Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Download 1.11 Mb.
bet44/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

Savol va topshiriqlar:

  1. Blum taksonomiyasida o‘quv maqsadlari kognitiv yo‘nalishining: «bilish, tushinish, qo‘llash, tahlillash, umum-lashtirish va baholash» singari tasniflari bilan tanishdingiz. Ularni amaliy shaklda bir asar yoki nazariy ma’lumot misolida izohlashga urinib ko‘ring.




  1. Bilimlarni o‘zlashtirishning affektiv yo‘nalishi adabiy ta’limga qanchalar monandligi haqida o‘ylab ko‘ring. Qarashlarin-gizni biror badiiy matn misolida asoslang.




  1. Taniqli fransuz pedagogi S. Frene qalamiga mansub: «Jami-yatning demokratlashuvi maktabning demokratlashuvidan boshla-nadi. Avtoritar maktab demokratik jamiyatning bo‘lajak fuqarola-rini shakllantira olmaydi», tarzidagi qanoatni o‘z so‘zlaringiz bilan sharhlang.




  1. Avval Seton-Tompsonning «Yovvoyi yo‘rg‘a» hikoyasi bilan tanishing. O‘qish asnosida sizga bilim beradigan o‘rinlarni, sizni muvozanatdan chiqarib, hayratga solgan lavhalarni alohida belgilab boring.




  1. So‘ngra asardagi ayricha o‘rinlarni Blum taksonomiyasiga solishga urinib ko‘ring. Bu sun’iy faoliyat va u sizning ma’naviy tozarishingizga hech narsa bermaydi. Lekin, hamon uni bilish das-turiy talab ekan, urinib ko‘ring.




  1. Aslida «Yovvoyi yo‘rg‘a»ning yuqoridagi tahliliga diqqat qiling. Tahlilga yo‘naltiruvchi savol-topshiriqlarning tuzilishini kuzating. Ularga o‘zingiz javob berishga harakat qiling.




  1. Motivatsiyaga xos bo‘lgan tashqi, ichki, ijobiy, salbiy va qat’iy motivatsiya singari turlarining mazmun-mohiyatini adabiy ta’lim misolida sanab ko‘rsatilgan holatidan o‘rganing. So‘ngra ularni bir asar misolida kashf etishga urinib ko‘ring.




  1. «Tog‘ay Murod asarlarida inson timsoli» mavzusida uy in-shosi yozing. Auditoriyada har biringizning ishingizni birgalikda muhokama qiling.






  1. Download 1.11 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling