Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Download 1.11 Mb.
bet19/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

Savol va topshiriqlar:

  1. Suhbat metodiga xos bo‘lgan zamonaviy talab va talqinni­ ajratib yozing. Ularni avvalgi xususiyatlari bilan taqqoslang. O‘xshash va farli tomonlarini ko‘rsating.




  1. Suhbat metodining asosiy ashyosi bo‘lgan savollar haqida aytilgan: «Yaxshi savol ahamiyatli, keng qamrovli, o‘ylashga, his qilishga, izlanishga majbur etadigan, kashfiyotlar qiladigan, tasavvur uyg‘otadigan» singari sifatlarning har birini alohida tahlilga torting. Badiiy asarlar misolida ularni ifodalab beradigan savol-topshiriqlar tuzing. Yaratiqlaringizni kursdoshlar bilan ba-ham ko‘ring.




  1. Jaloliddin Rumiy hazratlarining: «Yaxshi savol yarim bi­ limdir», – degan hikmatini sharhlang. Yaxshi savolning bilimga qanday ahamiyati bor deb o‘ylaysiz?

  2. Suhbat metodidan foydalanganda o‘qituvchi yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lmagan jihatlarni ajratib yozing. Ularning nima uchun ta’qiqlanganligi sabablarini aniqlang, izohlashga urinib ko‘ring.




  1. Suhbat metodiga xos bo‘lgan quyidagi fikrga e’tibor qi­ ling: «Savolning berilish ohangi ba’zan o‘quvchiga javobning yo‘nalishini belgilashga ko‘maklashishi mumkin». Sizningcha, bu nima degani? Uni qanday tushundingiz? Fikringizni izohlang.




  1. Suhbat metodidan foydalanib o‘tishga tavsiya etilgan

«Uch og‘a-ini botirlar» ertagi mazmuni yuzasidan berilgan savol-topshiriqlarga o‘zingiz javob berishga urinib ko‘ring. Nima deb o‘ylaysiz, 5-sinf o‘quvchilari bu savol va topshiriqlarga javob bera oladimi? Bu savolga javob berishdan oldin mazkur o‘quv qo‘llanma mualliflarining yetakchi g‘oyalarini eslang.



  1. Evristik metodning suhbat metodidan farq qiladigan asosiy jihatlarini topib ajratib yozing. Bu farqlarni qanday anglaganin-gizni biror badiiy asar misolida savol-topshiriqlar tuzib tushintirib bering.




  1. O‘. Hoshimov qalamiga mansub «Urushning so‘nggi qur-boni» hikosi tahliliga qaratilgan savol va topshiriqlar orasidan qaysi biri evristik metod talablariga monand ekanini aniqlab, fikringizni ayting, qarashlaringizni asoslang.




  1. Mazkur hikoyaning mohiyatiga kirishga qaratilgan savol va topshiriqlarga javob berishga urinib ko‘ring. Javoblaringizni asardan misollar keltirgan holda asoslang.




  1. Tadqiqot va evristik metodlarning o‘xshash hamda farqli tomonlarini aniqlang. Metodlarga xos bo‘lgan umumiylik va xu-susiylikni bittama-bitta izohlang. Xulosalaringizni biror asar mi-solida asoslay bilsangiz, go‘zal ish bo‘lardi.




  2. Download 1.11 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling