiyatli ravishda olib borgan ta’lim va ilmiy ishlari ularni aniqroq asboblar bilan ta’minlangan namunali rasadxona qurish kerak degan fikrga olib keldi. Tarixiy manbalar ana shundan dalolat beradiki, Mirzo Ulug’bek o’z madrasasini qurdirib bitkazgandan keyin oradan to’rt yil o’tgach, Qozizoda Rumiy, mavlono G’iyosiddin Jamshid va mavlono Muiniddin Koshiy bilan maslahatlashib, Ko’hak etagida, Obirahmat soyining bo’yida rasadxona binosini qurdirdi. Rasadxona kutubxonasi ko’plab ilmiy asarlar, jahondagi mashhur kishilarning asarlari bilan to’ldirildi va u yerda saqlanayotgan kitoblar soni 150 mingdan ziyod bo’ldi. Bu haqda tarixchi olim Valter «Ulug’bek Samarqandda birinchi akademiyaga asos soldi, yer kurrasini o’lchashni buyurdi va astronomik jadvallar tuzishda ishtirok etdi», deb yozgan edi. O’sha vaqtlarda Samarqandda Ulug’bek tevaragida 100 dan ortiq olimlar uyushgan bo’lib, shunda rasadxona akademiya vazifasini o’tagan edi. Madrasa bilan rasadxona orasida mustahkam aloqa bor edi. Rasadxonada ishlab turgan ilmiy xodimlarning bir qismi madrasada mudarrislik qilishgan. Ular orasida G’iyosiddin Jamshid Koshoniy va Mirzo Ulug’bekning o’zi ham bo’lgan. Ulug’bek madrasa toliblari bilan tez-tez bahslashib, imtihon qilib turgan. Bir kuni Ulug’bek madrasa toliblarini riyozat bilan taqvimdan imtihon qilmoqchi bo’libdi. U o’rtaga mana bu savolni tashlabdi: «Qani, tolibi ilm, ayting-chi, hijriy 818 yil, rajab oyining o’n ikkinchi birlan o’n beshinchi o’rtasi, 918 yil rajab oyining o’n ikkinchi birlan o’n beshinchi orasi qaysi ayyomga to’g’ri keladur?» Buning uchun juda ko’p raqamlarni yodda tuta bilish zarur ekan. Talabalardan birortasi ham bu masalani yecholmabdi. SHunda Ulug’bek buni uyga vazifa qilib topshiribdi va ustozlarga xos husnu odob bilan mehribonlik ko’rsatib, o’rtaga qo’yilgan masalani tushuntirgan va yechib bergan. So’ng Abu Rayhon Beruniyning «Qonuni Mas’udiy» kitobini ochib, oltinchi maqolasining yettinchi bobidan parcha o’qib bergan. So’ng kitobni yopib talabalarga bir necha. o’rta asrlar davrida eng yuqori pog’onaga ko’tardi. U 1018 yulduzning holati va harakatini aniqladi. Ulug’bek ilmiy merosining eng asosiysi, ma’lum va mashhuri uning “Ziji” bo’lib, bu asar “Ziji Ulug’bek”dir. “Ziji jadidi ko’ragoniy” deb ham ataladi. “Ziji”dan tashqari uning qalamiga mansub riyoziyot asari — “Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola”, yulduzlarga bag’ishlangan “Risolai Ulug’bek” (yagona nusxasi Hindistonning Aligarh universitetining kutubxonasida saqlanadi) va tarixga doir “Tarixi arba’ ulus” asaridir. Ulug’bek “Ziji” o’rta asrlardagi eng mukammal asar bo’lib, tezda zamondoshlarining diqqatini o’ziga jalb etdi. Eng avval, bu asar Samarqandda Ulug’bek atrofida to’plangan olimlar ijodiga katta ta’sir ko’rsatdi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling