Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Download 1.11 Mb.
bet40/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

shakllantira­ olmaydi», – degan ekan.

Mustaqil mamlakatining o‘z fikriga ega bo‘lgan fuqarolarini shakllantirish uchun butun ta’lim tizimini bugun jamiyat talab qilayotgan avlodni tarbiyalashga qaratish, har bir darsni, xususan, maktab adabiy ta’limini erkin tarbiya texnologiyasiga tayangan holda tashkil etish davr talabidir.


Albatta, har qanday ta’lim-tarbiya tizimini shaxsga u yoki bu darajadagi bosimsiz amalga oshirish qiyin. Ammo bugungi milliy pedagogika ilmida buni imkon qadar minimal darajaga tushirish yo‘llari qidirilayotgan ekan, bu jarayonda erkin tarbiya texnologi-yasiga tayanish, muallimlardan esa maksimal darajada natija bera-digan metod va usullardan foydalanish talab etiladi.


Masalan, adabiy ta’lim amaliyotida Cho‘lponning «Go‘zal» she’ri97 tahlilini erkin tarbiya talablariga tayangan holda tashkile tish uchun dars jarayonida qanday ishlash masalasini o‘quvchilar bilan maslahatlashgan holda amalga oshirish ularning ruhiya­ tida ma’lum o‘zgarish yasashi tayin. Agar o‘quvchilar kichik gu-ruhlarda ishlashni ixtiyor etsalar: «She’rdagi Go‘zal obrazini kim deb o‘ylaysiz? Odam timsolimi, vatan obrazimi, ozodlik ramzimi yoki baxt ifodasimi?» degan muammoli savol o‘rtaga tashlanadi. O‘quvchilar o‘zlari kelishgan holda istalgan timsolni – kim vatan, kimdir qiz, qay biridir baxt, yana kimdir ozodlik timsolini tanlab, o‘zlari tanlagan mavzuga asoslangan holda guruhlarga birlashadi-lar. O‘z qarashlarini matndan misollar keltirgan holda asoslashga intiladilar. O‘zaro kelishilgan holda xulosalar chiqariladi. Bu ja-rayonda o‘qituvchining vazifasi fikrlarni tinglash, ularning asosiga diqqat qilish, guruh a’zolarining fikr va xulosalariga isbot talab qilishdan iborat bo‘ladi. Tahlil jarayonida o‘quvchilarning fikr-lariga daxl qilinmaydi, e’tiroz bildirilmaydi. A’zolarning xulosa-lari bir-birlariga qarshilantirilmaydi. Faqat birgina nozik jihat bor: tahlil jarayonida o‘quvchilarning fikrlari, qarashlari sog‘lom, toza ma’naviyat mahsuli ekani ustuvor ahamiyat kasb etishi lozim. Agar ozgina chetlangan o‘rinlar bo‘lsa, o‘qituvchi buni nazoratga olishi kerak bo‘ladi. Chunki har qanday erkinlikda ham ma’lum mezonlar mavjud. O‘zbek tarbiyashunosligi tayanadigan milliy ma’naviyat, o‘zbekona axloqiy mezonlar, qanday tarbiya asosida bo‘lmasin, shakllanib kelayotgan shaxsning ruhiyatiga singdirib borilishi bosh maqsaddir. Guruh a’zolari chiqargan turfa xulosalarini o‘zaro umumlashtiradilar yoki har bir a’zo o‘z xulosasida qoladi. Guruh a’zolarining har biri o‘z qarashlarida qolishga haqli. Bu ham ta’lim va tarbiyadagi erkinlikning xususiyatlaridan biridir.


She’r yozilgan davrga tayaniladigan bo‘lsa, undagi Go‘zal timsolini vatan deyish uchun ham, ozodlik deyishga ham, baxt deb qarashga ham asos bor. Chunki XX asr boshlarida vatanni ozod ko‘rishni hamma narsadan ortiq ko‘rgan shoir Cho‘lpon ko‘ngil istaklarini asarida go‘zal timsoli zamiriga berkitishi ham tabiiy hol edi. Vatanning ozodlik ramzi bo‘lmish oqqa burkanishi, baxt va erkdan, mustaqillik shodligidan «yanoqlari»ga qizil yugurishi shoir fantaziyasining mahsuli, deb qarash ham mumkin. Guruh a’zolari hurlik va ozodlikka erishgan vatanning qanday bo‘lishini bir ko‘rgan shamolning shunday vatanni izlab Turkiston ustidayurishini o‘z dalillari bilan isbotlab bera olsalar, marra «yosh sinchilar»niki. She’rning qolgan bandlaridan ham o‘zlari bilgan va ishongan haqiqatni topa bilsalar, ijobiy bahoga haqlidirlar. Go‘zalni ozodlik yoki baxt ramzi ekanini ham shu tariqa ochib be­ rishlari mumkin.


Agar sinfdagilarning barchasi asar matni bilan tanishganidan so‘ng Go‘zalni qiz timsoli deb bilsalar, demak tahlilni umumiy holda tashkil etish ham mumkin. Badiiy matn tahlilini umumiy holda amalga oshirishda dars jarayoni asar matni yuzasidan o‘rtaga tashlanadigan savol-topshiriqlar ko‘magida amalga oshiriladi. «Go‘zal»ning matni tahlili yuzasidan taqdim etilayotgan quyidagi qarashlarga bir kishining fikri o‘laroq namuna sifatida yondashish taklif etiladi.


She’rning birinchi bandini qayta o‘qib bergan o‘qituvchida «savol tug‘iladi»: «Nima uchun oshiq qorong‘u kechada bedor? Ne sababdan ma’shuqasi haqida yulduzdan so‘rayapti? Nega aynan eng yorug‘ yulduzdan?» Ma’lumki, chin oshiq uchun uyqu harom. Oshiq uchun na kechasi, na kunduzi halovat bor. Uning yagona tilagi


– visol. U tinimsiz visol dardi bilan yashaydi. Ma’shuqa esa yo‘q.
Qayerdadir, qandaydir tashvishlar bilan band. Qorong‘u kechada esa oshiqning yagona hamrohi – yulduzlar va oy. Ma’shuqasini so‘rab oshiq faqat yulduzlargagina murojaat qilishi mumkin. Oshiq uchun ma’shuqa faqat eng buyuk sifatlarga munosib. Shuning uchun u ma’shuqasi haqida eng yorug‘ yulduzdan so‘rayapti.

Boshqa yulduzlar oshiqning ma’shuqasi haqida biror narsa bilishga munosib emaslar, oshiqning nazarida. Mulohaza uchun navbatdagi savol o‘rtaga tashlanadi: «Yulduz nimadan uyalyapti? Nega yulduz ham, oy ham ma’shuqani tushlarida ko‘rishyapti?» Oshiqni telba qilgan ma’shuqa shunchalar go‘zalki, yulduz ko‘kdagi eng yorug‘, demakki, eng chiroyli yulduz bo‘lishiga qaramay hijolatda. Shu hijolati sabab boshi egik. O‘ziga ishonch bilan gapirolmaydi. Yulduz yigitning ma’shuqasini uyquda ekanida uchratgan. Oshig‘ining dardidan bexabar, tushlar ko‘rib yotgan uyqudagi malakni tasavvur qiling. Go‘zallik bilan ichki xotirjamlik mutanosib bo‘lgandagi uyqu eng yorug‘ yulduzni ham muvozanatdan chiqargan – u barcha yulduzlar jam bo‘lganida ham ma’shuqaning go‘zalligiga tenglasha olmasliklarini samimiy e’tirof etmoqda. Yorug‘ yulduzyigitning ma’shuqasini bir martagina, tasodifan ko‘rib qolganu yo‘qotgan, shundan beri ko‘rishni istagani go‘zalning qiyofasini faqat tushlarida ko‘radi. Uning qanchalar go‘zalligini biladi va shu bois hech ikkilanmay oy uchun ham javob bermoqda.


Ma’shuqasining hammadan go‘zal ekanini bilgan, lekin uning manzil-makoni haqida yulduzdan jo‘yali javob ololmagan oshiq oyga murojaat qilishga majbur. Oy ham o‘zi to‘lganda nurlarini so-chib uyqudagi malakni bir martagina ko‘rib qolgan. Ma’shuqaning tabiiy go‘zalligi bilan oppoq nurning mutanosibligi oyni ham «tel-ba» qilgan. Oy o‘z go‘zalligiga qancha bino qo‘ygan bo‘lishiga qaramay ma’shuqaning o‘zidan dilbarroq ekanini e’tirof etishga majbur. Uning oppoq nuriga cho‘milgan qizil yanoqli ma’shuqa esa qayta ko‘ziga ko‘rinmagan. Oy ham ma’shuqani yana bir marta ko‘rishni qattiq istaganu, lekin, afsus, faqat tushlarida ko‘radi.


O‘qituvchi o‘quvchilarini mulohaza yuritishga undab: «O‘ylab ko‘ring-chi, shamol go‘zalni qanday holatda ko‘rgan bo‘lishi mumkin?» degan savolni o‘rtaga tashlaydi. Bu savolga o‘quvchilar banddagi birinchi misraga tayangan holda javob beradilar. Bu borada o‘quvchilarning qanday javob berishi va fikrini nimalar bilan asoslashi katta ahamiyat kasb etmaydi. Lekin go‘zalni bir martagina ko‘rib qolgan shamolning yo‘lidan ozib go‘zalni nega-dir tog‘u toshlar orasidan izlab yurishi ularni o‘yga toldirishi aniq. O‘qituvchi javoblardan mantiq qidirishi ham shart emas. Chunki o‘quvchilarning aytgan fikrlari mustaqil tafakkur mahsuli bo‘lgani bilan qadrli. Mantiqiy asoslar shu tariqa ishlanaverish asnosida shakllanib boradi.


Bezovta oshiq hali o‘z savoliga arzirli javob topolgani yo‘q. Go‘zalni nafaqat oshiq, balki barcha oshiqlar qidirmoqda. Uni kimdir o‘ngida, kimdir tushlarida ko‘ryapti. Go‘zalligini e’tirof et-yapti. Hatto kun ham bundan mustasno emas: u ham xuddi shamol singari go‘zalni o‘ngida ko‘rgan. «Ul-da o‘z o‘tidan berkinib, qo-chib» misrasini, sizningcha, qanday tushunish mumkin?» savoli o‘quvchilarni jiddiy o‘ylashga majbur qiladi. Sinfda kimlardir mu-lohazasini aytar, lekin to‘g‘ri javob bo‘lmasa ham o‘qituvchi fikrini aytmagani ma’qul. O‘quvchilarni bu haqda o‘ylab yurishga majbur qilgan to‘g‘riroq bo‘ladi. Ular matnga qayta-qayta murojaat qil-ganlari, satrlar orasidan o‘zlari istagan haqiqatni topishlari adabiy ta’lim maqsadiga muvofiqroqdir.She’rning so‘nggi bandini o‘quvchilarning o‘zlari qayta o‘qisinlar. Undan oshiqning e’tirofi aks etgan satrlarni ajratsin-lar. «Zo‘r ish» deganda nima nazarda tutilayotgani haqida o‘ylab ko‘rsinlar. Oshiqning o‘ziga bergan savoliga javob berishga urinib ko‘rsinlar…


O‘quvchilar she’rda chindan ham inson haqida gapirilayotgan bo‘lsa, nega u oy bilan quyoshga mengzalayotgani haqida o‘ylab ko‘rsinlar. yerda boshqa go‘zalliklar kammi qiyoslash uchun? Yoki Go‘zal boshqa biror yaratiqmikin? O‘quvchilar mana shu masala-lar haqida ham mulohaza yuritib ko‘rishlari lozim. Bu savollarga hamma javob berishi shart emas, albatta. O‘quvchilarning ta’lim olishdagi erkinligi buni rad etmaydi, lekin hamma o‘ylab ko‘rishi shart. O‘qituvchi tarbiyalanuvchilarni shunga yo‘naltirishi lozim. Qolgani har bir o‘quvchining imkoniyati, qobiliyati va iqtidoriga bog‘liqdir.

Ko‘rinadiki, ta’lim va tarbiya jarayonida tarbilanuvchilarning erkinligi masalasi «oydan tushgan» yoki erishib bo‘lmaydigan ha­ qiqat emas. Hamma gap uning mohiyatiga kira bilishda. Har qan-day g‘oya yoki qarashlarning mazmun-mohiyati to‘g‘ri va to‘liq anglashilsa, uni amalga oshirish jarayoni ham osonlashadi.


Xulosa qilib aytganda, har qanday ta’limda, xususan, adabiyot o‘qitishda imkon qadar o‘quvchilarning erkinligini ta’minlashga urinish bu jarayonda samaradorlik garovidir. Shunda qobiliyatli o‘quvchilar o‘z imkoniyatlari darajasida ilgarilab boraveradilar, qolganlar esa qo‘llaridan kelganicha harakat qilib ularning orqasi-dan ergashaveradilar.





Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling