Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Download 1.11 Mb.
bet36/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

MA’RUZA № 14
SINOV DARSLARI TEXNOLOGIYASINING ADABIY TA’LIMDAGI AHAMIYATI


Reja:

  1. Nazorat ishlari va ularning turlari.

  2. Nazorat ishlarini to‘g‘ri tashkil etishda o‘qituvchining roli.

  3. O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini nazorat qilish, tek-shirish va adolatli baholashda izchillik, mantiqiy tartibga amal qil-ish.

  4. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilar bilimini nazorat qil­-ish yo‘llari.

O‘quvchilarning bilimlarni qanchalik o‘zlashtirganliklari da-rajasini, ulardan turli vaziyatlarda amaliyotda foydalana olish im-koniyatlarini nazorat qilib borish ta’lim jarayonidagi asosiy ish turlaridan biridir. Darslarda shakllanitilgan zaruriy ko‘nikmalarni muntazam ravishda nazorat qilib borish orqali tarbiyalanuvchi-lar faoliyatiga ma’lum tuzatishlar kiritish, ta’limda va bilimlarni o‘zlashtirish asnosida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda har bir alohida shaxsning ta’lim dasturidagi bilimlarni o‘zlashtirishida muvaffaqiyatlarga erishish ta’minlanadi.


Tarbiyalanuvchilarning adabiyot bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim-larini, ma’naviyatining sog‘lomlashuvini muntazam nazorat qilish, yutuqlar, xato va kamchiliklarni hisobga olib borish o‘qituvchiga o‘qitish natijalari hamda adabiy ta’lim vazifalarining bajarilganlik darajasi haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini beradi.


Ta’lim ishtirokchilarining bilimini nazorat qilish maqsadi va buning ahamiyatini nazarda tutgan holda bunday tekshiruvlar­ ning har xil usullaridan foydalaniladi. Nazorat ishlarining asosiy maqsadi ta’limning keyingi bosqichiga o‘quvchilarning tayyorlik darajasini aniqlashdir. Muntazam ravishda olib boriladigan nazorat ishlari o‘qituvchiga o‘quvchilarning darslarda o‘zlashtirgan bilim-larini kuzatib borish, u yoki bu bo‘limlar yakunlanganida yoki cho-rak oxirida yakuniy natijalarni baholash imkonini yaratadi. Nazorat ishlarining quyidagi turlari mavjud:




doimiy nazorat – o‘qituvchiga o‘quvchilarning yangi mavzu-larni o‘zlashtirishga tayyorlik darajasini aniqlash imkonini beradi; avvaldan o‘tkaziladigan nazorat ishlari – o‘quvchilarning

avvalgi darslarda o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalariga ehtiyojseziladigan har qanday yangi masalaning muhokamasiga o‘tishdan oldin amalga oshiriladi. Bunday nazorat ishlarining o‘quv yilining­ boshlanishida, har chorak boshida o‘tkazilishi katta ahamiyat kasb etadi. O‘quvchi uzoq muddat ta’lim amaliyotidan yiroqlashganda nimalarnidir unitishi tabiiy. Avvaldan o‘tkaziladigan nazorat ishlari o‘quvchilarning xotirasida pardalanib qolgan bilimlarini yuzaga chiqarib, ularni faollashtiradi. O‘qituvchi ta’lim jarayonini yo‘lga qo‘yish va uni samarali tashkil etish uchun, avvalo, darslarda o‘zlashtirilgan qaysi masalalarni takrorlash muhim ekanligini, qanday individual topshiriqlar oradagi uzilishlarni bartaraf etishi mumkinligini oldindan aniqlab olishi talab etiladi. Bunday nazorat ishlarining eng samarali usullaridan biri o‘quvchilarning mustaqil ravishda bajaradigan yozma ishlaridir. Bunday nazorat mazmunidagi yozma ishlar hajman uncha katta bo‘lmasligi, darsning 5 – 15 daqiqasiga (bajariladigan ish mazmunidan kelib chiqib) rejalashtirilishi maqsadga muvofiqdir. Dastlabki kunlarda tashkil etilgan bunday ishlar keyingi darslarning maqsad va vazifalarini belgilab olish, o‘tilgan mavzularning qaysi birini takrorlash va mustahkamlash zarurligini aniqlash uchun ilkinchi darslarning bir nechtasi mobaynida amalga oshirilishi mumkin.


Ta’lim jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarning bilimlarni puxta o‘zlashtirishlari uchun zarur bo‘lgan har xil metod va usullardan foydalanadi. O‘quv materialining qanchalar tushunilganligi va o‘zlashtirilganligini bilish, keyingi mavzular ustida ishlashga o‘tish yoki o‘tmaslikni aniqlash uchun doimiy ravishda nazorat ishlari olib boriladi. Nazorat ishlarining to‘g‘ri tashkil etilishi ta’lim ja-rayonining samaradorligi asosidir.


O‘qituvchining pedagogik mahorati darajasini o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishi qanday kechayotganini qanchalik bili-shi va his qilishi ham belgilaydi. Nazorat ishlarining maqsadi – o‘quvchilarning nozik joyidan tutish, uning sha’niga tegish, kam-chiliklarini yuziga solish, kamsitish emas, balki ta’limning yuqori samaradorligini ta’minlashdan iborat.


Ta’lim tarixida o‘quvchilarning bilimini nazorat qilish va ularni baholashda bir qator xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani kuzatiladi. Bunga sabab shuki, o‘qituvchilarning ko‘pchiligi tar-biyalanuvchilarning bilimini nazorat qilish va ularni baholash metodlari, usullari borasida ma’lum bilimga ega emaslar. Bu holo‘quvchilarning bilimini baholashga yuzaki yondashuvni keltirib chiqaradi.


Ta’lim amaliyotida bugungacha ham o‘quvchilarning bi-lim, ko‘nikma va malakalari besh balli tizim asosida bahola-nadi. Lekin ko‘pchilik o‘qituvchilarning o‘zlari bilim, ko‘nikma va malaka nima ekanligi haqida aniq tushunchaga ega emaslar. O‘qituvchilarning bu borada zarur bilim va ko‘nikmalarga yetarli darajada ega bo‘lmaganliklari sabab o‘quvchilar bilimini baholash­ ning test shakli ham, yuz ballik turi ham ta’lim amaliyotida kutil-gan natijani bermadi.
Dunyo ta’lim tizimida o‘quvchilar bilimini test va yuz ballik ba-holash mezonlari asosida tashkil etilganing sababi shundaki, ruhan sog‘lom bo‘lgan har bir bolaning qalbida nimagadir qiziqish, nima-largadir moyillik bor. Ta’lim jarayonida har bir bolani o‘z qobili-yati, qiziqishlari va eng asosiysi, uning imkoniyati darajasida mu-nosib baholashda yomon baho bilan o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishini so‘ndirmaslik, ruhiyatini cho‘ktirmaslik, nafsoniyatiga tegmaslik, g‘ururini toptamaslik yetakchilik qilmog‘i shart. Milliy ta’lim tizimi bu borada, ya’ni o‘quvchilar bilimini baholashda ke-chagi jamiyatdan qolgan illatlardan qutulib ketolmayapti. Ta’lim jarayonining katta yoshli ishtirokchilari bu kamchiliklarni o‘z kas-biy mahoratlarining qashshoqligi va o‘quvchilar bilimini baholash borasidagi bilimsizliklari tufayli ushlab turibdilar. O‘quvchilar bi-limini baholashda yangicha mezonlar va o‘zgacha yondashuvlar borasida ma’lum tasavvur, bilim va ko‘nikmalar egallangandan keyingina bu kamchiliklar bartaraf etilishi mumkin.

Zamonaviy pedagogikada «baho», «nazorat», «tekshiruv» singari tushunchalar ustuvor ahamiyat kasb etmaydi. Umumiy nazorat deyilganda – o‘quvchilarning bilganlarini yuzaga chiqa-rish, o‘zlashtirilganlarni ma’lum mezonlar asosida o‘lchash va bilim hamda ko‘nikmalarni baholash nazarda tutiladi. Bugungi tarbiyashunoslikda «tekshirish» tushunchasi zamirida bilimlarni o‘zlashtirilganlik darajasi, hajmi va sifatini nazorat qilishning bir qismi nazarda tutiladi. «Nazorat» tushunchasi mohiyatan jara­ yonni baholashni, baho esa natijani anglatadi. «Baho» o‘quvchini ma’naviy to‘kislik sari intilishga yo‘naltirish hamda uning shax-siga ijobiy ta’sir ko‘rsatish omilidir.


O‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirganligi darajasini diagnoz


lash va nazorat qilishda xolislik, tizimlilik, ko‘rsatmalilik muhimtamoyillardan hisoblanadi. Xolislik – o‘qituvchining ta’lim oluvchi-lar bilimini baholashda ularning barchasi bilan do‘stona munosa-batini nazarda tutadi. O‘quvchilar bilimini baholashdagi tizimlilik tamoyilida­ – didaktik jarayonlarning barcha bosqichlarida nazorat-ning metod, shakl va usullaridan kompleks tarza foydalana bilish tushuniladi­. Ko‘rsatmalilik tamoyilida esa barcha o‘quvchilarning bilimlarini baholashda bir xil mezonlarga asoslanish va baholashni ochiq namoyish qilgan holda amalga oshirish nazarda tutiladi.

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini diagnozlash, nazorat qilish, tekshirish va baholashda ularni o‘zlashtirish qanday izchil-likda amalga oshirilgan bo‘lsa o‘sha mantiqiy tartibga amal qilish muhim sanaladi.


O‘quvchilarning bilimlarini tekshirish tizimi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:





  1. o‘quv yilining boshida o‘quvchilar bilimdonligining dast-labki darajasi aniqlanadi;




  1. o‘zlashtirilgan har bir mavzuning o‘zlashtirilganligi daraja-sini aniqlash uchun doimiy nazorat uyushtiriladi;




  1. qayta tekshiruv – xuddi doimiy nazorat ishlari singari mav­ zular misolida bilimlarni mustahkamlash maqsadida amalga oshi­ riladi;

  2. oraliq nazorat – ma’lum ruknlar bo‘yicha bilimlarning o‘zlashtirilganlik sifati va umumlashmalar qila olish darajasini di-agnozlash maqsadida o‘tkaziladi;

  3. yakuniy nazorat va bilimlarni hisoblash ishlari ta’lim oxirida­ amalga oshiriladi;




  1. kompleks nazoratlar esa o‘zlashtirilgan bilimlarni ma’lum amaliy-muammoli masalalarni hal etishda qo‘llay bilish qobiliyati­ ni nazorat qilishni nazarda tutadi85.

Nazorat ishlarining uch asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
1. Nazorat qilish – ta’limda muvaffaqiyatlarga erishish yo‘lida bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini yuzaga chiqarishda muhim sanaladi.
2. Ta’limiy nazorat ishlari – ma’lumotlarning o‘qituvchi to-monidan takrorlanishida, qo‘shimcha tushuntirish ishlari jara­ yonida, o‘rtoqlarining javoblari asnosida o‘z-o‘zini kuzatish, faol-likning ortib borishida namoyon bo‘ladi.Nazoratga yo‘ldosh tekshiruv – hamonki, o‘rtoqlar javobi asnosida shaxsiy qarashlar nazorati amalga oshirilarkan, shu as-noda o‘quv materialini takrorlash faolligi ortadi va o‘qituvchining qo‘shimcha tushuntirishlariga imkoniyat paydo bo‘ladi.




  1. Download 1.11 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling