Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Download 1.11 Mb.
bet39/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

MA’RUZA № 15

ADABIY TA’LIMDA ERKIN TARBIYA
TEXNOLOGIYASINING O‘RNI


Reja:

  1. Erkin tarbiya tushunchasi va uning mohiyati.

  2. Erkin tarbiyaga qaratilgan texnologiyaning erkin, ijodkor shaxsni tarbiyalashi.

  3. Erkin tarbiya talablariga tayangan holda adabiyot darslari tashkil etish.

Milliy pedagogika ilmi va amaliyotida shaxs ijodiy potensi-alini ongli ravishda o‘zining rivojlanishiga qaratish tendensiyasi hukmronlik qilmoqda. Erkin, ijodkor shaxsni tarbiyalash g‘oyasiga pedagoglar va faylasuflar hamma zamonlarda katta e’tibor qarat-ganlar. Pedagogika ilmida erkin tarbiya konsepsiyasi bolaning­ hay-oti, axloqi va faoliyatiga har xil cheklovlar qo‘yish va unga hokim-lik qilishga qarshi turadi. Erkin tarbiya tarafdorlarining­ ideali bola rivojlanishi va qobiliyatiga cheklov yoki taqiqlar qo‘ymaslikdan iborat bo‘lgan. G‘arbda bu fenomen M. Monten, M. Montes-sori, J. J. Russo, Rossiyada L. N. Tolstoy, V. A. Suxomlinskiy, Sh. A. Amonashvili, K. N. Ventsel singari pedagoglar tomonidan o‘rganilgan87.


Erkin tarbiya tushunchasi shaxsning o‘zligini anglashi, o‘z-o‘zini rivojlantirishi shaklida Sokrat falsafasida ham markaziy g‘oyalardan biri bo‘lgan. U ta’lim-tarbiyada o‘quvchi erkinligi masalasiga bolaning o‘zligini anglashi, unda faollikni uyg‘otish va oshirish usuli deb qaragan. Bu g‘oya Monten pedagogikasida ham o‘z aksini topgan. Har ikkisi ham o‘quvchilarini o‘zlarining hamkorlari deb bilishgan. Sokrat: «Men hech qachon hech kim­ ning o‘qituvchisi bo‘lmaganman. Lekin kimdir mening suhbatimga moyil bo‘lsa, bunga hech qachon monelik qilmaganman», degan ekan88. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi Sokratning nazarida ham jis-moniiy, ham ruhiy barkamol shaxsni shakllantirishdir. O‘quvchi o‘zining kamoloti uchun intilsagina bu maqsad amalga oshishi mumkin.


Mishel de Monten esa o‘zining «Tajribalar» nomli kitobida:

«Bolaga tayyor haqiqatlarni hali ularning mohiyatini bilmaydiganvaqtidan uqtira boshlaydilar. Haqiqatlar haqida boshqalarning bilganlariga asoslanib xulosa chiqarish mumkin emas», – deb yoz-gan edi89.


Mariya Montessorining erkin tarbiyaga qaratilgan texnologiya-si pedagogning har bir bolaga individual yondashuviga asoslangan. Uning fikricha, har bir o‘quvchi o‘quv materiali va shug‘ullanish uchun zarur bo‘lgan vaqtni o‘zi tanlaydi, ya’ni o‘zi istagan mavzu bo‘yicha qancha xohlasa shuncha (joniga tekkunicha yoki charcha-gunicha) shug‘ullanaveradi. Bu jarayonda u o‘z xususiy ritmi va yo‘nalishida tabiiy ravishda rivojlanib boradi. Montessori bolaga avtoritar ta’sir ko‘rsatishga qarshi bo‘lgan. U o‘z amaliy faoli-yatida xotira hisobidan ishlashdan ko‘ra bola shaxsi uchun zarur bo‘lgan muammolar ustida mulohaza yuritishga imkon beradigan ta’limiy muhitni yaratishga harakat qilgan. Bunda bola o‘ziga qan-day vaziyat qulay bo‘lsa shuni tanlashiga imkon berilgan. Montes-sori o‘z kuzatishlarida urg‘u bergan narsalardan biri: «Agar bola o‘zining e’tiborsizligi bilan stulni turtib yuborsa, u shovqin bilan polga ag‘anaydi va bolaga uning bee’tiborligini namoyish etadi. Agar stol-stullar polga qotirilgan bo‘lsa, bola o‘zidagi shoshqa-loqlik va beparvolikni payqamagan bo‘lardi. Ma’lum bo‘ladiki, bola o‘z faoliyatini to‘g‘ri boshqara bilganida stul shovqin-su­ ronsiz o‘z joyida turgan bo‘lardi. Shunday haqiqatlarni ilg‘agan bolada o‘zini kuzatish va harakatlarini boshqarish hissi shakllanib boradi»90. Montessoridan olingan bu jo‘ngina iqtibosga singdiril-gan haqiqat shundan iboratki, bola jim turgan ashyolardagi yax-shilik bilan o‘zining beboshvoq faoliyati natijasida yuz bergan yo-monlikni aralashtirib yubormasligi yoki bu kabi hodisalarga bepar-vo bo‘lmasligi kerak. Bu bolaning kattalarga bo‘ysunuvchanligi, itoatkorligi yoki passiv bo‘lishi uchun emas, balki o‘z faoliyatida, mehnati jarayonida ichki ziyraklikni shakllantirish uchun zarurdir.


Fransuz faylasufi Jan-Jak Russo: «Inson mukammal bo‘lib tug‘iladi, ammo jamiyat o‘zining tarbiyasi bilan uni mayib qilad i», – degan ekan91. Russo bolaning erkiga daxl qilmaslikni, uni hech narsaga majburlamaslikni taklif qilgani holda, tarbiyalanuv­ chiga nisbatan qat’iyatli va talabchan bo‘lishni unutmaslikni, ayni zamonda, har qanday injiqliklarini qondiravermaslikni ham ta’kidlaydi. U odamni o‘z ixtiyori bilan yaxshiliklarga yo‘naltirish shu ishni kuch bilan qilishga majburlashdan ko‘ra yaxshiroq deb hisoblaydi.


L. N. Tolstoy ta’lim mazmuni va maktabning ichki tuzilishi-ni o‘quvchilarning xohishlari asosida amalga oshirish, bilimlarni ixtiyoriy tarzda o‘rganish kutilgan samarani berishini ta’kidlaydi. Uning fikricha, bola xohlagan narsasini, xohlagancha eslab qoladi. Bolani tarbiyalash, unda qandaydir axloqiy fazilatlarni shakllanti-rishga urinishni Tolstoy kattalar tomonidan bolaga o‘tkaziladigan zug‘um deb biladi. Uningcha, tarbiya bolada mavjud bo‘lgan axlo-qiy fazilatlarga maksimal darajada uyg‘un bo‘lmog‘i lozim, xolos. Ortiqcha hech qanday zo‘riqishlarga hojat yo‘q.


Shuni alohida ta’kidlash kerakki, erkin tarbiya g‘oyasi za-mirida tabiat, jamiyat va madaniyat singari faktorlar mavjud. Bu uchlikning markazida erkin shaxs turadi. Ta’lim jarayonida erkin tarbiya tamoyillariga tayanilganda pedagog va o‘quvchi, o‘quvchi va o‘quvchi orasidagi muloqot jarayoni tenglik asosiga ega bo‘ladi. O‘quvchi olam va odamni kuzatishga, ularni o‘rganishga, kuzat-ganlariga tayangan holda mulohaza yuritish, taqqoslash, baholash o‘zi xulosalar chiqarishga ixtiyoriy kirishadi, to‘g‘rirog‘i erkin tar-biya asosiga qurilgan ta’lim jarayoni uni shunga yo‘naltiradi.


Rus pedagogi K. N.Ventsel ham ta’limda erkin tarbiyani targ‘ib qilgan. Uning fikricha, axloqiy fazilatlar o‘quvchilarning «miyasiga joylab qo‘yish» bilan emas, balki bolada ma’naviy sifat-larga ixtiyoriy moyillik uyg‘otish yo‘li bilan singdirilishi lozim.


Venttselning fikricha, erkin tarbiya tamoyillariga tayan-gan pedagog hech qachon asabiylashmaydi, biror narsadan xafa bo‘lmaydi, o‘z hissiyotlarini boshqara biladi, o‘ziga ishonadi, o‘z egotsentrizmini yenga oladi, o‘zgalarga va ularning fikriga sabrlibo‘ladi, o‘z agressiyasini ushlab turishga o‘rganadi, o‘quvchilarni xolis baholaydi, bolalardagi qo‘rquv, bezovtalik hamda asabiy zo‘riqishlarni kamaytiradi.


V. A. Suxomlinskiyning pedagogik qarashlari zamirida ham erkin tarbiyaning belgilarini ko‘rish mumkin: bolalarga ishonish; nomajburiy ta’lim; hech qanday jazolarsiz tarbiyalash; kattalar va bolalar hamkorligi; ijodiy mehnat va axloqiy erkinlik; bolaga tur-mush tarzi, xatti-harakati va o‘zini qanday tutish ixtiyorini berish; o‘zi tanlagan narsalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olish va ho-kazo94.


Suxomlinskiyning bu prinsiplarini amalda rus pedagoglari Sh. A. Amonashvili, N. Ilin va boshqalar, o‘zbek pedagoglari M. Abdurasulov, A. Boyirbekova, K. Qodirovalar faoliyatida kuzatish mumkin95.


Taniqli fransuz pedagogi – gumanist S. Frene: «Jamiyatning demokratlashuvi maktabning demokratlashuvidan boshlanadi. Avtoritar maktab demokratik jamiyatning bo‘lajak fuqarolarini



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling