Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Download 1.11 Mb.
bet16/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

Tadqiqot metodi. Ushbu metod o‘quv jarayonida bir muncha qiyin bo‘lgan nazariy yo‘nalishdagi masalalar ko‘tarilishini nazar-da tutadi. Bu metodda bilim olishning nisbatan yuqori bosqichida ta’limning samarali izlanish usullarini mustaqil ravishda qo‘llash talab qilinadi. Bunda o‘quvchilar dalil to‘plash va ularni nazariy tahlil qilish, tizimga solish, umumlashtirish va ilmiy xulosalar chiqarish kabi amaliy ishlarini bajaradilar. Tadqiqot metodining evristik metoddan farqi shundaki, «kashfiyot» avvaldan ajratilgan materiallar tahlil qilinib, faktik materiallar umumlashtirilganidan so‘ng, amaliy ish jarayonida sodir bo‘ladi. Bunda o‘quv-biluv faoliyatining to‘liq turkumini o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida o‘zlari bajaradilar. Ya’ni ma’lumot to‘plashdan tortib, uni tahlil qi­ lish va yangi bilimlarni amaliyotda qo‘llashgacha bo‘lgan ishlar­ ning barchasini o‘quvchilar o‘zlari mustaqil ravishda amalga oshi­ radilar.

O‘quvchilar tomonidan faktik material to‘plash tadqiqot meto-dining zaruriy qismidir. Mustaqil ravishda tajribalar o‘tkazish o‘quvchining bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. O‘qituvchi o‘quvchilar ixtiyoriga dalillarni topish, ularni taqqoslash, tizimga solish, umumlashtirishni topshirgani bilan uning muammolik da-rajasi kamaymaydi. Tadqiqot metodini qo‘llashda topshiriqlar­ ning o‘quvchilar tomonidan bajarilishi muhim hisoblanadi. Top-shiriqlarni bajarishda ularning biror bosqichi tushib qolsa, topshiriq o‘z tadqiqiyligini yo‘qotadi.O‘quvchilarning rivojlanganlik darajasi mustaqil ravishda tadqiqot ishlarini olib boradigan darajaga yetganda, ya’ni yuqori­ roq bosqichiga o‘tilganda tadqiqot metodidan foydalaniladi. Bunda o‘quv materiali evristik metoddagiday tuzilishi kerak bo‘ladi. Savol-lar, ko‘rsatmalar, topshiriqlar tartibi ham shunday bo‘ladi. Tadqiqot­ metodini qo‘llaganda savol-topshiriqlar bosqichning so‘ngida, o‘quvchilarning ko‘pchiligi muammoni hal qilib bo‘lgandan keyin qo‘yiladi. Bu kuchli o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan metod bo‘lib, muammolarni hal etishda o‘z-o‘zini nazorat qilish va tekshirish usuli sanaladi. Rivojlanishi nisbatan sustroq bo‘lgan o‘quvchilarga ularning o‘zlari darajasidagi topshiriqlar beriladi. Topshiriqlar har bir o‘quvchining individual imkoniyatlariga qarab taqsimlanadi. Tadqiqot metodidan nafaqat yangi asarni o‘rganish, balki uni mus-tahkamlash va badiiy tahlil bosqichida ham foydalanish mumkin.


O‘quvchining ijodiy imkoniyatlarini aniqlash uchun o‘quv ish-larining asosiy usullarini tahlilga tortilgan matnni o‘zlashtirish im-koniyatlari darajasiga qarab aniq belgilash zarur. Tadqiqot meto-dini qo‘llaganda ham o‘quvchi bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida­ foydalaniladigan tahlil, sabab-oqibat orasidagi aloqadorlikni bel-gilash, taqqoslash, birlashtirish, o‘z farazlarini keltirish, isbot-lash, rejalashtirish singari usullarni istifoda etish mumkin. Tahlil va sabab-oqibat orasidagi aloqadorlikni belgilash usuli adabiy ta’limda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ijodiy jarayonda, bilmaslikdan bilishga o‘tish yo‘lidagi qiyinchiliklarga yo‘liqqan o‘quvchilarning analiz-sintez faoliyatida ruhiy holatning ahamiyati ko‘zda tutilmog‘i zarur.





Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling