Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Download 1.11 Mb.
bet18/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

«6x6x6» metodi. Adabiy ta’lim jarayonida foydalanish mum-kin bo‘lgan metodlarning yana biri «6x6x6» metodidir. Adabiy asarlar tahlili jarayonida mazkur metoddan foydalanishda adabiyot o‘qituvchisidan pedagogik mahorat va ziyraklik, guruhlarni oqilona shakllantira bilish talab qilinadi. Bu metodda sinfdagi o‘quvchilar oltita-oltitadan olti guruhga bo‘linadi. Jami 36 o‘quvchi ishtirok etadi. O‘qituvchi istasa guruhlarga muayyan nomlar berishi ham mumkin. Dars mavzusi e’lon qilinib, ma’lum vaqt belgilanadi. O‘quvchilar mavzu atrofida bahslashadilar, o‘z munosabatla-rini bildiradilar. Mavzu bo‘yicha belgilangan vaqt yakunlangach, o‘qituvchi guruhlarning a’zolarini almashtiradi. Yangi guruhda av-valgi guruhdan bitta vakil qoladi va u o‘z guruhining mavzu yuzasi-dan chiqargan xulosalarini yangi guruhga bayon etadi. Yangi guruh a’zolari avvalgi guruhning fikr va xulosalarini o‘rganadilar, unga o‘z munosabatlarini bildiradilar. Shu tariqa qisqa vaqt oralig‘ida o‘quvchilar tomonidan ham mavzu yuzasidan fikr bildiriladi, ham bu fikrlar ularning o‘zlari tomonidan tahlil qilinadi.

Sinfdagi o‘quvchilardan kichik guruhlar tashkil etishda quyi­ dagilarga amal qilinadi: 1. Guruhlar o‘qituvchi tomonidan bel-gilanadi. 2. Guruhga rahbarlik qila oladigan o‘quvchi va guruh a’zolari oldindan aniq belgilab olinadi. 3. Har bir guruhga zehnli va qobiliyatli hamda bo‘shroq o‘zlashtiradigan o‘quvchilar, imkon qadar, teng taqsimlashga harkat qilinadi. Guruhlar bir-biriga muno-sib a’zolar bilan to‘ldiriladi va vazifalari belgilanadi. 4. Guruh rah-bari va a’zolariga vazifalari tushuntiriladi. 5. Har bir guruh doira shaklida o‘tirishi, guruhning har bir a’zosi bir-birini ko‘rib turishi shart. 6. Ish jarayonida har bir guruhning faoliyatiga, g‘oyalariga e’tibor berib boriladi. Yaxshi g‘oya egalari rag‘batlantiriladi41.


Bunday guruhlarni tashkil etishdan avval o‘quvchilarning shu ishni bajarishga bilim va malakalari yetarliligiga ishonch hosil qi­ lish; guruhlarga aniq yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish; vazifaning bajarilishi uchun yetarli vaqt ajratish; o‘z vazifasini vaqtdan ilgari bajar-gan guruhning bandligini ta’minlashga tayyor bo‘lish; qo‘yiladigan masala murakkab bo‘lganda guruh a’zolari sonini kengaytirish; baholash va mukofotlash jarayonining guruh a’zolariga ta’siriga tayyorlanish; kuchli guruhlarni mukofotlash; bajarilgan ish nati-jasini qanday topshirish yo‘llarini ma’lum qilish; jamoaning erkin-ligiga imkoniyat yaratish kerak bo‘ladi.


Bu metoddan foydalanilganda o‘quvchilar guruhini bunday aralash tarzda tashkil etishning salbiy tomonlari ham mavjud. Ma’lumki, aralash guruhlarda ko‘proq kuchli o‘quvchilar ishlay-di. O‘rtacha va bo‘sh o‘zlashtiradigan o‘quvchilar ularning oldida «yumilib» qoladilar. Chunki vaqt tig‘iz bo‘ladi. Demak, hamma o‘quvchilar darsda faol qatnashmaydilar.


Shuning uchun sinfdagi tez fikrlab, tez ishlaydigan, mazkur o‘quv fanini yaxshi ko‘radigan o‘quvchilarni alohida, yaxshilarni alohida, o‘rtachalarni alohida va sekin fikrlaydiganlarni alohida guruhlashtirib, har bir guruhga o‘zining imkoniyati doirasidagi vazifani berish ham mumkin. Ma’lumki, o‘quvchilar o‘zlariga o‘xshagan, bilim darajasi bir xil bo‘lgan sinfdoshlari bilan yaqin bo‘ladilar. O‘z davralarida «ochiladi»lar. Bu ochilish ularda shaxs-lik sifatlarining shakllanishiga ko‘maklashadi. Guruhlarning bilimi baholanayotganda urg‘u berilgan topshiriqning qiyinlik darajasiga qaratiladi. Hamma uchun ajratilgan vaqt bir xil, lekin topshiriqlar­ ning darajasi har xil. Gap shundaki, hamma o‘quvchilar belgilan-gan vaqt oralig‘ida o‘z imkoniyatlari doirasidagi vazifani muvaf-faqiyatli uddalaydilar va g‘alaba nashidasini suradilar. Bu nashida insonning ruhiy kamolotini ta’minlaydi.


Keyingi paytlarda adabiy ta’lim amaliyotida «noan’anaviy dars» nomini olgan bahs-munozara, musobaqa, ssenariyli dars, kon-ferensiya dars, sayohat darsi, nazm darsi, tahlil darsi kabi dars shakl­ lari keng tarqaldi. Ta’limning bunday shakli 7 – 9-sinf­ar adabiyot darslarida samarador bo‘lishi mumkin. Bu davrda o‘quvchilarning hayotiy, ba’zan, falsafiy xarakterdagi muammolarni hal etishga moyilligi kuchli bo‘ladi. Bu «dars»larning ko‘pchiligini suhbat metodining har xil usullari, shakllari deyish ham mumkin.


Ularning orasida «Ssenariyli dars» nomi bilan ta’lim amali­ yotiga kirib kelgan shakli bevosita o‘quvchilarni ijodga undashi bilan ahamiyatlidir. Bu masala S. Yaminova tomonidan alohidatadqiqot tarzida ishlangan42. O‘rganilgan asarlar yuzasidan ssenariy tuzish ham o‘ziga xos ijod mahsuli. Bu jarayonda o‘quvchilar mustaqil fikrlab, ijod qiladilar. Adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchi ma’naviyatini sog‘lomlashtirishning asosi bo‘lgan mustaqil fikr-lashga o‘rgatishda ssenariyli o‘qitishdan ham foydalanish mumkin.


Masalan, «Mazkur vaziyatdagi Anvar bilan Ra’no faoliyati bo‘yicha ssenariy yozing» topshirig‘i o‘quvchilar Abdulla Qodiriy­ ning «Mehrobdan chayon» romanidan olingan parchalar bilan tanishib bo‘lganlaridan so‘ng asar matni tahliliga bag‘ishlangan darslarda berilishi mumkin. Avval ssenariy va uning yaratilishi haqida o‘quvchilarga maxsus bilim beriladi. Bir qator badiiy asarlar va ularni sahnalashtirish uchun yozilgan ssenariylar matni, ularnig tuzilishi, asardagi ssenariy uchun muhim jihatlarning ajratilishi bi-lan bog‘liq ma’lumotlar bilan tanishtiriladi. Bundan tashqari, sahna asari ssenariysini tayyorlash uchun o‘quvchilarga yo‘nalish beruv-chi: «Ularning xatti-harakatlari ma’nosini oching. Qahramonlarn-ing so‘zlari ortidagi fikr va tuyg‘ularini harakatlarga ko‘chiring», «Qahramonlarning o‘zini tutishi bilan tabiat hodisalarini mutano-siblashtiring», «Keyingi sahifalarni o‘qimasdan burun Ra’noning hayotida shunday burilishlar bo‘lishini tasavvur qilganmidingiz?» yoki «Anvarda bugungi kitobxon uchun yot bo‘lgan qanday sifatlar bor? Bugungi kunda qahramonga xos qaysi sifatlar o‘z qimmatini yo‘qotmagan?», «Spektakl-lavha qahramonlarini munosib kiyintir-ing», «Bu qahramonlarning har biri sizda qanday tuyg‘u va fikrlar uyg‘otadi?» singari savol va topshiriqlar qo‘yilishi maqsadga mu-vofiqdir.


Yoki «Alpomish» dostonidagi (aniq bir) epizod asnosida ssenariy yozing» topshirig‘i uchun «Siz nima deysiz, mana shu sahna qanchalik tabiiy? Mazkur hodisalar tasviri Alpomishning holatini ifodalashda qanday o‘rin tutadi? Bular asarda bo‘lmasligi mumkinmidi?», «Alpomishning so‘zlari ortida qanday tuyg‘ular bor? Uning ruhiy holati qanday?» va hk. savol, topshiriqlar o‘quvchini, shubhasiz, mulohaza yuritishga, qahramonning o‘ylari, tuyg‘ulari, haraktlarini kuzatishga, ularni ajratishga yo‘naltiradi. Sahnada namoyish etilishi lozim bo‘lgan muhimlarni nomuhimdanfarqlashga, bu boradagi qarashlarini asoslashga, fikrlarini isbot-lashga va himoya qilishga odatlantiradi.


Badiiy asarlarni har xil metodlar ko‘magida o‘quv tahli-liga tortishda, ular bilan ishlashda o‘quvchilarning tasavvurlarini uyg‘otadigan, mantiqiy mulohaza yuritishga undaydigan, faqat o‘z fikri va xulosasini aytishda qo‘l keladigan savol-topshiriqlar yetak-chilik qiladi. Ular shaklan ssenariy tuzishga yo‘naltirilgan tarzda bo‘ladimi, muammo ko‘rinishida bo‘ladimi, birgalikda ishlashga undovchi vazifalar bo‘ladimi, yakka ishlash tartibiga qaratilgan-mi ekanidan qat’i nazar, barchasi zamirida o‘quvchining ma’nan sog‘lomlashuvi, ruhiy erkinligi, fikr mustaqilligini ta’minlash yotadi.

Kitobxonda tuyg‘ularning junbushga kelishi aqlning jim turi-shi degani emas. O‘qituvchi o‘quvchining tafakkuri faoliyatsizli-giga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Tahlil qilmay, mohiyatiga kirmay, o‘ylamay badiiy asarni o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Aynan shunday vaziyatda, aql va tuyg‘ular hamkorligida bola tafakkurining mus-taqilligi yuzaga keladi. Mustaqil fikr bilan ayni zamonda, mantiqiy va obrazli tafakkur ham rivojlanadi. Ta’limning mantiqiy metodlari ham, interfaol metodlari ham o‘quvchilar mustaqil fikrini o‘stirish, shu asnoda ma’naviy komillik yo‘lini tutishi maqsadiga xizmat qiladi.


Maktab amaliyotida usul, ko‘pincha, metod bilan bir narsa yoki metodning bir qismi deb qaraladi. Aslida usullar metodlarni yuzaga keltiruvchi, uni tashkil qiluvchi unsurlardir. Masalan, ta’limning muammoli metodi muammoli vaziyat yaratish, o‘quv farazlarini shakllantirish, ularni isbotlash singari usullarni o‘z ichiga ola-di. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘naltiruvchi muammoli, suhbat, evristik, tadqiqot, taqqoslash, induktiv, deduktiv singari ta’limning mantiqiy metodlarida ham o‘rganilayotgan o‘quv ma-terialidan muhimni ajratish, o‘rganilayotgan hodisaning umumiy yoki xususiy jihatlarini topib tasnif qilish, tizimga solish, aniqliklar kiritish, isbotlash singari usullardan foydalaniladi.


Muhimni ajratish usuli qo‘llanilganda o‘zlashtiriladigan ax-borotni mantiqiy bo‘laklarga bo‘lish, ularni taqqoslash, materi-alni saralash, tayanch so‘z va tushunchalarni topish, asosiy fikrni aniqlash, o‘quv materialini guruhlarga ajratish, asosiy fikr haqida xulosa berish singari ishlar ham mazkur metodlarning usullari hi-soblanadi va hk.


Badiiy tahlilni ongli ravishda amalga oshirishda timsollardagi muhim jihatlarni ajratishda matnni qismlarga bo‘lish yoki undagi muhim tizimli belgilarni topish, sintez aloqalarni anglash va tu­ shuntirib berish ishlari ham samarali usullardir. Aniqlik kiritish usuliga umumnazariy fikrdan xususiysiga o‘tish, uni qo‘llash yoki mavhumlikdan aniqlikka, ko‘p shakllilikka o‘tish ishlari kiradi.

Isbotlash usuliga esa tezislarni aniqlab olish, isbotlashning yo‘llarini belgilash, zarur dalillarni to‘plash, xulosalarni bir tizimga solish, sababiy aloqalarni aniqlash ishlari kiradi. Dars jarayonida ta’lim usullari qo‘llanilganda o‘quvchilar tomonidan bajariladigan ishlarning ma’lum qismi takrorlanadi. Bu hol bilimlarning mustah-kam o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.


Qarashlarni umumlahtirib shuni aytish mumkinki, adabiy ta’lim jarayonini qiziqarli va o‘quvchilarga yoqimli tashkil etish uchun an’anaviy o‘qitish usullari bilan birga turfa metod va usul-lardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.





Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling