Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Savol-topshiriqlar bilan ishlash bo‘yicha uy ishlari


Download 1.11 Mb.
bet57/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

Savol-topshiriqlar bilan ishlash bo‘yicha uy ishlari. Boshlang‘ich sinflarning «O‘qish kitobi» va yuqori sinflarning «Ada­ biyot» darsliklarida taqdim etilgan adabiy matnlar ustida ishlash uchun ma’lum savol-topshiriqlar berilgan. Boshlang‘ich ta’limning 3 – 4-sinflarida o‘quvchilarga uy vazifasi sifatida asar matni yuza-sidan beriladigan savol-topshiriqlarning soni to‘rttadan oshmasligi kerakligi ma’lum. Darsliklarda taqdim etilgan ayrim savol-top-shiriqlar tavsiflashni talab qilsa, ba’zilari umumlashtiruvchi xarakter kasb etadi. Ayrim savollar avval o‘zlashtirilgan bilimlarni eslashga ehtiyoj uyg‘otsa, boshqasi har tomonlama o‘ylashni va tahlilni ta-lab qiladi. Yana bir xil savol uchun darslikdagi ma’lumotning o‘zi kifoya qilsa, o‘zgasiga javob berish uchun yordamchi manbalarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.

Darsliklardagi asar matni yuzasidan berilgan savol-top-shiriqlarga uyda javob tayyorlashda o‘quvchilar ko‘pincha umumiy qonuniyatni to‘g‘ri topadilar, biroq buni o‘zlari asardan misollar keltirib asoslab berishga qiynaladilar. Ulardan nega shundayligini tushuntirish yoki aytganlarini isbotlash talab qilinganda, mazkurholatga tegishli ko‘pgina faktlarni bilsalar ham, o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar. Gap shundaki, javob beradigan o‘quvchi o‘zi bilgan dalillarni, bilimlarni yangi tizimga, o‘qituvchi tomonidan belgilan-gan, uning savoli talab qilayotgan yangi yo‘nalishga solishi kerak bo‘ladi. Dastlab o‘quvchini aynan shu narsa qiynaydi. Keyincha-lik, faktlar aniqlanib, topshiriq aqliy imkoniyati darajasidan uncha uzoq emasligi ma’lum bo‘lgach, tafakkuri faollashadi.


O‘quvchilar faoliyati mustaqilligini uyg‘otishga intilgan o‘qituvchi uyga beriladigan savol yoki topshiriqni mavzuga moslagan tarzda shakllantiradi. Shuning o‘zi tarbiyalanuvchining aqliy faoliyati uchun qulay sharoit yaratadi. O‘qituvchi o‘quvchini materialni shunchaki qayta bayon qilmay, qarashlarini ma’lum tayanch fikr atrofida umumlashtirishga, undan javob uchun zarurini ajratib olishga, fikrini qolipga tushgan siyqa iboralarda emas, o‘z so‘zlari bilan bayon qilishga undaydi. Bu o‘quvchidan ma’lum hodisa sabablarini tushuntirish, fikrlarini qat’iy ilmiy-mantiqiy asoslarga qu­rish, voqealarni xolis baholash va kuzatganlarini umumlashtirishni talab qiladi. Uy vazifalarini berish bilan bog‘liq bunday vaziyatlarda qo‘shimcha savollar juda qo‘l keladi. Qo‘shimcha savollarning kuchi shundaki, ular avval o‘rganilgan bilimlarga tayanganidan o‘quvchilar ishini yengillashtiradi. Bu o‘rinda avval o‘zlashtirilganlarni takrorlash emas, balki o‘rganilgan bilimdan yangi yo‘nalishda foydalaniladi. Bu o‘quvchilarni yangilik qidirishga, noma’lumni aniqlashga yo‘naltiradi.


Kalit so‘zlar bilan ishlash. Asar matni bilan ishlash top-shiriqlari sirasiga kalit so‘zlar bilan ishlash vazifasi ham kiradi. O‘qituvchi bunday topshiriqlardan uy ishi sifatida ham, dars jara­ yonida ham foydalanishi mumkin. Bu topshiriqning asosiy xususi-yati matndagi kalit so‘zlarni ajratib olib, ularning ma’nosi va asar-ning umumiy mazmunidagi o‘rnini aniqlashdan iborat. Kalit so‘zlar bilan ishlash bo‘yicha uy vazifasi biror qahramon timsolida, biror epizod yoki hodisa misolida ham bo‘lishi mumkin. Asar qahramo-ni shaxsi bilan bog‘liq kalit so‘zlar ustida ishlash uchun o‘quvchi matndan asosiy so‘zlarni ajratib oladi. Ularning mohiyatiga kira-di, ma’nosini aniqlaydi. So‘ngra bu so‘zlarning qahramon shaxsi, fe’l-atvorini ochishdagi o‘rni, ahamiyatini belgilaydi. Ularning qo‘llanilishiga o‘z munosabatini bildiradi, fikrini asoslaydi. Shu as-noda yozuvchi­ning uslubiga, qahramonning shaxsiga baho beradi. O‘z ma’naviyati shakllanishida o‘zi ishtirok etadi.Kalit so‘zlar bilan ishlanadigan uy vazifalarini berishda asardagi peyzaj juda qo‘l keladi. Mavzu atrof olam bilan aloqada o‘rganiladi. O‘quvchi tabiat hodisalarini kuzatadi, ko‘rganlarini badiiy ifodalashga urinadi va hk. Qo‘llangan so‘z va iboralardan mavzu uchun muhimlari ajratiladi. Bunday mustaqil izlanishlar o‘quvchining dunyoqarashini kengaytiradi, peyzaj tasviridagi badiiylik va aniqlikni kashf ettiradi. Matnni o‘zlashtirish emotsional, ongli tarzda amalga oshadi. Ular o‘quvchini ko‘ra bilishga, ilg‘ay olishga, anglaganlarini so‘z bilan ifodalashga o‘rgatadi. O‘qituvchilar asarlardagi peyzaj tasviriga ko‘pda e’tibor qilmaydilar. Tabiatdagi go‘zallikni ko‘ra bilish, ko‘rganlarini so‘z bilan ifodalash mahorati har bir adibda o‘ziga xos tarzda shakllangan. Buni o‘quvchi farqlashi va anglashi uchun uni tasvir mohiyatiga kirishga undaydigan uy vazifalari berilishi kerak. Asar matni ustida ishlash bilan bog‘liq bunday uy ishlari ham o‘quvchilarning ma’naviy kamolotini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.





Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling