Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Download 1.11 Mb.
bet22/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

Savol va topshiriqlar:

    1. Muammoli ta’limning maqsadi va vazifalari, uning o‘zigagina xos bo‘lgan jamiki yetakchi jihatlarni ajrating va yozib oling. So‘ngra ularning har birini alohida sharhlang. Yutuq va ka-mchiliklarini farqlang.




    1. Ta’limning bu turi bilan maxsus shug‘ullangan olim (V. Okon, M. Maxmutov, I. Ilnitskaya, T. Kudryavsev, A. Matyushkin)lar-ning muammoli ta’lim bilan bog‘liq qarashlaridagi alohida jihat-larni ajratib yozing va taqqoslang. O‘xshash va farqli tomonlarini aniqlab ularni tahlilga torting.




    1. Muamoli ta’limda «...o‘qituvchining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarda intellektual zo‘riqishga ehtiyoj va qiziqish uyg‘otishdir», degan qarash mavjud. Siz, bo‘lajak o‘qituvchi, bun-ga qanday qaraysiz? Nima deb o‘ylaysiz, inson biror masalani hal etishda o‘zini ixtiyoriy ravishda zo‘riqtirishi, yana bunga qiziqishi mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, o‘qituvchi buni qanday amalga oshiradi?




  1. Oddiy savol bilan muammoli savol orasida qanday tafovut bor? Biror badiiy asar matni yuzasidan oddiy va muammoli savol tuzing. Oradagi farqni misollar asosida sharhlab bering.




  1. Adabiyot darslarini muammoli ta’lim asosida tashkil etish yo‘llariga e’tibor qarating. Bu jarayondagi muhimlarni ajrating. Har biriga alohida to‘xtalib sharhlang.




  1. Adabiyot darslarida muammoli ta’limdan foydalanishning o‘ziga xos jihatlarini ajratib yozing va izohlang. Topildiqlaringizga tayangan holda o‘zingiz tanlagan biror asar ustida muammoli ish-lash yo‘lini tayin eting.




  1. Ch. Aytmatov qalamiga mansub «Oltovlon va yettinchi» afsonasini o‘qing. So‘ngra uning mazmuni asosida tavsiya etil-gan: «Asardagi bir millatga mansub yetti o‘g‘londan ikkitasi – Ju-hadze va Sandrolarning qay biri vatan uchun xavfliroq?» tarzidagi muammoli savol ustida mulohaza yuriting. Qarashlaringizni afsona matnidan misollar keltirgan holda asoslang.




  1. X. To‘xtaboyevning «Sariq devni minib» asari bilan ta­ nishing. So‘ngra asar mazmuni yuzasidan tuzilgan: «Hoshimjon-ning bilimsizlik tufayli qilgan shuncha qilmishlaridan xabardor bo‘lgandan keyin ham kitobxon uni yomon ko‘rib qolmaydi. Buning­ sabablari haqida nima deya olasiz?» tarzidagi muammoli savol us-tida bir o‘quvchi bo‘lib izlaning. Qarashlaringizni ruhiyatingizda

Hoshimjonga nisbatan paydo bo‘lgan tuyg‘ularingiz asosida tahlil qiling.



  1. Bugungi adabiyot darslaridagi muammoli vaziyatlarni boshqarishga qo‘yiladigan talablar bilan alohida tanishing. Har birining mohiyatiga kirishga urinib ko‘ring va izohlang. Ularni tashkil etish borasida o‘z munosabatingizni bildiring. Fikrlaringiz-ni kursdoshlaringiz bilan o‘rtoqlashing.




  1. Sh. Xolmirzayevning «O‘zbeklar» hikoyasini o‘qing.

So‘ngra «Sizningcha, asar qahramonlaridan qaysi birini chinakam o‘zbek?», «Ergashvoyning gaplari, ishlari g‘ashingizni keltiryaptimi yoki yoqyaptimi? Nima uchun?», «Hikoyaning qaysi qahra-moni o‘z tabiati va qiliqlari bilan sizga ko‘proq ma’qul? Nega?», «Siz chinakam o‘zbeklik bilan chin odamlik haqida nima deya ola-siz?» va «Siz cho‘pon va ayoli bilan faxrlanasizmi yoki ular uchun hijolat bo‘lasizmi yohud rahmingiz keladimi? Nega? Hasharchi tal-abalardan-chi?» singari mustaqil mulohaza talab qiladigan savollar ustida o‘ylaning. Har biringiz o‘z qarashlaringizni kursdoshlarin-giz bilan o‘rtoqlashing.



  1. Said Ahmadning «Ufq» romanidan keltirilgan «Qochoq» nomli parcha bilan tanishing. So‘ngra shu matn mazmuni asosida tuzilgan muammoli masala: «Yozuvchi Tursunboyga nisbatan no­ xolis munosabatda bo‘lgan» – ustida o‘ylab ko‘ring. Fikrlaringizni birgalikda o‘rtoqlashing.




  1. «Kumush o‘z xudbinligining qurboni»; «Bo‘ri polvon yaxshi kurashchi-yu, yomon ota»; «Egamberdi Yoqubov davr­ ning emas, o‘z o‘jarligining qurboni»; «Humoyun uquvsiz, bilim-siz, noshud shahzoda. Shuning uchun ham jangda mag‘lubiyatga uchradi» singari muammoli masalalar haqida fikrlashish uchun av-val bu asarlar bilan tanishing. Keyin har biri bo‘yicha birgalikda muammoli daqiqalar tashkil eting.




  1. «Abdulla Oripov ijodida muhabbat tarannumi» mavzusida insho yozing. Bir-biringizning inshoyingizni tekshiring. Xatolar ustida suhbatlashing.


MA’RUZA № 10

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling