Maktab hujjatlarini tahlil qilish usuli – bunda o‘quvchilarning umumiy miqdori, uning o‘sishi yoki kamayish sabablari tavsifi, o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish darajasiga, sinfdan qolishning oldini olish ga e’tibor beriladi.
Eksperiment-tajriba-sinov usuli- Ushbu tajriba asosan ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy fara zyoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Statistika ma’lumotlarini tahlil qilish usuli- xalq ta’limi sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag‘larning doimiy o‘sib borishi, darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ko‘rgazmali qurollar, o‘qituvchi kadrlar tayyorlash, maktab qurilishi, xo‘jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag‘lar statistika usuli orqali aniqlanadi.
Bu kabi metodlardan foydalanib ta’lim va tarbiya ishlarini olib borish faqatgina pedagog uchun emas, iqtisodiyot jabxalarida faoliyat yuritayotgan boshqaruvchi xodimlar, oilada farzand tarbiyasi bilan shug‘illanuvchi ota-onalar uchun ham, jamoa bilan ishlaydigan ma’suliyatli shaxs uchun xam zaruriy shart bo‘lgan usullardan biridir. Zero, inson tarbiyasidek murakkab jarayonga hech qachon e’tiborsiz bo‘lmaslik zarur.
Adabiyotlar
1. Azizxujaeva N.N. Pedagog mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi. – T.: TDPU, 2000.
2. Azizxujaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat. – T.:TDPU, 2003.
3. Ishmuxamedov R.J. “Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yullari”. – T.: TDPU, 2004.
4. Ochilova G. “Pedagogik maxorat” Toshkent,, 2005 yil.
5. Farberman B.L., Musina R.T., Jumaboeva F.A. “Oliy ukuv yurtlarida ukitishning zamonaviy usullari”. – T.: 2002.
6. Xujaev N.X., Xodiev B.Yu., “Yangi pedagogik texnologiyalar. Ukuv kullanma. – T.: «Fan», 2002.
7. Psixologiya i pedagogika. Pod.red. A.A.Radugina. Moskva 2003.
8. Pedagogika professionalnogo obrazovaniya. Pod. red. V.A.Slastenina. Moskva «Akademia». 2004
Do'stlaringiz bilan baham: |