Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Download 1.11 Mb.
bet70/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

analitik o‘qish (o‘qishning ta’limiy turlaridan biri hisoblanib matnning mazmuni va tuzilishini ochishga yo‘naltiriladi. Ana­litik o‘qishda o‘quvchining diqqati matnni til shakli, tuzilishi va nutq komponentlarini aniqlashga qaratilgan holda jo‘ngina qabul qili­ nishini nazarda tutadi. O‘qishning bu turi sintetik o‘qishga qarama-qarshi qo‘yiladi. Kommunikativ ta’limda o‘qishning har ikkala turi bir-birini to‘ldirib keladi);

o ovoz chiqarib o‘qish (o‘qilayotgan matnni baland ovozda talaffuz, ifoda qoidalariga rioya qilgan holda, til xususiyatlariga, o‘qish ritmi va bq.larga amal qilib o‘qish taqozo etiladi);


o jamoa bo‘lib o‘qish (o‘qishning bu turi asosan, boshlang‘ich sinflarining o‘qish darslarida matnlarni o‘qituvchi bilan birgalikda barcha o‘quvchilarning ovoz chiqarib mutolaa qilishlari nazarda tutiladi);


o individual o‘qish (har qanday matnning bir kishi tomonidan o‘qilishi);


o ifodali o‘qish (badiiy-obrazli matnning xususiyatlarini ang­ lagan holda adabiy talaffuz qoidalariga rioya qilib o‘qish nazarda tutiladi);

o mustaqil o‘qish (o‘quvchining o‘z tashabbusi bilan amalga oshiriladigan o‘qish turi. O‘qishning bu turi o‘qish texnikasining av-tomatlashganligi, leksik-grammatik ko‘nikmalarning yuqori dara-jada shakllanganligi bilan xarakterlanadi. Bu xususiyatlar mustaqil o‘qishda diqqatning shaklga emas mazmunga yo‘naltirilganligi bi-lan izohlanadi. Zamonaviy metodik adabiyotlarda ma’lumotni tan-lab o‘qish, asl mazmunni tushunib o‘qish hamda matn mazmunini to‘liq anglagan holda o‘qish keng tarqalgan. Mustaqil o‘qishning sanalgan birinchi varianti zamirida izlanuvchi o‘qish, ikkinchisida tanishuv o‘qish va uchinchisida esa tadqiqiy-tahliliy o‘qish nazar-da tutiladi. O‘qishning bu turlari o‘qish maqsadidan kelib chiqqan holda ta’limiy o‘qishlarning har xil variantlari sifatida xarakterla-nadi);


o tanlab o‘qish (malum maqsad yo‘nalishiga qaratilgan o‘qish turidir. Bu o‘qishda nazarda tutilgan biror masala yuzasidan zarurma’lumotlarni aniqlash, bu borada umumiy tasavvur olish maqsa-dida o‘qish tushuniladi. Olingan ma’lumotlarga tayangan holda o‘qirman shu matn unga kerak-kerakmasligini aniqlaydi. Bunda o‘qirman matnning sarlavhasiga, ichki sarlavhalarga, alohida xat-boshilar yoki ayrim jumlalarni o‘qish bilan kifoyalanadi. Tanishuv o‘qishi, izla-nuvchi o‘qish va tadqiqiy o‘qishlar ham shu maqsad va faoliyatga asoslanadi);


o diskursiv o‘qish (analitik o‘qishga xos xususiyatlar diskur-siv o‘qishning mohiyatiga monand keladi);


o uyda o‘qish (sinfdan tashqari o‘qish shakllarining bir turi bo‘lib, o‘quvchilar tavsiya etilgan yoki o‘zlari ixtiyor etgan matn-larni uyda o‘qiydilar. Bunday o‘qishning natijalari darsda yoki sinfdan tashqari vaqtlarda nazorat qilinadi. Uyda o‘qish uchun xrestomatiyalar, sinfdan tashqari o‘qish uchun o‘quv qo‘llanmalari tavsiya etiladi);


o tanqidiy o‘qish (kommunikativ o‘qishning bir turi bo‘lib, matn mazmunidagi qarashlar bilan o‘qirmanning shaxsiy qarash-lari, bilimi va hayotiy tajribalariga tayangan holda baholashi naz-arda tutiladi. O‘qishning bunday turi matnni to‘liq va aniq tush-unilishi asnosida amalga oshiriladi.


O‘qish malakasining yuqori darajada shakllanganligi, matn mazmunini, uslubi, til shakllarini tahlil qila bilish, o‘qilganlarni tanqidiy nazar bilan tahlil qila olish ko‘nikmalarining shakllangan-ligiga asoslanadi. Tanqidiy o‘qish filolog talabalarning adabiyots-hunoslik va matnshunoslik darslaridaga amaliy faoliyati hisobla-nadi);


o lug‘at bilan o‘qish (begona tilda yaratilgan matnlarni lug‘atlar yordamida o‘qish);

o filologik o‘qish (filologik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurt-lari talabalarining filologik yo‘nalishdagi bilimlarni o‘zlashtirish maqsadida amalga oshiriladigan o‘qishlari);





  1. ekstensiv o‘qish (ta’limiy o‘qishning bir turi bo‘lib (lotincha extensivus – kengaytirilgan, yoyilgan ma’nolarini anglatadi), ma’lum yo‘nalishdagi hajman katta matnlarni umumiy mazmunini ilg‘ab olish maqsadida amalga oshiriladi. O‘qirmanning diqqati matnning shakliga emas, mazmuniga qaratiladi, ya’ni sintez analizdan ustuvorlik qiladi. Ekstensiv o‘qishda mazmunningmohiyatiga chuqur kirib uni o‘zlashtirib olish emas, balki uni umumiy tarzda ilg‘ab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘qish turi ham o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlari va sinfda o‘qituvchi bilan birgalikda muhokama qilish uchun tavsiya etiladi. Shu maqsad asosida o‘qilgan asarning muhokamasi, u bilan bog‘liq yozma ishlar uyushtiriladi va bir qator turlari mavjud148.

Bundan tashqari, ta’lim amaliyotida, o‘qitish tizimining qaysi bosqichida bo‘lishidan qat’i nazar o‘qish jarayoniga u yoki bu da-rajada daxldor bo‘lgan darsdan tashqari ishlar ham mavjud:


– ayrim yozuvchi va shoirlar, olimlar bilan uchrashuvlarga bag‘ishlangan adabiy kechalar, bayram tadbirlari va hk.lardir. Bunday tadbirlar: ommaviy tartibdagi ishlar: kitoblar ko‘rgazmasi; san’at asarlari ko‘rgazmasi, fotolavhalar, til bayramlari, til oyligi va h.k;


– ommaviy tanlovlar: ifodali o‘qish, viktorinalar (topqirlar bahsi), chaynvord, boshqotirmalar ko‘rgazmasi.


– ommaviy tadbirlar: karnaval, festival, forum, xalq sayillari, ommaviy sayohatlar, madaniy yurishlar, ziyoratlar, hasharlar, xalq o‘yinlari.


– guruhiy tadbirlar: to‘garaklar, klublar, folklorchilar jami-yati, jurnalistlar jamiyati, tarjimonlar to‘garagi, o‘lkashunoslar uyushmasi. Yakka tartibdagi tadbirlar: fan olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar, sust o‘zlashtiradigan o‘quvchilar bilan ishlash149 va hk.


Bularga qo‘shimcha ravishda devoriy gazetalar chop etish, ertaklar olamiga sayohat, badiiy asarlarni sahnalashtirish, og‘zaki jurnal, intermediya, latifachilik, filmlar muhokamasi, «O‘yla, izla, top» o‘yinlari150 ham o‘quvchilarning kitob o‘qishlariga ma’lum darajada turtki beradigan tadbirlardir.


O‘quvchilarga darsdan tashqari o‘qish uchun tavsiya etiladi-gan asarlarning hajmi haqida adabiyot o‘qitish metodikasida turlicha fikrlar bor. L. A. Sheymanning tavsiyasiga ko‘ra, II – IV sin-flarda 5 – 20 bet (II sinfda 5 – 10, III sinfda 10 – 15, IV sinfda 15


– 20); V – VII sinflarda 20 – 70 bet (V sinfda 20 – 30, VI sinfda 30


– 45, VII sinfda 45 – 70); VIII – X sinflarda 70 – 150 (VIII sinfda 70 – 90, IX sinfda 90 – 120)151. Muallifning e’tirof etishicha, bular me’yoriy ko‘rsatkichlar emas, balki chamalardir. Umuman, uyda kamida bir soat mobaynida biror kitobni o‘qish inson ma’naviy ka-molotida muhim ahamiyat kasb etadi. Uzluksizlik har kuni o‘qish orqali ta’minlanadi. Shu­ningdek, masalaning boshqa qirrasi ham bor: hajmi kattaroq parchalarning dastlabkisida so‘z o‘rganishga e’tibor ko‘proq qaratilsa, ke­yingilarida takror ishlatilish xususi-yatiga ko‘ra avvalgi leksika jadal o‘zlashadi, notanish so‘zlar esa kamayib boradi. Natijada asta-sekin matnlar ham hajman kattala-shadi. Albatta, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari mutolaa qiladigan o‘quv fanlari ko‘p. Biz­ningcha, haftada 2 – 3 kun bir soatdan o‘qish bilan shug‘ullanilsa, shuning o‘zi kifoya qiladi. Bunda dastlab asarni o‘qib, lug‘atdan foydalanib mazmunini tushunishga erishish bilan bog‘liq ishlar bajariladi. So‘ngra savol va topshiriqlar ustida ish olib boriladi. «Siz darsliklardan hayot va uning qonuniyatlari haqidagi bilimlar bilan tanishasiz, ularni aql kuchi bilan qabul qilasiz, xotiringizda qayd etasiz. Ammo bu bilim va xulosalar hissiyotingizga zarracha ta’sir ko‘rsatmaydi.




Badiiy asarni o‘qiganda sizdagi bu «loqaydlik» faol munosa-batga almashinadi. Qalbingiz cheksiz shodliklarga chulg‘anadi – ruhlanasiz, g‘azablanasiz, iztirob chekasiz. Chunki u qalb dardi tufayli yaratgan, dard esa suhbatdoshni befarq qoldirmaydi.»


«Ilmiy asarlar g‘aflat va jaholatdan qutqarsa, badiiy asar-lar dag‘alllik va razolatdan xolos etadi. Unisi ham, bunisi ham kishilarning­ ma’rifatli, baxt-saodatli bo‘lishi uchun bab-baravar foydali va zarurdir».

«Badiiy asarni o‘qish o‘zicha hali hech narsani anglatmaydi. Eng muhimi, nimani o‘qish va o‘qiganni qanday tushunishdir. Dem ak, kitobxonlik – o‘qilgan kitoblar soni bilan belgilanmaydi, bal-ki u tushunib o‘qish, ya’ni maqsadli o‘qishdir»154, – deydi metodist S. Matjonov.


Insonning ma’naviy to‘kislik sari intilishi – tabiiy jarayon. Shu tabiiy taraqqiyotga tayangan holda fuqarolari erkinligini ta’minlash, xalqining ham moddiy, ham ma’naviy to‘kisligiga erishish har qan­day mamlakatning kuchli bo‘lishi garovidir. Shu ma’noda, mamlakat ta’lim-tarbiya tizimida ham pedagogik tafak-kur sharoiti yangilandi, o‘z qarashiga ega bo‘lgan, e’tiqodi sog‘lom fuqaroni shakl­lantirish yo‘lida ish olib borilmoqda. Ya’ni inson ma’naviyatining sog‘lomlashuviga, uning yaxshi sifatlar bilan to‘yinishiga birlamchi yumush sifatida yondashish ustuvor ahami-yat kasb eta boshladi.


O‘quv-tarbiya amaliyotida ham, garchi juda sekin bo‘lsa-da, o‘zgarishlar sodir bo‘layotir. Ta’lim kechimi insoniylashdi, maz-muni insonparvarlashdi. O‘qitish jarayoni oliy maktabga kiruvchi abituriyent yoki bo‘lajak mutaxassis tayyorlashdan barkamol shaxs shakllantirishdek, sog‘lom ma’naviyatli odamni tarbiyalashday keng qamrovli maqsadga yo‘naltirildi. Tarbiyalanuvchilar o‘zgalar tomonidan o‘qitilishi kerak bo‘lgan ta’lim obyektidan o‘qitish va tarbiyalash kechimida o‘zi bevosita faol ishtirok etadigan subyekt darajasiga ko‘tarilmoqda. Ya’ni tarbiyalanuvchi xuddi o‘qituvchi singari dars jarayonining ijrochisiga aylanib bormoqda.


Ma’lumki, ma’naviy barkamollik insonda qaror topgan ijti-moiy tafakkurga tayanadi. Har bir insonning ijtimoiylashuvi, jami-yatga aralashuvi, birinchi navbatda, oila bag‘rida, uyda yuz beradi. Bu jarayonning badiiy asarlar ko‘magida olib borilishi juda ko‘p va xo‘p samara beradi. Chunki badiiy asar kishining tafakkuri bilan birga sezimlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Tafakkur yordamida bilib olingan tushuncha va haqiqatlar tuyg‘ular yordamida shaxsning ta-biatiga singdirilib, e’tiqodga evrilishi mumkin. Shuning uchun ham har bir shaxsning ijtimoiylashuvida badiiy adabiyot hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.


Xalqning fikrini uyg‘otish, ko‘zini ochish, atrof olam, jamiyat va o‘zi to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishdan tashqari, ommani faoliyatga undash, harakatga da’vat etish kabi ijtimoiy-siyosiy funksiyalarning­ barchasini­ adabiyot amalga oshirishi mumkin. Hamma zamonlardah am badiiy asarda ijtimoiy munosabatlar, turmush muammolari, ro‘zg‘oriy yumushlar ham aks ettiriladi. Negaki, odam ijtimoiy mohiyatga ega va ijtimoiylashgandagina o‘zini namoyon eta oladi-gan yaratiq sifatida shunday munosabatlar qurshovida bo‘lishga, binobarin, adabiyot ham insonni shunday muammo-munosabatlar og‘ushida tasvirlashga mahkum. Har qanday katta-kichik hayotiy muammoga inson ko‘ngil holatini anglatish, uning ruhiyati tovlan-ishlarini tasvirlash vositasi sifatida qaralsa, adabiyotning asl tabiatini anglash mumkin bo‘ladi.


Keyingi paytlarda ziyolilar orasida «yoshlar kitob o‘qimay qo‘ydi» degan fikr hukumronlik qilib qoldi. Buning o‘ziga yarasha asoslari ham bor, albatta. Ya’ni bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzumdan ikkinchisiga o‘tish asnosida nafaqat mamlakat siyosiy-ijtimoiy hayotida, balki fuqarolar ma’naviyatida ham keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Mustaqil ong, yangicha tafakkur tizimi shakllanib ulgurmay jamiyat ahli ruhiyatida ma’lum bo‘shliq yuzaga kelib qoldi. Qolaversa, mamlakatda imloning o‘zgarishi ham bu jarayonga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Shu sabab millat ma’naviy taraqqiyotida­ kamida o‘n yillarga kechikish sodir bo‘ldi. Yana shuni ham tan olish kerakki, kechagi jamiyatda ham hamma kitob o‘qiyvermagan. O‘qiydigan oilalarda, garchi ular kam bo‘lsa-da, hamisha o‘qilgan, o‘qilyapti, o‘qiladi.


Bolalarni ko‘rkam asar o‘qishga qiziqtirish, badiiy so‘zni tu­ yish, undan ta’sirlanish va zavq ola bilishga yo‘naltirish ularning ko‘ngillarini injalashtiradi, tabiatini tozalaydi. Ko‘pchilik ota-onalar, ta’lim-tarbiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, hatto millat ziyolilari yosh avlodda badiiy kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni saqlab qolish va uni yana-da rivojlantirish yo‘lida qayg‘urmoqda.


Badiiy asar qog‘oz-kitob ko‘rinishida bo‘ladimi, elektron shaklda­ o‘qiladimi, bundan qat’i nazar uning beradigan ma’naviy ozuqasi o‘zgarmaydi. Ayonki, kichik yoshdagi har qanday bolaning ruhiyatida­ ertak eshitishga moyillik bor. Sog‘lom fikrli ota-onaning bolasi kelajagi uchun qayg‘urib Eynshteynning: «Bolangiz yaxshi odam bo‘lishini istasangiz kitob o‘qib bering. Bolangiz yana-da yaxshiroq odam bo‘lishini istasangiz, yana-da ko‘proq kitob o‘qib bering», – degan maslahatiga amal qilgan holda har kuni uxlash-dan oldin unga ertak o‘qib berishi bolada kitobga muhabbat hissini uyg‘otishdagi dastlabki qadami bo‘ladi.Xullas, yosh avlod ma’naviy takomilini ta’minlashda kitob-dan oqilona foydalanish, buni to‘g‘ri tashkil eta bilish esa oilada ota-onaning, ta’lim muassasalarida tarbiyachi va o‘qituvchilarning burchidir.





Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling