Pedagogika (gr. 'παῖς', paіda bola, gr. 'ἄγω', gogos yetaklovchi) atamasi qadimiy boʻlib, „bola yetaklovchi" degan maʼnoni bildiruvchi grekcha „paydogogos" soʻzidan kelib chiqqan


«Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi


Download 309 Kb.
bet3/5
Sana08.05.2023
Hajmi309 Kb.
#1442492
1   2   3   4   5
Bog'liq
pedagogika

«Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi:

  1. о‘qitish mazmunini yaxshi о‘zlashtirishga olib keladi;

  2. muloqotga kirishish kо‘nikmasining takomillashishiga olib keladi;

  3. vaqtni tejash imkoniyati mavjud;

  4. barcha ta’lim oluvchilar jalb etiladi;

  5. о‘z-о‘zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bо‘ladi.

«Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari:

  1. ba’zi kichik guruhlarda kuchsiz ta’lim oluvchilar bо‘lganligi sababli kuchli ta’lim oluvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor;

  2. barcha ta’lim oluvchilarni nazorat qilish imkoniyati past bо‘ladi;

  3. guruhlararo о‘zaro salbiy raqobatlar paydo bо‘lib qolishi mumkin;

  4. guruh ichida о‘zaro nizo paydo bо‘lishi mumkin.



Topshiriq-3
Shaxs rivojlanishining yoshga bog’lik xususiyatlari haqida ma’lumot olish (Kichik guruhlarda ishlash, B.B.B. usullari asosida)
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi.
Shaxs shakllanishiga oid turli yondashuvlar. Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to‘rt yondashuv qaror topgan:
Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot bo‘lib, uning butun xatti-harakatlari tug‘ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo‘ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi.
Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi.
Psixologik yondashuv - insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo‘nalganligi - qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi. Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega bo‘lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari - motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Muloqot bolaning ilk yoshidan boshlab psixik taraqqiyotining asosiy faktorlaridan biridir. Maktabgacha yoshda bolaning kattalar bilan muloqoti 4 xil ko‘rinishda bir-birini to‘ldiradi, ular: vaziyatli-shaxsiy, vaziyatli-ishchanlik, vaziyatdan tashqari- bilish va vaziyatdan tashqari-shaxsiy muloqot. Tengdoshlari bilan 3 xil munosabat shakllari:hissiy-amaliy, vaziyatli-ishchanlik va vaziyatdan tashqariishchanlik ko‘rinishlari mavjud. Muloqot qilish motivlari va mazmuni o‘zgaradi, 9 muloqotga kirishish malakasi hamda ko‘nikmasi shakllanib maktabga psixologik tayyorlikning komponentlaridan biri bo‘lmish muloqotga kirishish sifatida shakllanadi. Bola sekin-asta kattalar bilan o‘z munosabatlarini aniqlay boshlaydi (kattalar bolalarga qanday munosabatdalar va boladan nimani kutadilar). Tengdoshlariga nisbatan qiziqish kattalarga qiziqishga nisbatan kech ro‘yobga chiqadi. Tangdoshlari bilan muloqot turli jamoalarda to‘planadi. Boshqa bolalar bilan munosabat shakllanishiga faoliyatlarning qanday olib borilishi va bolaning bu topshiriqlarni bajarish malakalari ta’sir ko‘rsatadi. Bolaning individual - o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘ rganish, metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. “temperamentum” “qismlarning bir-biriga munosabati” ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.

Download 309 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling