Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Download 1.11 Mb.
bet28/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

Savol va topshiriqlar:

  1. «Sinergetika» atamasiga berilgan ta’rifni qayta o‘qing. Uning mohiyatiga kiring. Tushunganlaringizni o‘z so‘zlaringiz bilan ifodalab bering.




  1. Hamkorlikda o‘qitish masalasining pedagogika ilmi va amaliyotida shu kunga qadar chuqur o‘rganilmaganligi sabablarini alohida-alohida tahlilga torting. Har birining mohiyatiga kiring. Bu sabablarning oqibatlari haqida birgalikda mulohaza yuriting.




  1. «Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim»ni qanday tushundingiz? Bu boradagi qarashlaringizni asoslashga urinib ko‘ring.




  1. Ta’lim amaliyotidagi subyekt va obyekt munosabatlari haq-ida o‘ylab ko‘ring. Sizningcha, «subyekt» kimu «obyekt» kim?

  2. Hamkorlik pedagogikasining asosiy maqsad va vazifalari ni-malardan iborat ekanini aniqlang. Ularni o‘z tushunchangiz doira-sida sharhlang. Bugungi milliy tarbiyashunoslik, xususan, adabiy­ ta’lim uchun bu texnologiyaning nega va qanchalar zarurligi bora-sida mulohaza yuriting.




  1. «Pedagogik hamkorlikning yuzaga kelishi uchun o‘qituvchi va o‘quvchi pedagogik jarayonning o‘zaro aloqador subyektlaridarajasiga ko‘tarilishlari kerak» degan fikrni qanday tushundin-giz? Vaziyatga o‘qituvchining darsdagi hokimligi va o‘quvchining ustozi aytganlarini so‘zsiz bajarishi lozim bo‘lgan obyektligi na­ zaridan qarang. Kimni, qaysi darajaga va qanday qilib ko‘tarish kerak deb o‘ylaysiz?




  1. «O‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasidagi o‘zaro hamkorlik muhitini shakllantirish uchun amalga oshiriladigan: o‘quv jara­ yonida ijodkorlik muhitini vujudga keltirish; o‘quvchilar faoliyati-ni muayyan tartib asosida tashkil etish; o‘quvchilar orasida o‘zaro do‘stona muhitni vujudga keltirish» kabilarni qanday tushundin-giz? Ularga o‘z munosabatingizni bildiring va qanday tashkil etish borasida fikrlashing.




  1. «Pedagogik hamkorlik va hamjihatlikka asoslangan bilim-larning to‘rt ko‘rinishi»ni qayta o‘qing. Ularning har biriga o‘z tushunchangiz doirasida izoh bering.




  1. Hamkorlik pedagogikasi bizning ta’lim amaliyotimizga shu davrga qadar kiritilmaganligi sabablari haqida o‘ylab ko‘ring. Fi-kringizni asoslang.




  1. Shoir Muhammad Yusufning ijodidan taqdim etilgan o‘quv materiallari bilan tanishing. Ular yuzasidan tuzilgan savol va topshiriqlar ustida o‘ylab ko‘ring. O‘z munosabatingizni bildiring, ularga javob bering. Hamkorlarning biri bo‘lib faoliyat yuriting. Bu sizning pedagogik amaliyotingizda qo‘l kelishi aniq.




  1. Muhammad Yusuf ijodida vatan madhi» mavzusida insho yozing. Insholaringizni bir-biringizga o‘qishga bering. So‘ngra uning tahlili ustida suhbatlashing.



  2. Download 1.11 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling