Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Asar matni ustida ishlash uchun beriladigan uy vazifalari


Download 1.11 Mb.
bet55/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

Asar matni ustida ishlash uchun beriladigan uy vazifalari. Insonning fe’lu atvorini zo‘rlik bilan o‘zgartirish mumkin emas. Odamlar tomonidan yaratilgan qoidalar, tartiblar, qonunlar inson-ning tabiiy xususiyatlariga mos tushsagina ular tarbiyalanuvchiga «yuqishi» mumkin. Shundoq ekan, o‘quvchini maktabning tartib-qoidalariga emas, ta’lim-tarbiya jarayonini o‘quvchiga moslashti-rish kerak. Ya’ni, darslar, uy vazifalari ta’limning har bosqichida har bir o‘quvchi qobiliyati, iqtidori, qiziqish va imkoniyatlariga asoslangan holda, imkon qadar individuallashtirilgan tarzda amal-ga oshirilishi lozim. O‘quvchining intensiv rivojlanishini nazarda tutgan holda unga adabiy ta’limning barcha bosqichida, har dars-da uyda ishlash uchun topshiriqlar berilishi, bola uyda har kuni sinfdagidek ishlashi kerak. Uy ishlarining qiyinlarini osonlari bilan va aksincha, almashtirib turish muhim ahamiyat kasb etadi. Tinim-siz qiyin topshiriqlarni berish o‘quvchilarni zo‘riqtirgani singari, uzluksiz oson vazifalar ham ularni uy ishlariga yengil qarashga o‘rgatib qo‘yadi. Uy vazifalarini bajarish uchun ajratiladigan vaqt ta’limning har bosqichida o‘quvchining yoshi, ruhiy va jismoniy xususiyatlari hamda imkoniyatlariga asoslangan holda aniqlanadi.

Uyga beriladigan topshiriqlarning umumiy hajmi, turli shakl­ larda, barcha o‘quv fanlari misolida umumiy tarzda: boshlang‘ichsinflarning quyi bosqichlarida taxminan yarim soatgacha, yuqori bosqichlarida 40 – 45 daqiqa; 5-sinflarda 1 soat – 1soat 15 daqi-qa atrofida; 6 – 7-sinflarda 1soat 15 daqiqadan 1,5 soatgacha; 8


– 9-sinf­larda 1,5 soatdan 2 soatgacha bo‘lmog‘i nazarda tutiladi. Bunday vaqt oralig‘iga mo‘ljallangan uy ishlari maktabdagi barcha o‘quv fanlari bo‘yicha og‘zaki bajariladigan ishlar, o‘qish uchun topshiriqlar hamda yozma ishlar bilan almashtirib turiladi.


Adabiy ta’limning boshlang‘ich bosqichida o‘qilgan asarlar yuzasidan uy vazifasi sifatida:
o sinfda o‘tilgan mavzuni uyda qayta o‘qish;
o o‘qiganlarining rejasini tuzish va reja asosida qayta ijodiy hikoyalash;

o asar yuzasidan uning matnini takrorlashga emas, mustaqil mulohaza yuritib, o‘z fikrini aytishga undovchi mantiqli savollar tu­zish va ularga javob berish;


o sinfdan tashqari o‘qiladigan asarlar ustida ishlash uchun topshiriqlar berish;


o mustaqil ishlar;


o lug‘at bilan ishlash;
o yozma va og‘zaki insho;
o matnni bo‘laklarga ajratish va ularning mazmuniga mos sar-lavha topish;

o asar matni qismlari bo‘yicha sarlavhalar tavsiya etib, mav-jud matnni shu sarlavhalarga mos tarzda bo‘laklarga bo‘lishni talab qi­lish;


o har bir bo‘lakning rejasini tuzish va shu reja asosida gapi­ rishga tayyorlanish;


o ertak, topishmoq, she’r, tush va hikoyalar to‘qish;


o asarlar matni yuzasidan tayyorlangan suratlar ustida ishlash; o matn yuzasidan berilgan savol-topshiriqlar bo‘yicha og‘zaki
va yozma ishlar berish mumkin.
Bunday topshiriqlarni sinfda va uyda almashtirib bajarish ham o‘quvchining tafakkuri hamda faoliyati mustaqilligini ta’minlaydi.

Ma’naviyatini boyitadi.


Uyga yozma ishlar berilgan kunlarda og‘zaki topshiriq yoki o‘qish uchun vazifalar berilmaydi. Adabiyotdan uy vazifalari be­ rishda o‘quvchilarning intellektual imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ularning boshqa o‘quv fanlari bo‘yicha yuklamalari bilanham hisoblashish talab qilinadi. Adabiyot darslarini boshqa hamma o‘quv fanlaridan ustun qo‘ygan, faqat o‘z sohasi bo‘yicha barcha o‘quvchilarni ko‘proq ishlatishni niyat qilgan o‘qituvchi qattiq ada-shadi. Sinfdagi badiiy so‘zga qiziqishi va iqtidori bor o‘quvchilarga ularning qiziqishlarini qondiradigan, ehtiyojlarini to‘yintiradigan topshiriqlarni ko‘proq berish mumkin. Qolganlarga dastur talablari asosida bilim berish va DTS talablari doirasida bilimlarini nazorat qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling