Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


O‘quvchilarning uy insholarini tashkil etish


Download 1.11 Mb.
bet58/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

O‘quvchilarning uy insholarini tashkil etish. Ma’lumki, bugungi kunda mamlakat oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari testlar asosida amlga oshirilmoqda. Shuning uchun o‘quvchilar, ota-onalar, hatto, ko‘pchilik o‘qituvchilar o‘quvchilarning insho yozishiga e’tiborni susaytirdilar. Insho yozish o‘quvchilarning ada­biyot darslaridagi asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi va ular oliy maktabga kirish vositasi emas. Insholar inson tafakkurini charxlash, dunyoqarashini kengaytirish, fikrlarini, qarashlarini qat’iylashtirish va ma’naviyatni shakllantirish omili hisoblanadi. Maktab adabiy ta’limining barcha bosqichida o‘quvchilarga insho yozdirish shart. O‘quvchining fantaziyasi, xayolot olami kattalarni-kidan boy va keng. Tarbiyalanuvchining bu imtiyozlaridan uning o‘zi uchun foydalanish kerak. O‘quvchining hayotiy tajribasi kat-talarnikiga nisbatan ancha g‘arib, atrof-muhitga munosabati ham sodda va jo‘nroq. O‘quvchini ijodkorlikka yo‘naltirish uning ruhi-yatini bezovta qila oladigan, qiziqtiradigan mavzuda yozishga, eng muhimi, tuyg‘ularini, munosabatini so‘z bilan ifodalab berishga qiziqish uyg‘otilganda yengil amalga oshadi.

Bola ko‘pincha yozishga arziydigan salmoqli gapi yo‘qligidan yomon yozadi. Maqsad sinfdagi barcha o‘quvchilarni badiiy ijod-


kor qilish emas. Muhimi, tarbiyalanuvchida ijodkorlik tuyg‘usi paydo bo‘lsa, darsda o‘rganganlariga munosabat bildirishga odatlansa, unda insonlik, shaxslik kurtaklari shakllanadi. O‘quvchini faqat o‘zi yaxshi bilgan narsasi haqida yozishga o‘rgatish kerak. Yaxshi bilmagan, tushunmagan mavzu haqida yozishdan azobli narsa yo‘q. Bolaga bunday topshiriq berish unda quruqlik, yuzaki-likni tarbiyalash demakdir. O‘quvchi shaxsida ijodkorlikni, bezov-ta, uyg‘oq qalbni tarbiyalash uchun, avvalo, unda atrof-muhitga, tabiatga, hayvonot va nabotot olamiga, insonga kuchli qiziqish uyg‘otiladi. Bolani o‘zi yaxshi bilmaydigan, yaxshi ko‘rmagan, qiziqmagan mavzuda yozishga majbur qilmagan ma’qul.

Boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limida uyga insho yoki bayon yozishga berilsa, o‘sha kuni o‘quvchi boshqa o‘quv fanlari bo‘yicha oshiqcha yuklamalardan halos etilishi kerak. Chunki insho va ba-yon yozish aqliy zo‘riqish va ancha vaqtni talab qiladi. Ta’limning yuqori bosqichlarida ham o‘quv fanlari muallimlari bir-birlari bilan doimiy aloqa bog‘lab turishlari, uy vazifalarini berishda bir-birlari bilan ke­lishishlari o‘quvchining uyga berilgan topshiriqlarni tay-yorlashdagi vaqtini nazorat qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, maktabda dars jadvallari ham shundoq tuzilishi kerakki, uy vazi-falari bir kunda 3 – 4tadan oshmasligi maqsadga muvofiq keladi. Sinflar yuqorilab borgani sari uy vazifalarining soni oshmay maz-muni chuqurlashadi. Talab doirasi kengayadi. Bundan tashqari rasmlar, kuzatishlar asosida ham insholar yozdirish mumkin. Bun-day uy vazifalari ham 30 – 35 daqiqali ishlar bo‘lishi kerak.


Dunyo ta’lim tizimidagi barcha jihatlarni ko‘r-ko‘rona ko‘chirish o‘rniga ular erishgan yutuqlarning o‘zbek o‘quvchisi milliy xususiyatlari, ruhiy o‘ziga xosligiga mos keladigan tomonla-rini o‘zlashtirish kerak. Aks holda, chet el pedagogikasidagi tashqi jihatlargina o‘zlashtirilib, qilingan harakatlar samarasiz ketadi. Tajriba almashishlar ko‘rsatdiki, chet el ta’lim tizimida har qanday o‘quv fani bo‘yicha esselar yozish yetakchilik qiladi. Ma’lumki, esse – erkin fikrning, mustaqil tafakkurning mahsuli. U – ijod. Ada-biyot darslarida insho yozish ham ijod. Ijodning har ikkala turi ora-sidagi tafovut uncha katta emas.


Adabiyot darslarida tanlangan insho mavzulari o‘qituvchi uchun eski, ammo o‘quvchilar uchun yangi. O‘quvchilarga insho-larning o‘ylantiradigan, qiynaydigan yoki sevintiradigan tuyg‘ularga hamohang mavzularda bo‘lishi yoqadi. Masalan, ma’lum shaxshaqidagi insho mavzulari: «O‘rtog‘imning tavsifi», «Meningdo‘stim», «Mening ilk muhabbatim», «Mening akam», «Men suygan suyukli»; o‘rganilgan asarlar yuzasidan: «Menga yoqqan sa-hifa», «Hoshimjonga munosabatim», «A. Oripov asarlaridan olgan taassurotlarim», «O‘. Hoshimov ijodining qaysi tomonlarini qadr-layman va yaxshi ko‘raman» va hk. mavzular istisnosiz ijodiy tafak-kurni, tom ma’noda mustaqil fikrlashni talab qiladi. O‘quvchining erkin va mustaqil mulohazasiga asoslanadigan bunday uy insholari o‘quv yilining boshida, badiiy asar tahliliga bir oz o‘rganilgandan keyin, o‘quv yili o‘rtalarida va oxirida olish bolalarning mustaqil fikrlashini o‘stirishga xizmat qiladi. O‘quvchilardagi fikr mustaqil-ligining o‘sishini nazorat qilishga imkon beradi.


Xullas, adabiy ta’limning har bosqichida turfa shakllarda uy vazifalari berish o‘quvchining faoliyatidagi mustaqilligini oshirish garovidir.





Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling