Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Download 1.11 Mb.
bet31/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

Savol va topshiriqlar:

  1. Pedagogik innovatsiyalar haqidagi: «Pedagogik inno-vatsiyalar davlat organlari, pedagogik jarayonni boshqaradigan ma’muriyat singari yuqori tashkilotlar tomonidan emas, balki fan va ta’lim tashkilotlari xodimlari, ya’ni pastdan ishlab chiqarilishi hamda tavsiya etilishi kerak», tarzidagi qanoatga e’tibor qiling. Siz bu fikrga qo‘shilasizmi, yo‘qmi? Nega? Uni qanday tushundingiz?

Qarashlaringizni ta’lim amaliyoti yoki hayotiy haqiqatlarga taya-nib asoslang.



  1. «Pedagogik innovatsiya jarayonining quyidagi uch bosqichi: yangi g‘oya yoki kashfiyotni yuzaga keltirish bos­ qichi; g‘oyaga ishlov berish, uni amaliyotda foydalanish mum-kin bo‘ladigan holatga keltirish bosqichi; yangilikni joriy etish bosqichi»ni biror badiiy asarni o‘rganish asnosida izohlashga urinib ko‘ring.




  1. Pedagogika ilmida tavsiya etilgan innovatsiyalarni innovat-sion o‘zgarishlar shiddati yoki yangilik darajasiga ko‘ra sakkizta toifasi tavsiya etilganligini bildingiz. Ularning har birini alohida tahlilga torting. Sizningcha, ularning qaysi biri milliy adabiy ta’lim uchun ahamiyatliroq? Nimasi bilan? Fikringizni asoslashga, qa-rashlaringizni o‘qituvchingiz va kursdoshlaringizga ham tushunarli qilib ifodalab berishga urining.




  1. Pedagogik innovatsiyalarning tasodifiy, foydali va tizimli singari tasniflari haqida bildingiz va ularning mohiyatiga kirdin-giz. Endi o‘ylab ko‘ringchi, ularning qaysi biri zamonaviy o‘zbek adabiy ta’lim metodikasi ilmi uchun ustuvor ahamiyat kasb etadi, sizningcha? Fikringzni asoslang.




  1. Mazkur innovatsiyalarning tasodifiy, foydali va tizimli in-novatsiya singari turlarini badiiy asarlar, hayotiy misollar asosida tahlilga torting. Fikrlaringizni asoslang.Taniqli metodist olim M. Maxmutovning: «Ta’lim metod-lari o‘quvchi rivojlanishining yangi bosqichida tafakkur psi­ xologiyasida to‘plangan, ular tomonidan bilimlar va faoliyatni o‘zlashtirish jarayonini boshqarishni yaxshilashga imkon beradi-gan barcha ma’lumotlarni qamrab olishi kerak» tarzidagi qanoa-tini qanday tushunganingizni o‘z tushunchangiz asnosida izohlab bering­.




  1. «Har bir mashg‘ulot darsning maqsadi va mavzuni o‘rganishning rejasini ma’lum qilishdan boshlansa, o‘quvchilarga darsda o‘z faoliyati yo‘nalishini aniqlab olishga imkon beriladi», degan fikrga qanday qaraysiz? Sizningcha, buni qanday tashkil etish mumkin? Biror badiiy asarni o‘rganish misolida qarashlarin-gizni asoslang.




  1. «Mustaqillik mening taqdirimda» mavzusida insho yozing. Bir-biringizning insholaringizni tekshiring. Xatolar ustida birga-likda ishlang.

  1. MA’RUZA № 12


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling