Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


TA’LIM TEXNOLOGIYALARI. ADABIY TA’LIMDA HAMKORLIKDA O‘QITISH TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH


Download 1.11 Mb.
bet23/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

TA’LIM TEXNOLOGIYALARI. ADABIY TA’LIMDA HAMKORLIKDA O‘QITISH TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH


Reja:

  1. Ta’lim amaliyotida o‘qitishning turfa texnologiyalari.

  2. Sinergetika, ya’ni hamkorlik ilmiy yo‘nalish sifatida.

  3. Ta’lim amaliyotidagi subyekt va obyekt munosabatlari.

  4. Hamkorlik pedagogikasining asosiy maqsad va vazifalari.

  5. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining afzalliklari va is-tiqboli.

  6. Kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash.

Texnologiya so‘zi yunoncha: «texne» – mahorat, san’at; «logos» – ta’limot ma’nolarini bildiradi. Bu so‘z sanoatda yoki qishloq xo‘jaligida tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonida qo‘llaniladigan metod va usullar yig‘indisini bildiradi. Ta’lim jarayoniga nisbatan esa o‘qish va o‘qitishning o‘zaro uzviy­ ligini, aloqadorlik bosqichlarini ajratish, ta’lim-tarbiya jarayonida belgilangan maqsadga erishish uchun bajariladigan ishlarni muvo-fiqlashtirish, ularning ketma-ketligi hamda bosqichma-bosqichligi-ni ta’minlash, rejalashtirilgan barcha ishlarni talab darajasida baja-rishni anglatadi. Ya’ni ta’lim texnologiyasi tushunchasi ta’lim ber-ish san’ati, ta’lim berish mahorati ma’nolarini ifodalaydi. «Yangi pedagogik texnologiya» deyilganda esa ta’lim berishning yangicha san’atini ishga solib uni samarali tashkil etish, jahon andozalari da-rajasiga ko‘tarish nazarda tutiladi.


Ta’lim amaliyotida o‘qitishning turfa texnologiyalari mavjud bo‘lib shulardan biri hamkorlikka asoslangan ta’lim texnologiya-sidir. O‘qituvchi bilan ta’lim oluvchi hamkorligini tashkil etish muammosi barcha davrlarda ham o‘ta dolzarb masalalardan bo‘lib, mazkur hamkorlikning nazariy asoslari pedagogik sinergetika doirasida tadqiq etilgan. Bu ta’lim beruvchi uchun ham, ta’lim oluvchi­ uchun ham o‘z faoliyatini mustaqil tarzda tashkil etishga oid nazariy yondashuvlardan biri bo‘lib, o‘qituvchi-o‘quvchi ham-korligini to‘g‘ri tashkil etish bilan bog‘liq yangi dunyoqarashdir.



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling