Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining afzalliklari va istiqboli


Download 1.11 Mb.
bet25/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining afzalliklari va istiqboli. Pedagogik hamkorlik ta’lim subyektlari faoliyatining tadrijiy yo‘lini namoyon qiladi. Pedagogik hamkorlik jarayonida o‘qituvchi bilan o‘quvchi faoliyati uyg‘unlashib, ijodiy xarakter kasb etadi. U ta’lim jarayoni subyektlaridagi har bir o‘ziga xos jihatni hisobga olishni taqozo qiladi. Pedagogik hamkorlikning yuzaga kelishi uchun o‘qituvchi va o‘quvchi pedagogik jarayon-ning o‘zaro aloqador subyektlari darajasiga ko‘tarilishlari kerak.

Zero, o‘quv-biluv jarayonining shaxsga yo‘naltirilganligi marka-zida subyektlar orasidagi hamkorlik yotadi. O‘quv-tarbiya jara­ yonidagi hamkorlik subyektlarning birgalikda yangi axborotlarni o‘zlashtirishlari va ularni o‘z faoliyatlarida ijodiy qo‘llashlariga ko‘maklashadi.


Pedagogik hamkorlik, avvalo, bilimlarni o‘zlashtirishda ja-moa bo‘lib faoliyat ko‘rsatishni nazarda tutadi va uning asosiy maqsadi – ishtirokchilarning his-tuyg‘uga asoslangan obrazli ta-fakkurini shakllantirishdir. Bu serqirra usuldan murakkab didak-tik-ijodiy masalalarni yechish, pedagogik amaliyotda esa o‘quv-biluv muammolarini hal etish yo‘li sifatida foydalaniladi. Bu usul o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilishi mo‘ljallangan o‘quv materia-liga ijodiy yondashish imkoniyatini kengaytiradi.


Pedagogik hamkorlik jarayonida jamoa bo‘lib ishlash guruh-da mavzu doirasida yangi mushtarak g‘oyalar tug‘ilishiga zamin hozirlaydi. Tabiiyki, pedagogik hamkorlik texnologiyasi ta’lim jarayonida samaradorligi sinalgan ilg‘or metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Ta’lim jarayonida ulardan vaqti va o‘rnida foydalanil-sa, o‘quvchining izlanuvchanlik qobiliyati muntazam rivojlanib bo-rayotganini payqash mumkin. Hamkorlikda ishlaganda qo‘yilgan muammoning yechimiga yo‘naltirilgan savol va topshiriqlardan foydalanish o‘quvchilarni yangi farazlar, his-tuyg‘uga asoslangan xulosalar chiqarishga undaydi va bunga ma’lum miqdorda erishila-di ham. O‘quvchilar o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilishga odatlanib boradilar.


Amerikada o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab hamkorlikka asoslangan ta’lim jarayoni, o‘qitish metod va usullari, o‘quv top-shiriqlari variantlarini ishlab chiqish, tajriba-sinovdan o‘tkazishga kirishilgan va bu borada jahon pedagogikasi foydalanishiga arzigu-lik yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Ta’limiy ishlarni hamkorlikda tashkil etishda quyidagi asosiy holatlar mujassamlashadi:





  1. ta’limiy muammoning o‘quvchi muhokamasiga dastlabki ko‘rinishda qo‘yilishi;




  1. o‘quvchida ta’limiy muammoning tahlili va buning uchun zarur bilimlar haqida tasavvur uyg‘otish;




  1. ta’limiy muammoni yechish imkoniyatlarini aniqlash va chegaralash;




  1. o‘quvchi ongida uning shaxsiy dunyoqarashi va ilmiy-amaliy tushunchasi doirasida muammoni qayta shakllantirishga erishish;




  1. qayta shakllantirilgan muammo variantlaridan qulayini tan-lay olish;




  1. hamkorlik uchun asosiy bo‘lgan bosqichlardan o‘tish;




  1. qo‘yilgan muammo yechimi talablariga asoslangan holda yondashuvlar yoki tayyor javoblarni bayon qilish64.

Hamkorlik asosida o‘rganishda (o‘rgatish emas!) e’tibor subyekt sifatida muayyan o‘quvchi emas, balki o‘quvchilar guruhiga qaratiladi. Bu o‘rinda o‘qituvchi bilan o‘quvchilar guruhi subyekt-subyekt munosabatlariga kirishadilar. Bunday jarayonning xarakterli jihati izlanuvchanlik faoliyatining bir­ galikda amalga oshirilishidadir­. Hissiy-obrazli muhokama va tanlov natijasida shaxslararo mustahkam birgalikdagi harakat


vujudga keladi, hamkorlikka oid ishlab chiqilgan qat’iy talablar uni


o‘quv jarayonida to‘g‘ri amalga oshirilishiga asos bo‘ladi. Mazkur


murakkab va serqirra texnologiyadan ko‘zlangan maqsad yo‘lida foydalanish o‘qituvchidan yuksak darajadagi bilim, pedagogik-psixologik tayyorgarlik, mahorat va fidoyilikni talab qiladi. Agar ta’lim beruvchida shu jihatlarning­ birortasi yetishmasa yoki qaysidir jihatida «kemtik»lik sezilsa, mazkur jarayon o‘rganish faoliyatiga aks ta’sir ko‘rsatishi ham hech gap emas. Pedagogik hamkorlikning o‘ziga xos jihatlaridan yana biri har xil ta’limiy sharoitlarda turlicha tabiatga, dunyoqarashga ega bo‘lgan subyektlar imkoniyatlarini


ro‘yobga chiqara olishidadir­. Bu sohadagi dastlabki yondashuvlar shuni ko‘rsatadiki, pedagogik hamkorlikka oid konsepsiyalar murakkab, muntazam bo‘lmagan ochiq didaktik vaziyatlar, uning tarkibiy qismlari va tarbiya jarayonini qamrab oladi. Bugungi kunga kelib, ta’lim jarayonidagi hamkorlik ta’limni rivojlantiruvchi ilg‘or g‘oya sifatida namoyon bo‘lmoqda. Zero, pedagogik hamkorlik tushunchasi ostida mustahkam nuqtai nazarga ega bo‘lgan pedagogik yondashuvlar, nazariyalar, qonuniyatlar, pedagogik tizimlar birlashadi, mushtaraklik kasb etadi.


O‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik hamkorlik g‘oyasining tatbiq etilishi, an’anaviy pedagogik tafakkurda bir tomonlama qotib qolishga barham beradi. Bu nazariyani milliy tarbiya­ shunoslik amaliyotiga joriy etish alohida dolzarblik kasb etmoq­ da. Maktab o‘quvchisida pedagogik hamkorlik asosida faoliyat ko‘rsatish ko‘nikma, malakalarini shakllantirish va rivojlantirishni boshlang‘ich ta’lim jarayonidayoq tashkil etish maqsadga muvo-fiqdir. Chunki ta’limning mazkur bosqichida o‘quvchida ijodiy faoliyat ko‘rsatishning ilk ko‘rinishlari shakllanadi va o‘zining rivojlanish bosqichiga kiradi. Bolada ijodkorlik imkoniyatlarini yuzaga chiqarish va o‘z-o‘zini namoyon qilish ko‘nikmalari tarkib topadi. O‘qituvchi bilan muloqotga kirishish, hamkorlik, hamjihat-lik ko‘nikmalarini ta’limning ushbu bosqichida shakllantirish ni-hoyatda zarurligini amaliy tajribalar yaqqol ko‘rsatmoqda.


Hamkorlikda o‘qitish g‘oyasi Amerikadagi J. Xopkins univer-siteti professori R.Slavin, Minnesot universiteti professori R. Jon-son, D. Jonson, Kaliforniya universiteti professori Sh. Sharonlar tomonidan ishlab chiqilgan.Amerika olimlari tomonidan yaratilgan hamkorlikda o‘qitish g‘oyasi, asosan o‘quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni nazarda tutadi. Is-roil va Yevropa olimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikda o‘qitish nazariyasi o‘quv materialini barcha o‘quvchilar tomoni-dan qayta ishlash, loyihalashtirishni bahs-munozara asosida tashkil etishni nazarda tutadi. Mazkur g‘oyalar bir-birini to‘ldiradi, didak-tik jihatdan boyitadi va bir-birini taqozo etadi.


Hamkorlikda o‘qitish g‘oyasi didaktikada 1970-yillarda paydo bo‘lgan. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi Amerika qo‘shma shtatlari, Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Avstraliya, Nider-landiya, Yaponiya, Isroil mamlakatlari ta’lim muassasalarida keng qo‘llanilmoqda. Tom ma’noda, pedagogik hamkorlik masalasi uzoq yillardan buyon dunyo didaktlari va pedagoglarini qiziqtirib kelgan. Jumladan, rus olimi V. M. Myasishevning qarashlarida, shaxs – o‘zaro hamkorlik va boshqalar bilan munosabat asnosida o‘zligini namoyon etishi ta’kidlanadi. O‘tgan asrning 80 – 90-yil-larida ijtimoiy psixologiya, mehnat va boshqaruv psixologiyasi sohalarida hamkorlik faoliyatini amalga oshiradigan guruhlarga qiziqish birmuncha o‘sdi. Rus olimi B. F. Lomov: «insonning indi-vidual xususiyatlari jamoa bilan hamkorlikdagi faoliyati asnosida namoyon bo‘ladi», deya ta’kidlagan edi66.


Rus pedagogi B. G. Ananev hamkorlikdagi faoliyatning muhim omili hisoblangan muomala madaniyatiga oid tadqiqot-larida o‘qituvchining baholash, tahlil qilish, tarbiyachilik im-koniyatlari o‘quvchilarning aqliy va axloqiy rivojlanishlari uchun muhim manba ekanini alohida ta’kidlagan67. A. V. Petrovskiy esa shaxslararo munosabatlar jamoadagi faoliyatdan kelib chiqishini o‘rgangan holda, ta’lim jarayonida o‘qituvchining o‘quvchilar bi-lan hamkorligini tashkil etish faqat ularning muloqot, muomalaga nisbatan ehtiyojini qondirish vositasi emas, balki o‘quv materialini o‘zlashtirishning ham muhim sharti ekanligini ta’kidlaydi68.


Hamkorlikda o‘qitishning asosiy g‘oyasi o‘quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o‘qish-o‘rganishdir.H amkorlikda o‘qitish har bir o‘quvchini kundalik qizg‘in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o‘rgatish, shaxs sifa-tida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o‘quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usini vujudga keltirish, o‘z kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas’uliyat hissini shakllantirishni ko‘zda tutadi.


Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi har bir o‘quvchining ta’lim olishdagi muvafaqqiyati guruh muvafaqqiyatiga olib kelishini ang­ lagan holda mustaqil va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o‘quv topshiriqlarini to‘liq va sifatli bajarishga, o‘quv materialini puxta o‘zlashtirishga, o‘rtoqlariga hamkor bo‘lib, o‘zaro yordam uyushti-rishga zamin tayyorlaydi.


Hamkorlikda o‘qitishda o‘quvchilarga topshiriqni hamkor-likda bajarish uchun ko‘rsatma berilishining o‘zi yetarli emas. O‘quvchilar tom ma’nodagi hamkorlikda ishlashlari, har bir o‘quvchi qo‘lga kiritgan muvafaqqiyatidan quvonishi, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissini tuyishi uchun qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga keltirilishi zarur. Mazkur texnologiyada o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o‘quvchining kundalik natijasi avval qo‘lga kiritilgan natijasi bilan taqqoslanadi. Shunda har bir o‘quvchi o‘zining dars davomida erishgan natijasi o‘z jamoasiga foyda keltirishini anglagan holda mas’uliyatni his qilib, ko‘proq izlanishga, bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga intiladi.


O‘quv jarayonida o‘zaro hamkorlikka asoslangan do‘stona muhitni vujudga keltirish shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega. Maktab­ dagi o‘quv-biluv jarayoni o‘quvchining huquqlari va erkinliklarini himoya qilish asosida tashkil qilinishi lozim. O‘qituvchi bilan o‘quvchi orasida o‘zaro hamkorlik muhiti yaratilayotganda barcha o‘quvchilarning imkoniyatlari va ehtiyojlari hisobga olinishi juda muhimdir. Bu jarayonda o‘zaro tenglik muhiti hukmron bo‘ladi, o‘quv jarayonida o‘quvchilarning aksariyat muammolarini yechishga ko‘maklashadigan ta’lim-tarbiyaviy muhit tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiya maktab, ota-onalar, mahalla va o‘quvchilar jamoasi hamkorligida, demokratik va tolerantlik tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Bu jarayonda o‘quvchilar oddiy ta’lim oluvchilar emas,ta’lim-tarbiya jarayonining teng huquqli, hamkorlik asosida jipslashgan ishtirokchilari bo‘lishlariga erishiladi. Sinfdagi barcha o‘quvchiga bir xil muomala va munosabat, hamkorlikdagi ta’lim, o‘quvchi, o‘qituvchi va ma’muriyat orasida do‘stona munosabat ustuvorligi asosida sifatli ta’lim berish jarayoni vujudga keladi. O‘quvchilarga nisbatan do‘stona munosabat muhiti o‘zaro adolatli munosabatlar zamirida yaratiladi. Adolat bor joyda haqiqat, haqiqat bor joyda o‘zaro hurmat muhiti hukm suradi.


Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘qituvchi o‘quv-biluv jara­ yonini tashkil etar ekan, har bir o‘quvchining betakror ekanligi, uning ta’lim-tarbiyasi oilaviy muhitga, sinfdagi mavqeiga, ustozlarining munosabatiga, ruhiy kechinmalari va kayfiyatiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lishini unutmasligi lozim. Ta’lim muassasasidagi har bir pedagog o‘quvchining qalbidan chuqur joy ola bilishi, ularning hurmat-ehtiromiga erishishi, o‘quvchining eng yaqin kishilaridan biriga aylanishi, quvonch va tashvishiga sherik bo‘lishi, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olishi zarur. Shunda ta’lim-tarbiya oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish mumkin bo‘ladi.


O‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasidagi o‘zaro hamkorlik muhi-tini shakllantirish uchun, avvalo, quyidagilarni amalga oshirish kerak:



  1. o‘quv jarayonida ijodkorlik muhitini vujudga keltirish;

  2. o‘quvchilar faoliyatini muayyan tartib asosida tashkil etish;




  1. o‘quvchilar orasida o‘zaro do‘stona muhitni vujudga kelti-rish kabilar.

O‘zaro hamkorlik va do‘stona muhitni vujudga keltirish uchun o‘quv-tarbiya jarayonining ochiq xarakter kasb etishi va o‘zaro ax-borotlar almashinuvi uchun qulay bo‘lishini ta’minlash muhimdir.


Ta’lim jarayonida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun o‘quvchilarda ongli faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmasini tarkib topti-rish, ularni mustaqil, ijodiy fikrlashga o‘rgatish alohida ahamiyatga ega.


Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning hamkorlikka asoslangan ijodiy faoliyatini tashkil etish uchun axborotlardan oqilona foy-dalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bilimlarni modellashtirish turli ilmiy yo‘nalishlarda turli maqsadlarda amalga oshiriladi. Ekspert tizimlar nazariyasida bu metoddan intellektual vazifalarni kompyuter vositasida yechishda foydalaniladi. O‘quv muhitida o‘qituvchi ham jismoniy, ham virtual ekspert model sifatida namoyon bo‘ladi. Pedagogik amaliyotda o‘quvchilarning bor imkoniyatlarini ularning o‘zlari uchun maksimal darajada yuzaga chiqara bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni yangi bilimlarni o‘zlashtirishda bor imkoniyatdan samarali foydalana bilish zarur.


Jumladan:o‘quvchilar aniq ilmiy, amaliy muammolarni yechishga jalb etilishi, bu jarayonda ularda muayyan qiziqishlar hosil bo‘lishi;





  1. mantiqiy-lingvistik modeldan topshiriqlarni yechish vositasi va ularning yechimlarini tekshirish usuli sifatida foydalanish im-koniyati vujudga kelishi;




  1. qo‘lga kiritilgan natijalar aksariyat hollarda elektron ko‘rinishlarda ifodalanishi lozimligi.

Buning natijasida o‘quvchilarda kompyuterdan ma’lum maqsadlar yo‘lida foydalanishga oid dastlabki ko‘nikmalar tarkib topadi va har bir o‘quvchida o‘zi uchun zarur bo‘lgan axborotlar bazasini yaratishga bo‘lgan intilish vujudga keladi. Bu jarayonda ular birgalikda harakat qila boshlaydilar, har bir o‘quvchi o‘z bi­ lim zahirasini sinfdoshlari egallagan bilimlar yordamida boyitish­ imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Bunda ularga yangi bilimlar bilan boyitilgan o‘quv materiallari yaqindan yordam beradi. O‘qituvchi intellektual xarakterdagi o‘quv topshiriqlaridan kengroq foydalan-gan holda hamkorlikka asoslangan o‘quv muhitini vujudga keltiri-shi lozim. Ta’lim-tarbiya tizimiga bunday yodashuvni tatbiq qilish natijasida maktab ta’limida yangi yo‘nalish vujudga keladi.


Pedagogik hamkorlik va hamjihatlikka asoslangan bilimlar to‘rt ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Hamkorlik nazariyasi:





  1. fundamental ilmiy nazariyalarning vujudga kelishiga asos bo‘ladigan, umumiy ilmiy nazariyalar, dunyoqarashlar, g‘oyalar, tamoyillar, timsollar, tasavvurlar tizimidan iborat paradigma;




  1. nomuntazamlik, ochiqlik, o‘tish xarakteridagi jarayonlar­ ning tengsizligiga asoslangan g‘oya atrofida birlashadigan muayy-an xususiy ilmiy qarashlar;




  1. tizimlarning o‘z-o‘zini tashkil etish yoki o‘tish jarayonlariga oid umumiy ilmiy yondashuvlar;




  1. ilmda mavjud bo‘lgan hukmron tafakkurga barham berish, o‘zgarmas tushunchalar va barqaror tafakkur, o‘tish xarakteridagi daliliy shakllar va obrazlar, yangicha dunyoqarash69.

Ta’lim jarayonida o‘quvchilar faoliyatini, dunyoqarashini har to-monlama o‘zgartirish tamoman yangi ilmiy-pedagogik asoslarga taya-nishni taqozo qilmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim oldiga qo‘yilgan maqsad, vazifa va tamoyillarni amalga oshirish nafaqat ta’lim mazmunini o‘zgartirishni talab qilmoqda, balki uning shakllari, metodlari, o‘qituvchi faoliyatini ham takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyoj kuchaymoqda.





Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling