Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Download 1.11 Mb.
bet27/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

yoqlarni sog‘indim»ni qanday tushunish mumkin? «Yalangoyoq
lar» deganda kimlar nazarda tutilayotir deb o‘ylaysiz? O‘quvchilar«qo‘li qadoqlar» deganda kimlar nazarda tutilayotganini bilarmikinlar? Shoir ularning nimasini sog‘ingan? «Suv bo‘yiga chordona qurgan Momoqaymoqlar»ni o‘quvchilar qanday tasavvur qilisharkin? Bu tasvirda shoirning qanday sifati namoyon bo‘lgan?»
singari masalalar ustida ishlash hamkorlarni mustaqil fikrlashga,
munosabat bildirish va xulosalar chiqarishga, ayni zamonda odamni kashf qilish, shu asnoda o‘zligini anglashga o‘rgatadi.So‘ngra keyingi she’rdan olingan parchaga hamkorlarning diqqati qaratiladi:

…Menimcha, dunyoda eng katta gunoh –


Sog‘inmay yashamoq…
…Menimcha, dunyoda eng katta gunoh –
Hiringlab she’r o‘qimoq!
«Yolg‘on yomon derlar…»
8-sinf tarbiyalanuvchilari savob va gunoh kabi tushunchalarni
yaxshi farqlaydilar. M. Yusufning nazaridagi gunohlarga e’tibor
qilishsin. Ular «sog‘inmay yashash» va «hiringlab she’r o‘qish»ni
qanday tushunisharkin? Kichik hamkorlar ham bu hislarni gunoh
hisoblashadimi yoki bu ular uchun noaniq, tushunarsiz tuyg‘umi?
O‘zi she’r qanday o‘qiladi? Agar tushunisholmayotgan bo‘lishsa,
shoir bilan o‘zlari oralaridagi masofani chamalab ko‘rishsin. Shu

tariqa shaxsiyatlarini o‘rganishadi.


Tunlari charog‘on shunday shaharda,


Hech kimga ko‘nglimni yora olmayman.
Men siz aytgandayin hammani sevdim,

Hammaga ishondim, mana oqibat…


«Onamga xat»


Yuqoridagi misralar o‘qib bo‘lingach, o‘quvchilarga qu­
yidagi savollar bilan murojaat qilgan ma’qul: «Shoir yozganidek,
onasining gapiga kirib hammani yaxshi ko‘rgani, hammaga
yaxshilik qilgani, hammaga ishongani qanday oqibatlarga olib
keldi deb o‘ylaysiz? Bu yaxshimi, yomonmi? Nega? Onaning
bolasiga o‘rgatganlari to‘g‘rimi yoki noto‘g‘ri? Bunday fazilat-
larning rag‘batini shoir kimdan olishi mumkin deb o‘ylaysiz?
Siz qandaysiz?» Satrlar zamiridan muallifga xos fazilatlar ham-
korlarning birgalikdagi izlanishlari asnosida topilib qayd etib
qo‘yiladi.
«Oqibat» she’ridan olingan quyidagi misralar ham tarbiyalanuv­ chilarga o‘qib eshittiriladi. Odamlar orasida oqibat yo‘qolib borayotganidan yozg‘irgan shoir:Bo‘ldi. She’rim tamom. Axir siz chidab
Yuribsiz-ku, nima qipti men yursam.
Tomog‘imda jonim turibdi yig‘lab,

Jondan ayrilaman endi gapirsam!..


deydi. Odamlar orasidagi mehr-muruvvat, muhabbat, oqibat singari fazilatlarning yo‘qolib borayotganidan shoir shunchalar qiynalgan, millatga xos bo‘lgan bu illatlar uni ruhan ado qilyapti. «U aytmoq-chi, biz, hech narsani bilmaganday chidab yuribmiz. Nega? Buning sabablari nimada? Nega shoir chiday olmayapti? Bu uning shax-sidagi qanday sifatdan dalolat beradi? «Tomog‘imda jonim turibdi yig‘lab»ni qanday tushunish mumkin, sizningcha?» kabi savollar o‘quvchilar orasiga tashlansa, ular bu haqda o‘ylab ko‘rsalar, ruhi-yatlarida shaxslik sifatlari shakllanishida foydadan holi bo‘lmas.


Shoir bir she’rida yozadi: «Men yorug‘ dunyoda ko‘nglim quli-man… «Xo‘sh, o‘quvchilar buni qanday tushunishadi? Inson aqlin-ing, manfaatlarning yetovida yurgani ma’qulmi yoki ko‘ngilning boshqaruviga bo‘ysungani tuzukmi? Qay holatda yashash ma’qul bo‘ladi? Nega? Ko‘ngliga qul bo‘lgan shoir ularga yoqyaptimikin yoki yo‘q? Sababi nimada?» shular ustida birgalikda fikrlashgan hamkorlar ayni zamonda o‘zlarini ham taftish qilib boradilar. Bu nafaqat o‘quvchilar, balki o‘qituvchining o‘zini ham jiddiy o‘yga toldirishi aniq.


Bo‘ldi. She’r yozmayman. Men endi odam


Oddiy odam bo‘lib yashay boshlayman.
Ko‘nglimga achinib agar yozsam ham,
Tunda yozib, tongda o‘tga tashlayman!
«Iqror»
Yuqoridagi misralarni o‘quvchilar sharhlashga urinib
ko‘rishsin. M. Yusuf faqat she’r yozgani uchun oddiy odamlardan
farq qiladimi yoki buning boshqa asosi bormi? She’r yozadigan
hamma odamlar «murakkab»mi? «Ko‘ngilga achinib yoz»ishni
qanday­ tushunasiz? Bu tushunchaning mohiyatida qanday fikr
mavjud,­ sizningcha?» va hk.

O‘quvchilar o‘zlarining Muhammad Yusuf shaxsi haqida chiqargan xulosalari, qarashlarini millatning boshqa ulug‘lari fikr­lari bilan solishtirib ko‘rishlari uchun ularga zamondoshlarining xotiralarini o‘qib berish maqsadga muvofiqdir.


Sheriklar shoirning she’riyatidan topgan uning shaxsi bilan bog‘liq haqiqatlarini millatning ulug‘lari aytganlari bilan solishtirib ko‘rishsin. Albatta birgalikda. Keyin qanday sifatlar shoir shaxsida ustuvor ekanini ajratib chiqsinlar va shu fazilatlarning qaysi biri o‘zlarida mavjud ekani haqida o‘ylab ko‘rsinlar. Bu masalada bo-lalarning javob aytishlari shart emas. O‘ylab ko‘rishlarining o‘zi kifoya. Javobni o‘zlari uchun bilib qo‘yganlari bas. Agar o‘zaro o‘xshashlik topa olsalar, bundan faxrlansalar arziydi. Shu tariqa shoirning shaxsiyati bilan tanishtirilgach, keyingi soatlarda uning darslikda taqdim etilgan asarlari ustida ishlashga o‘tish mumkin bo‘ladi. Shunda shoir M. Yusuf she’riyati ustida ishlash bolalar­ ning ma’naviy kamolotida maksimal darajada samara berishi aniq.

Fikrni yakunlab shuni aytish mumkinki, adabiyot o‘qitish ja-rayonini hamkorlik texnologiyasi asosida tashkil etish davr talabi-dir. Har bir bo‘lajak o‘qituvchi talabalik davrida o‘zini bunga tay­ yorlab borishi amaliy faoliyati maqsadiga muvofiq keladi.





Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling