Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Adabiyot darslarida mustaqil fikrlashga o‘rgatishning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 1.11 Mb.
bet13/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

Adabiyot darslarida mustaqil fikrlashga o‘rgatishning o‘ziga xos xususiyatlari. Ma’naviy-ma’rifiy buloqlarimiz hisob­ langan Qur’oni Karim va muborak Hadislarda ham, Imom al-Buxoriy, Imom Termiziy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy va boshqa allomalarning qarashlarida ham odam ma’naviy kamolotini ta’minlashga doir fikrlar­ ustuvorlik qiladi.

Mustaqillik davrida adabiyot o‘qitish metodikasi sohasida tadqiqot olib borgan Q. Yo‘ldoshev, S. Matjonov va M. Mirqosi-mova singari olimlarning ilmiy ishlarida o‘quvchi tafakkuri mus-taqilligi masalasiga ma’lum darajada e’tibor qaratilgan.


Maktab davrida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda adabiy ta’lim o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ma’lumki, boshqa o‘quv fanlari bo‘yicha o‘tiladigan darslardagi izlanishlar natijasida o‘quvchilar avvaldan ayon bo‘lgan yagona xulosaga kelishadi. Masalan: to‘qqiz karra to‘qqiz dunyoning hamma burchagida, qaysi tilda, qanday yo‘llar bilan yechilishidan qat’i nazar, natija, to‘g‘ri javob bitta – sakson bir. Bu mutaxassis-lar tomonidan qat’iy belgilab qo‘yilgan haqiqat-xulosa. Yoki ona tili darslarida «kim?», «nima?» so‘roqlariga javob bo‘ladigan so‘z turkumi hamisha ot deyilishi qabul qilingan. O‘quvchilar gapning morfologik tahlili jarayonida qanday misol berilishidan qat’i nazar, bu so‘roqlarga javob bergan so‘zlarni ot ekanligini aniqlaydilar. Bu ham avvaldan aniqlab qo‘yilgan yagona haqiqat. Ammo adabiy



ta’limning o‘ziga xosligi shundaki, unda har bir o‘quvchi o‘z oldi-ga qo‘yilgan muammoni tegishli maqsad va vazifalarini belgilagan holda bilimi, hayotiy tajribasiga tayanib turli yo‘l, usul, vositalar yordamida mustaqil ravishda hal qilib, faqat o‘zining badiiy haqi­ qatini chiqarishi mumkin.


O‘rganilayotgan badiiy matn, undagi qahramonlar, tasvir-langan biror hodisa yoki vaziyat borasida har bir o‘quvchining asar va darslik muallifinikidan farq qiluvchi o‘z xulosasi bo‘lishi mumkin va bu mantiqqa zid bo‘lmaydi. Masalan: «Kumushbib-ining halokatida kimni aybdor deb hisoblaysiz?» degan savol o‘rtaga tashlanganda unga har bir o‘quvchining o‘z javobi bo‘ladi. O‘quvchilardan biri Otabekni, ikkinchisi Zaynabni, uchinchisi ota-onalarni, yana biri davrni, kimdir Kumushbibining o‘zini ayblaydi. Har kim nima uchun shunday xulosaga kelganini matndan dalillar keltirgan holda yoki hayotiy xulosalari bilan asoslaydi va bu har bir o‘quvchining o‘z fikri, xulosasi, aytish joiz bo‘lsa, o‘z haqiqati hisoblanadi. Bugungi adabiy ta’limda bir paytlar chiqarilgan yalpi xulosa – Kumushbibining halokatida faqat va faqat Zaynabni ayb-dor hisoblash mumkin emas. Bunga bugungi o‘quvchilarning bar-chasini birday ishontirib ham bo‘lmaydi va agar shunga harakat qilinsa, tarbiyalanuvchilarning­ ma’naviyatiga zug‘um o‘tkazilgan bo‘lardi.


Adabiyot o‘qitish metodikasi ilmida adabiy qahramonning shaxs sifatidagi o‘ziga xos ruhiy olami va axloqiy sifatlarini anglash o‘quvchi oldiga qo‘yilgan muhim didaktik talablardan hisoblanadi. Ma’lumki, har qanday bilimni o‘zlashtirish ma’lum darajada fikriy zo‘riqish asosida kechadi. Darsda asar ustida ishlash mobaynida adabiy qahramon shaxsi va hayoti tahlili asnosida o‘quvchining o‘zi ham hayotga faol kirib boradi. O‘zgalarni o‘rganish orqali o‘z shaxsiyatiga xos sifatlarni shakllantiradi. Asar qahramonlariga munosabatiga qarab, o‘quvchi shaxsini belgilash mumkinligi ham haqiqatdan yiroq emas.


Bolaning qiziquvchanligi, bilishga intilishi so‘nmagan davrida undagi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib uning shaxsi-yatida ijobiy fazilatlar shakllantirishga, mustaqil fikr egasini tarbi-yalashga erishish maktab ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy vazi-fasidir. «Agar bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatmoqchi bo‘lsak, eng avvalo, ularni ertaklar to‘qishga, sarguzashtlar tuzishga undash kerak. Fikrni faqat yangi, avval uchramagan, tortishuvlarga sabab bo‘ladigan masalalarga sarflash lozim. Zerikish – fikrning dushmani»32, – degan edi italiyalik ertakchi adib J. Rodari.


Ko‘pincha, ta’lim amaliyotida o‘quvchiga tayyor bilimlarni «yig‘ib oluvchi»lik roli topshiriladi. Ta’limning bunday bir yoqla-ma tashkil etilishi xotiraning mexanik faoliyatiga tayangan bo‘lib unda tuyg‘ular, fikrlar ishtirok etmaydi, binobarin, bunday ta’lim o‘quvchini faol ijodiy ishlashga o‘rgatmaydi.


Inson psixologiyasi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlardan ma’lumki, o‘quvchi bir narsani ikki marta eshitishni xushlamay-di. Vaholanki, ta’lim tizimida, hatto, bugun ham o‘quvchi bitta ma’lumotga kamida to‘rt marta – o‘quv materiali yangi mavzu sifa-tida tushuntirilganda, u mustahkamlanganda, uy vazifasini bajarish mobaynida va keyingi darsda javob berish jarayonida to‘qnashadi. Hamma darslarning uy vazifasini so‘rash, yangi mavzu bayoni, uni mustahkamlash va uyga topshiriq berish tarzida bir xil tizimda olib borilishi boladagi qiziquvchanlikni susaytirib, ta’lim-tarbiya jarayonini zerikarli qilib qo‘yadi. Darslar o‘quvchining qiziqish va istaklariga muvofiq tashkil qilingandagina samarali bo‘ladi.


O‘qituvchi o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish maqsa-dida tashkil qilingan adabiyot darslarida ularga ma’lum vaqt chida bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriq beradi. Masalan, 8-sinfda Ali­ sher Navoiy va Nodiraning umrbayoni hamda g‘azallari o‘rganilib, o‘quvchilar shoirlar uslubini bir qadar farqlaydigan bo‘lganlaridan so‘ng, ularga o‘rganilgan g‘azallar ichidan ikkitasi maqta’si olib qo‘yilgan holda taqdim etiladi. O‘quvchilardan ularning qay biri Navoiy qalamiga, qaysinisi Nodira ijodiga mansub ekanini aniq­ lash talab qilinadi. Topshiriqni to‘g‘ri bajarish uchun o‘quvchi asarning mazmuni, uslubi va unga singdirilgan muallif shaxsiyati-ga xos jihatlarga asoslanishi kerak bo‘ladi. Bu topshiriqni o‘z mud-datida bajarish uchun o‘quvchi vaqtini to‘g‘ri taqsimlashi va qi­ ladigan ishlarini puxta rejalashtirishi talab etiladi. Shuning o‘ziyoq o‘quvchini mustaqil o‘ylashga majbur qiladi. Har ikkala g‘azalni o‘qib, adabiy qahramon hissiyotini tuyib shu asosda muallifini aniqlash­ o‘quvchini ilmiy haqiqatni topishga intiladigan tadqiqot-chi holatiga soladi.





O‘smir o‘quvchilar oldiga har xil adabiy timsollarni mus-taqil taqqoslash talabini qo‘yish ularda qat’iy qaror qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi. O‘quvchida bunday ko‘nikmani hosil qilish uchun, avvalo, uni konkret shaxs yoki hodisani kuzatish, taqqoslab o‘xshash va farqli tomonlarini ko‘ra bilish, umumiy va xususiy jihatlarni, ikkinchi darajali narsalarni ajrata bilishga yo‘naltirish talab qilinadi.

Adabiy ta’lim jarayonida taqqoslash – tafakkurning oddiy, shu bilan birga favqulodda ahamiyatli turi hisoblanadi. U muayyan umumiylikka ega bo‘lgan har xil hodisalarni qiyoslashdan yuzaga keladi. Umumiy belgilarga ega bo‘lgan predmetlar solishtirilganda ularning farqli tomonlari ham ko‘rinadi. Ikki yoki bir nechta tim-sol tabiatidagi o‘xshash va farqli tomonlarni aniqlash uchun inson fikran ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratadi, belgilarini aniq­ laydi (analiz qiladi) va ularni taqqoslagan holda umumiy tomonla-rini tayin etadi (sintez qiladi).


9-sinfda Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» asari qah-ramonlari Kumushbibi va Zaynab timsollarini o‘zaro taqqos-lash mumkin. Bunday vaziyatlarda o‘qituvchidan quyidagicha yo‘naltiruvchi savol-topshiriqlar tuzish talab qilinadi: «Kumush-bibi bilan Zaynabning qanday o‘xshash jihatlari bor? Kumush ta-biatidagi fazilatlarning ildizini matndan topib, izohlang. Zaynabda o‘z baxti uchun kurashish fikri qanday tug‘ilgani haqida o‘ylab ko‘ring. U kurashning boshqacharoq yo‘lini topishi mumkinmidi? Nega topolmadi? Zaynabga nisbatan ko‘nglingizda qanday tuyg‘u paydo bo‘ldi? Achinishmi, nafratmi, rahm-shafqatmi? Buning sa-babini toping» va hk.


Adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchi tafakkuri mustaqilligiga erishish uchun o‘qituvchidan o‘quvchilarni darslikda berilgan tushuncha-yu xulosalarning to‘g‘riligini tekshirish va dalillashga, bu yo‘lda eng qulay usul va metodlardan foydalanishga, har bir narsa-hodisa yuzasidan mustaqil fikr yuritishga, vaziyatga ijodiy yondashishga, birovlarga, hattoki o‘qituvchisiga ham, yoqish-yoq-masligidan qat’i nazar, o‘z fikrini aytishga o‘rgatish talab qilinadi. Muallim tarbiyalanuvchilarni mantiqiy fikr yuritish usullari bilan tanishtirib borishi; qolipda fikrlashga yo‘l qo‘ymasligi, nafaqat darslik mualliflari, balki o‘rtoqlarining fikr-mulohazalarini takror-lamaslikka, ijodiy izlanishga yetaklashi; o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olib, ularning aqliy imkoniyatlarini ish-ga sola bilishi; har bir o‘quvchi oldiga o‘ziga xos muammo qo‘ya olishi va uni yechishga yo‘naltirishi; uchraydigan qiyinchiliklarni yengishga odatlantirishi zarur.


O‘quv topshiriqlarining noto‘g‘ri qo‘yilishi, o‘quvchilardan erkin mulohaza yuritishni izchil ravishda talab etmaslik va mus-taqil fikrlash qobiliyati qanchalik rivojlanganiga e’tibor bermaslik adabiyot darslarida fikr yuritish faoliyati mustaqilligini rivojlanti-rishga to‘siq bo‘ladigan asosiy sabablardir. O‘quvchilardagi tan­ qidiy tafakkur va mulohazaning yetarli darajada taraqqiy etmagan-ligi, estetik did hamda madaniy saviyaning pastligi badiiy asar qimmatini yuzaki baholashga olib keladi. Asar to‘g‘risida chuqur fikr yuritmasdan turib unga baho berishga shoshilish hollari asl tur-mush bilan badiiy asar o‘rtasidagi farqni anglay olmaslikdan kelib chiqadi.


Bugungi adabiy ta’lim metodikasi o‘quvchining u yoki bu ba-diiy asarni o‘qib, tushunishining o‘zini yetarli emas deb hisoblay-di. O‘quvchi asarga yangicha yondasha bilishi ham kerak. Shunda uning mustaqil nuqtai nazari shakllanadi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bu fazilat o‘zgalarning tashqaridan bergan ko‘rsatmalari mahsuli emas, o‘spirinning shaxsiy fikri, mustaqil o‘ylashi va bir qarorga kelishining natijasi bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarining tortin-choq bo‘lishiga, fikrini ochiq aytmay, dilida saqlab qolishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.


Adabiyot darslarida o‘quvchini faqat o‘zi yaxshi bilgan, ko‘p va chuqur o‘ylagan narsalar haqida fikrlashga, yozishga undash maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘quvchi uchun o‘zi yaxshi bilmagan, o‘ylamagan mavzu haqida yozishdan azobliroq yumush yo‘q. Bunday topshiriq uning shaxsida yuzakilikni keltirib chiqaradi, ko‘chirmachilikka majbur qiladi. O‘quvchida bezovta, uyg‘oq qal-bni tarbiyalash uchun, avvalo, unda atrof-muhitga, tabiatga, hayvo-not va nabotot olamiga, insonga kuchli qiziqish uyg‘otish, har bir narsaning mohiyatiga kirishga yo‘naltirish lozim bo‘ladi.


O‘quvchining mehnati oson bo‘lishi kerak emasligi, ularni mustaqil bilim olish, ko‘nikma shakllantirish, malaka hosil qi­ lish, mehnatga qiziqtirish, o‘zida muayyan axloqiy sifatlarni qa-ror toptirishga odatlantirish zarurligi, bu esa qiyinchiliksiz amalga oshmasligi taniqli pedagoglar tomonidan ko‘p bor ta’kidlangan.


Faqat qiyinchiliklarning me’yorini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Toki, bu mehnat o‘quvchining yosh xususiyatlariga mos, o‘zlashtiriladigan bo‘lishi, uni bajarish huzur va zavq bag‘ishlashi lozim. Insonga nisbatan bo‘lgan talabchanlik uni kamolot sari ye­ taklashi va o‘zini rivojlantirishga undashi kerak.

O‘quvchilarda o‘z fikrini ifodalash ko‘nikmasini shakllan-tirishga boshlang‘ich sinflardan e’tibor berish lozim. Ma’lumki, boshlang‘ich sinf va kichik o‘smirlik davrida diktant yoki bayon yozishda yaxshigina natijalarga erishgan o‘quvchilar yuqori sinf­ larga borganda adabiy yoki erkin mavzularda ijodiy ishlar yozishga qiynalib qoladilar. O‘zgalarning fikrini juda chiroyli qilib takrorlab beradigan «savodli» o‘quvchilar ko‘pincha o‘z fikrlarini ifodalab berolmaydilar. Ular yo asar mazmunini qayta hikoya qiladilar yoki darslik mualliflari yoxud o‘qituvchining asar haqidagi fikr-larini takrorlaydilar. Ko‘pchilik o‘quvchilar maktabni o‘z fikr va qarashlaridagi originallik keraksiz ekaniga ishongan holda bitirib ketyaptilar. Shuning uchun ham fikrni ifodalash ishini fikr aytish-ga uyalmaydigan davrdan, ya’ni boshlang‘ich sinflardan boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Adabiyot darslarida badiiy asarlar bilan ishlash ijodkor-larning asarlari zamiriga singdirgan yuksak insoniy g‘oyalarni o‘quvchining ko‘ngil mulkiga aylantirishdir. Bu o‘quvchilar ularni faqat o‘qishi bilan emas, balki tom ma’noda uqishi, o‘rganishi va bilganlarini yozma yoki og‘zaki ravishda ifodalashi orqali amal-ga oshiriladi. Adabiyot darslarida asosiy ish asarni o‘qish, matn haqida o‘quvchilar bilan suhbatlashish, uni tahlil qilishdan iborat. Badiiy asarlar orqali o‘quvchining hayotga yaqin, qiziqarli masa-lalar bilan doim band bo‘lgan aqli o‘quv materialini o‘zlashtiradi. Kuzatishga, mantiqiy asoslar va xulosalarga o‘rgangan o‘quvchi asta-sekinlik bilan qachonlardir o‘zi uchun mavhum bo‘lgan fikr-larni ham ilg‘aydi, ularda ham qiziqarli narsalarni ko‘ra biladi.


O‘qilgan badiiy asarni o‘rtoqlari bilan birgalikda tahlil qi­ lish, asar matnidagi hayotiy muammolarga munosabat bildirish o‘quvchida tanqidiy nazarni shakllantiradi. Bu hol tarbiyalanuv­ chilarni biror ishga yuzaki yondashmaslikka, puxta o‘rganmay, asoslar topmay turib fikr aytmaslikka o‘rgatadi. Aslida tanqid to‘plangan qator ma’lumotlar asosida tahliliy muhokama qilishdir. O‘quvchini shunday belgilarni qidirishga va ularni tahlil qilishgao‘rgatish uni jiddiy fikrlashga, ehtiyotkorlik bilan mulohaza yuri­ tishga moyil qiladi.


Adabiyot darslarida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda ular bilan asar haqida suhbatlashish, ularni asar matni-dan javob izlashga majbur etadigan savollar berish, bu savollar yor-damida o‘quvchini asar mohiyatiga olib kirish, undagi tasvir haqi-da ongli ravishda, to‘la ishonch bilan ma’lum xulosalarga kelishga ko‘maklashish juda muhim. Badiiy asar tahlili jarayonida asarning mazmun va shakli orasidagi aloqani nazardan qochirmaslik, unda aks etgan shaxs bilan jamiyat orasidagi munosabatga e’tibor qara­ tish darsning samaradorligini ta’minlaydi.


Badiiy asarni to‘laqonli o‘zlashtirish tuyish va fikrlashning birligi orqali amalga oshadi. O‘zlashtirish uchun esa fikrlash lozim. Har qanday asar zamirida uning tahliliga asos bo‘ladigan jihatlar ifodalangan bo‘ladi. Hamma gap tahlil jarayonida hayotiy va ba-diiy mantiq asosida mana shu jihatni ilg‘ay olishdadir. Masalan, 7-sinf «Adabiyot» darsligida «Ravshan» dostonidan parcha beril-gan. Darslikda «O‘zbek xalqining go‘zal qiz to‘g‘risidagi tasav-vurlariga o‘z munosabatingizni bildiring» degan topshiriq bor. O‘quvchi bu topshiriqni bajarish uchun doston matniga qayta-qayta murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Darslikda berilgan par-chada (22-bet) Zulxumorning go‘zalligi ta’rifi: «Ravshanbek qa-rasa, Zulxumorning kamoli, oyday jamoli, oq yuzida xoli, yangi to‘lgan oyday ikki qoshi hiloli. Ravshanbek zehnini qo‘yib qarasa, yasangan hurday, tishlari durday, ko‘zlari yulduzday, qoshlari qunduzday, lablari qirmizday, og‘izlari o‘ymoqday, lablari qay-moqday, ikki yuzi oyday, tarlon-qarchig‘ay uchadigan qushday, muhrlangan qog‘ozday yalt-yult etib o‘tiribdi. Zulxumoroyning bu yog‘ida to‘qson besh, bu yog‘ida to‘qson besh – o‘n kam ikki yuz kokili bor, bir yog‘ini tilla suvga botirgan, bir yog‘ini kumush suv­ ga botirgan, tong shamolida qotirgan. Jamoli chillaning qoriday tingjirab, yaltirab o‘tiri...» tarzida keltirilgan. O‘quvchi Zulxumor-ning ta’rifini o‘z so‘zlari bilan ifodalash uchun matndan mana shu bo‘lakni qayta o‘qishi va o‘zlashtirishi, uning mohiyatiga kirishi kerak. Asar ustida ishlashning keyingi bosqichlarida mana shu qism va unsurlarning o‘zaro aloqasi chuqurroq anglab yetiladi.


Adabiyot darslarida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash asosida bilim olishlarini ta’minlashda ta’lim maqsadini to‘g‘ri belgilash


muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyot metodikasi ilmi har bir ada­ biyot darsi oldiga tarbiyaviy, ta’limiy, yo‘naltiruvchi va rivojlan-tiruvchi singari maqsadlar qo‘yilishi lozimligini ko‘zda tutadi. Bu xil maqsadlar to‘g‘ri belgilab olinsa, dars jarayoni shu asosda tash-kil etilsa, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlari uchun ulkan im-koniyatlar paydo bo‘ladi. Afsuski, dars jarayonida o‘qituvchining diqqat markazida o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini ta’minlash emas, balki o‘z faoliyatini tashkillashtirish turadi.

Adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda dars shaklini aniqlab olish muhim ahamiyatga ega. Bunda o‘quv materialining mazmuni, hajmi, darsning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari va qiyinlik darajasini belgilash; materialning o‘quvchi hayotiy tajribasi, ilgari o‘zlashtirgan bilimi va aqliy-amaliy faoliyati bilan aloqasini o‘rnatish; o‘quvchining mustaqil ishlari va o‘quv topshiriqlari tizimini aniqlash; darsning jihozlarini, axborotlarning asosiy va qo‘shimcha manbalarini o‘rnatish ko‘zda tutiladi.


Adabiyot darslari sinfdagi o‘quvchilar bilan yalpi ishlash, ayni vaqtda har bir bolaning mustaqil faoliyatini birgalikda qo‘shib olib borish ko‘zda tutilgan holda, o‘qitishning jamoa, guruh yoki indi-vidual shakllarida tashkil etilishi mumkin. Bundan tashqari, adabi-yot darslarining maqsad va vazifalariga, mazmun va metodlariga mos keladigan tizim ham zarur.





Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling