Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Download 1.11 Mb.
bet24/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

Sinergetika (yunoncha sunergeia hamkorlik, hamjihatlik)
– tizimlarning o‘z-o‘zini mustaqil tarzda tashkil etish nazariyasi,
o‘z-o‘zini boshqarish, nomuntazam hodisalarni o‘rganish, dun-yoviy hodisalarni yangicha izohlash, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy murakkab tizimli jarayonlarning tabiatini bilishga qaratilgan ilmiy yo‘nalish, tafakkur usulidir63.
Sinergetika, ya’ni hamkorlik ilmiy yo‘nalish sifatida XX asr­ ning 60 – 70-yillarida shakllangan. XXI asrda paydo bo‘lgan peda­ gogik sinergetikani esa ta’lim-tarbiya jarayonining subyektlari hamkorligini anglashga ko‘maklashadigan nazariy-amaliy yon-dashuv sifatida talqin etish o‘rinlidir.
Ma’lumki, XX asrning oxiri XXI asrning boshlariga kelib ta’lim jarayoni subyektlari faoliyatiga nisbatan yangicha yon-dashuvlar vujudga keldi. Bu yondashuvlarning ahamiyati shun-daki, shaxslararo munosabatlar o‘zaro hamkorlik jarayonida yan-gi sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi va kutilgan natijani beradi. Pedagogik hamkorlik ta’lim jarayoni subyektlari faoliyatida yan-gicha sifat o‘zgarishlarining shakllanishi va namoyon bo‘lishiga ko‘maklashadi. Pedagogik hamkorlikning muhim jihati shun-daki, u ta’lim jarayoni subyektlari faoliyatini muayyan tarzda uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.

Kuzatishlar ko‘rsatmoqdaki, nafaqat turg‘unlik, balki mus-taqillikning dastlabki yillarida yaratilgan pedagogikaga oid dars-lik va ilmiy manbalarda ham «pedagogik hamkorlik» tushunchasi bevosita muammo sifatida ko‘tarilmagan. Vaholanki, pedagogik hamkorlik va uni o‘qitish kechimida qo‘llash zamonaviy ta’limda hal etilishi zarur bo‘lgan muammolardandir. Maktab o‘qituvchilari pedagogik hamkorlik, uning dialektik tabiati, o‘ziga xos xususi-yatlari, samaradorligi, bunday hamkorlikni tashkil etish yo‘llari haqida yetarlicha tasavvur, bilim va tajribaga ega emaslar. Bular­ ning barchasi mazkur hodisani har tomonlama tadqiq etish ehtiyoji mavjudligidan dalolat beradi.


Hamkorlik masalasining pedagogika ilmida chuqur o‘rganilmaganligi sababi quyidagilardan iborat:



  1. pedagogik hamkorlik hodisasi milliy pedagogika va didak-tika uchun yangi fenomen ekanligi;

  2. ta’lim jarayonini subyekt-subyekt asosida tashkil etish ke-chagi jamiyatda shakllangan talablar maqsadiga monand emasligi;




  1. o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatida subyekt-obyekt munosa-batlari barqarorlashib qolganligi;




  1. ijtimoiy-siyosiy sabablarga ko‘ra soha mutaxassislarining e’tiborini jalb qilmaganligi;




  1. bu tushunchaning o‘qituvchi o‘rganib qolgan hokimlik faoli-yatiga mos tushmasligi;




  1. pedagogik faoliyatning tezkorligi, bilimlarni o‘zlashtirishda o‘quvchi erkinligining ustuvorligi va hk.lardir.

Pedagogik hamkorlik jarayon subyektlari uchun o‘zligini namo­yon qilish imkoniyatidirki, unda o‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘zaro hamkorligi: o‘quvchining erkinligi; ijodkorligi; bu jara­ yonda tartibsizlikning namoyon bo‘lishi singari jihatlarni yuzaga keltiradi.



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling