Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


ADABIYOT O‘QITISH METODIKASI KURSINING MAZMUNI VA QURILISHI


Download 1.11 Mb.
bet9/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

ADABIYOT O‘QITISH METODIKASI KURSINING MAZMUNI VA QURILISHI


Reja:

  1. «Adabiy ta’lim konsepsiyasi»dagi yetakchi g‘oyalar.

  2. Davlat ta’lim standarti va undagi talablar.

  3. Dastur va darsliklar haqida.

  4. Adabiyot» darsliklarining mazmunini belgilash tamoyillari.

  5. «Adabiyot» darsliklariga qo‘yilgan talablar.

Mustaqillikning ilk davrida, milliy tarbiyashunoslikni yangi-lashga qaratilgan, pedagogika ilmi va amaliyotida shu vaqtga qa-dar mavjud bo‘lmagan rasmiy pedagogik hujjat – fanlar bo‘yicha ta’lim konsepsiyalari yaratildi. Shular qatorida «Adabiy ta’lim kon-sepsiyasi» ham ishlab chiqilib, unda yangilangan pedagogik tafak-kur sharoitida adabiyot o‘qitishning maqsad va vazifalari belgilab berildi21. Maqsad va vazifalarning yangilanishi adabiy ta’limning mazmuni hamda o‘qitish usullarini ham o‘zgartirishni taqozo qildi.


«Adabiy ta’lim konsepsiyasi»dagi yetakchi g‘oyalar asosi-da adabiyot o‘qitish bo‘yicha «Davlat ta’lim standarti» yaratilib, unda turli sinflarning dastur va darsliklarida ko‘zda tutilishi hamda o‘quvchilar o‘zlashtirishlari shart deb belgilangan bilim, ko‘nikma, malakalar va ma’naviy sifatlarning minimal ko‘rsatkichlari ham o‘z ifodasini topti22. DTSning minimal talablar qismi ta’lim ja-rayonida qatnashayotgan sog‘lom bola erishishi shart bo‘lgan marra hisoblanib, u davlat tomonidan muayyan bosqichni bitira­ yotgan o‘quvchiga qo‘yiladigan talabni anglatadi. «Adabiy ta’lim standarti»da belgilangan mezonlarga tayanib yangidan tuzilgan «Adabiyot» dasturida maktabda adabiyot o‘qitishning maqsadi yo‘lida soha mutaxassislari tomonidan o‘quvchi o‘zlashtirishi lozim deb topilgan bilimlar tizimi aks etdi23.


«Adabiy ta’lim konsepsiyasi»da aytilishicha, dasturda

o‘quvchilarga berilishi ko‘zda tutilgan bilimlar hajmi, albatta, davl at ta’lim standartidagi minimal talablardan yuqori bo‘ladi. Negaki, DTSning minimal talablarini hamma o‘zlashtirishi shart bo‘lgani holda dasturda taqdim etilgan bilimlarni barcha o‘quvchilar to‘la bilishga majbur emaslar. Ma’lum o‘quv fani bo‘yicha dastur ta-lablarini o‘zlashtirish har bir o‘quvchining qiziqishi, qobiliyati, iqtidori, ehtiyoji va intellektual imkoniyatlariga bog‘liqdir.


Ta’lim standartlari davlat ahamiyatiga molik pedagogik hujjat sanalib, uzoq muddatga mo‘ljallanib tuziladi va hukumat tomoni-dan tasdiqlanadi. Dastur esa DTS talablari asosida yaratilib, ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Ma’lum muddat o‘tib, barcha o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari DTSning minimal talablaridan yuqorilab ketganda, ya’ni o‘quvchilarning ko‘pchilik qismi dastur talabiga javob bera oladigan darajaga yetganda, ta’lim standarti talablarini ko‘tarish va millat a’zolari saviyasi, bilim-donligi darajasi o‘lchovini yuksaltirish maqsadida DTSlar qayta ishlanib, takomillashtiriladi. DTSga muvofiq ravishda o‘quv das-turlari talabi ham yuqorilab boradi. Adabiy ta’lim standartining minimal talablari dasturlarda aks etgan bilim, ko‘nikma, malaka va ma’naviy sifatlarning ma’lum miqdorini qamrab oladi. DTSning minimal talablari ta’lim tizimida o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham, ota-ona ham ko‘nikib qolgan besh balli baholar tizimiga solin-ganda – «o‘rta»ni tashkil etadi. Standart talabini bajargan o‘quvchi o‘rtacha o‘quvchi hisoblanadi.


Ma’lumki, inson tafakkuri yordamida ko‘zi bilan ko‘rganlaridan ko‘proq narsalarni bilib oladi. Faqat ko‘rgazmaga tayangan ta’limda esa o‘quvchidan qancha ko‘rgan bo‘lsa shuncha bilish talab qili-nadi. Bu hol o‘quvchining bilimini chegaralab, toraytirib qo‘yadi. Ta’limni yengillatish tarbiyaviy tamoyillarga hamisha ham to‘g‘ri kelavermasligi, afsuski, ancha kech payqaldi. Ta’lim-tarbiya ja-rayonini haddan ortiq yengillatish katta bolaga ovqatni chaynab berishga o‘xshaydi. Holbuki, bolaning to‘g‘ri o‘sishi uchun uning o‘zini ovqat yeyishga o‘rgatish muhimroq.


Ta’lim tizimida ham u yoki bu bilimlarni o‘quvchi miyasiga «quyib» qo‘ygandan ko‘ra uni mustaqil fikrlab, mulohaza yuritib, mehnat qilib o‘zlashtirishiga yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy muhit tufayli bola umrining har bir kunida uning fe’lida tabiatan mavjud bo‘lgan sifatlarga hamohang yangi axloqiy sifat-lar paydo bo‘ladi. Bugungi ta’lim-tarbiya jarayonida ham qiyin


va chigal masalani hal etishda o‘quvchini o‘z imkoniyatlaridan foydalanishga intilish foydalidir. Agar shakllanayotgan shaxsda biror fazilatni tarbiyalash lozim deb topilsa, unga shu fazilat bi-lan bog‘liq nasihatlarni o‘qimay, avval o‘sha ma’naviy sifatning mohiyati va zarurati haqida ma’lumotlar to‘plashni talab qilish, so‘ng uning bu yo‘ldagi harakatiga yo‘nalish berish o‘rinli bo‘ladi. Ana shunda shakllantirilishi istalgan fazilat bolaning o‘zi tomoni-dan mehnat-mashaqqat bilan o‘zlashtirilib, xotirasiga emas, tabi-atiga o‘rnashib qoladi. O‘qituvchilarga ta’lim-tarbiya jarayonining har bosqichida hikoya, suhbat, ma’ruzalar qildirish, muammoli mashqlar bajartirish, mehnat topshiriqlari, ta’lim beruvchi o‘yinlar, o‘quv-munozaralari, ta’lim jarayonidagi rag‘batlantirish va tanbeh berish, o‘quv materialini muammoli tarzda o‘rgatish, muammoli suhbat, tadqiqotlar, induktiv va deduktiv muhokamalar, kitob bi-lan mustaqil ishlash, ta’limda zamonaviy mashinalardan foydala­ nish, dasturlashtirilgan ta’lim, og‘zaki so‘rov, yozma ishlar, ijod, mustaqil nazorat ishlari singari usullar juda foydali. Lekin bu-gungi pedagogika nafaqat yetuk, bilimli mutaxassis, balki sog‘lom ma’naviyatli shaxs, barkamol inson shakllantirishni talab qilmoq­ da. Buning uchun o‘qituvchilarga barkamol shaxsni tarbiyalash yo‘llarini o‘rgatish, ularni shunday maqsad uchun zarur bo‘lgan metodik qo‘llanmalar, pedagogik ashyolar bilan qurollantirish zarur.





Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling