Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


MODULLI TA’LIM TEXNOLOGIYASINING XUSUSIYATLARI VA ADABIYOT O‘QITISHDA UNDAN FOYDALANISH


Download 1.11 Mb.
bet32/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

MODULLI TA’LIM TEXNOLOGIYASINING XUSUSIYATLARI VA ADABIYOT O‘QITISHDA UNDAN FOYDALANISH


Reja:

  1. Modulli ta’lim texnologiyasining xususiyatlari.

  2. Adabiy ta’lim jarayonida modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanish.

  3. Modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanishdagi izchillik.

Modul (lotincha modulus so‘zidan olingan bo‘lib qism, bo‘lak, blok ma’nolarini anglatadi82. Modulli ta’lim pedagogik texnologi-yani tashkil etuvchi tarkibiy bo‘laklarni ifodalaydi. Bu modulli ta’lim dars jarayonini tashkil etishdagi eng kichik ish turlaridan hamda ularning turli miqdordagi to‘plamlaridan iborat bo‘ladi. Bunda eng kichik faoliyat turi eng kichik modul sanalib, boshqa-lari qancha modulni qamrab olishiga qarab o‘ziga mos darajadagi modullar sanaladi.


Adabiyot o‘qitish sohasida modulli ta’lim texnologiyasi de­ yilganda adabiy ta’lim jarayonini modullar asosida loyihalashtirish nazarda tutiladi. Ajratilgan har bir modul bo‘yicha uning o‘zigagina xos bo‘lgan faoliyat mazmuni va ta’sir doirasi mavjud bo‘ladi.


Adabiy ta’lim jarayonida modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanilganda o‘rganiladigan mavzu mantiqiy tugallangan bo‘laklarga, ya’ni modullarga ajratiladi. Har bir bo‘lak o‘quvchilar mustaqil ishlashlari uchun maxsus topshiriqlarga aylantiriladi.


Modulli ta’lim texnologiyasida o‘quvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan har qanday faoliyatga o‘quv elementi deb qaraladi. O‘quv elementi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:


– o‘quvchi faoliyatining aniq elementlarini o‘rgatish bilan bog‘liq nazariy va amaliy ma’lumot;
– o‘quvchining o‘quv faoliyatini ta’minlovchi ma’lumotlar;
– aynan o‘xshash maqsadlar yig‘indisi;
– o‘quvchi ishlashi lozim bo‘lgan zaruriy materiallar to‘plami;
– o‘quvchining ish faoliyati, nazarda tutgan farazlari, buning uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit va topshiriqning bajarilganlik da-rajasini nazorat qiluvchi materiallar.Adabiy ta’lim jarayonida modulli ta’lim texnologiyasidan foy-dalanish uchun avval quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

– mazkur yo‘nalishning xususiyatlarini ochib beradigan metodik majmualar yaratish;


– ta’lim jarayonini tashkil etish uchun uni zaruriy didaktik ashyolar bilan ta’minlash;
– ta’lim amaliyotini nazariy-metodik va amaliy-tashkiliy ji-hatdan to‘g‘ri uyushtira bilish.
Adabiyot o‘qitishning modulli texnologiyasi – ta’limning bel-gilangan tamoyillariga muvofiq tarzda rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Bunda motivatsiya (o‘quvchining bilishga bo‘lgan ichki ehtiyoji), modullilik, muommalilik, hamkorlikka asoslanish, sub-yekt-subyekt munosabati, didaktik o‘yinlar, audio-vizual va hk. tamoyillar nazarda tutiladi.

Asar ustida ishlashda modulli ta’lim texnologiyasidan foy-dalanilganda quyidagi izchillikka amal qilinadi:


– modulli ta’lim uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
– modulning maqsadi va mazmunini belgilash;
– nazariy va amaliy ma’lumotlarni ajratish;
– ta’lim amaliyotini rejalashtirish;
– o‘quv hamda didaktik materiallar, texnik vositalarni tay­ yorlash;
– amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish;
– zaruriy nazariy bilimlarni mustahkamlash;
– o‘quvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini aniqlash;
– o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash. Adabiyot darslarini modulli ta’lim texnologiyasi asosida tash-

kil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish deganda, avvalo, o‘quvchilarni ham aqlan, ham ruhan mazkur darsga tayyorlash na­ zarda tutiladi. Qolaversa, darsni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit va o‘quv materialini vaziyat taqozosiga moslashtirish ishlariga ham e’tibor qaratiladi.


Modulning mazmunini belgilashda, dastlab adabiy ta’limning bosh maqsadi – ma’naviy barkamol avlodni shakllantirish va bu yo‘lda xizmat qiladigan o‘quv materiallari (mazmun)ni tayyor-lashga e’tibor qaratiladi. Modullar bilan ishlash yakunidagi natija esa, ya’ni o‘quvchi egallagan bilim, ko‘nikma, malaka va shaxslik sifatlari mazkur maqsadga erishilganlik darajasini ko‘rsatadi. Modulli adabiy ta’limning maqsadi ham barcha ta’lim texnologiyalari singari adabiy ta’lim bo‘yicha davlat standartiga tayanadi. Modulli ta’lim texnologiyasining maqsadi qancha aniq bo‘lsa, unga eri­shish darajasi shuncha oson bo‘ladi. Mazkur bosqichdagi eng muhim ishlar – o‘quv materiali mazmuni va undagi muhimni nomuhimdan ajratish, badiiy asardagi o‘quvchi ko‘nglidan o‘tsa, ma’lum ijobiy iz qoldiradigan jihatlarni umumlashtirish, ularni o‘quvchi hayoti bilan bog‘lashga yo‘naltirish, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabat-lari tabiatini belgilab olishdan iboratdir.


Umuman, adabiyot o‘qitishda modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanish – o‘quvchilarni ma’naviy kamolot yo‘liga solishda, buning uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va shaxslik sifatlarini egallashida, nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etishi-da, mustaqil fikrlashga odatlanishida, badiiy tahlil malakalarini egallashida, o‘z bilim va qobiliyatlarini baholay bilishida, o‘zining xato-kamchiliklarini anglash va ularni bartaraf qila bilishida o‘ziga xos o‘rin tutadi.
Adabiyot darslarida modulli ta’lim texnologiyasidan foy-dalanishning amaliy namunasi sifatida A. Ekzyuperining «Kich-kina shahzoda» asari ustida ishlash darsini tavsiya etish mumkin. Umumta’lim maktablari 5-sinfi dasturida Antuan de Sent-Ekzyu-perining «Kichkina shahzoda» asarini o‘rganish uchun to‘rt soat ajratilgan. Asarni o‘rganishga yo‘naltiruvchi talqin quyidagicha: «Ertak-qissada bolalar olamining mahorat bilan tasvir etilishi. Unda abadiyat va foniylik, hayot, muhabbat va o‘lim muammosi­ ning o‘ziga xos tarzda tasvir etilishi. Kichkina shahzoda obrazi. Ertakdagi boshqa obrazlar va ular o‘rtasidagi munosabat. Ertak-da bolalar ruhiyatiga xos xususiyatlarning yorqin ifodalanganligi. Ertakning tarbiyaviy ahamiyati»83.

Badiiy asarlarni bo‘laklarga bo‘lib o‘rganishda, ya’ni darsni modullar asosida tashkil etishda, istalgan joydan, istalgan narsa oli-naverilmaydi. Buning o‘ziga xos pedagogik, psixologik sabablari bor. O‘qituvchi «Kichkina shahzoda»ni uning boblariga tayanib, to‘rt soatga rejalashtirib olishi va har darsda o‘qilgan bo‘laklardagi yetakchi fikrlarni modullashtirib olishi maqsadga muvofiqdir.


Ayni zamonda, bo‘lajak o‘qituvchilarning «Kichkinashahzoda»ni o‘zlari modullashtirishlari, ya’ni mazkur ishlanmaga tayanib ajratib ko‘rsatilgan o‘rinlardan kompyuter yordamida max-sus modullar yaratishlari o‘z amaliy faoliyatlarini tasavvur qilish-lariga imkon yaratishi mumkin.

Adabiyotchi o‘qituvchilarning «Kichkina shahzoda»ni o‘rganish qiyin degan e’tirozlarida jon bor. O‘quvchilarning uni anglashi qiyin kechayotganini ham tushunish mumkin. Chunki asar bizning milliy ruhiyatimizga uncha yaqin emas. Avvalo, bizning bolalar hamisha kattalarni haq deb biladilar. O‘zbekning milliy-axloqiy xususiyatida kattalarni tanqid qilish, ularning xatti-hara-katlariga tahrir kiritish hissi yo‘q. Bu o‘zbekcha axloqiy me’yor bolalarning genida mavjud. Ayrim 5-sinf o‘quvchilarining asardan ma’naviy zavq ololmayotganlari va asar qahramoniga xos bo‘lgan jihatlarni his qilmayotganlarining sababi ham shunda.


Ishni qiyinlashtiradigan yana bir holat shundan iboratki, asar-dan amaldagi darslikda berilgan parchada qissaning aslidagi surat-lar yo‘q84. Holbuki, parchada: «Rasmlarni muallifning o‘zi chiz-gan», «Mana o‘sha surat», «Mana, men chizgan narsa», «shu rasmni chizib berdim» degan jumlalar bor (Bu sezgir o‘quvchida e’tiroz uyg‘otadi. O‘quvchining xafsalasi pir bo‘lib qolmasligi uchun keyingi nashrda bu nomuvofiqlik bartaraf etilishi lozim). O‘qituvchi bu rasmlarning har birini internet orqali topib alohida modullashtiradi.


Har qanday asar matni o‘qituvchi tomonidan o‘qib berilayotgan paytda o‘quvchilar ham u bilan birga o‘z darsliklaridan asarni ich-dan o‘qib borishlari tavsiya etiladi. Bu usul, avvalo, o‘quvchilarni eshitish orqali ifodali o‘qish ko‘nikmasini egallashga yo‘naltiradi, o‘zlari o‘qish asnosida esa o‘qituvchidan ortta qolmaslikka intilib tez o‘qish ko‘nikmasini ham egallab boradilar. Asar to‘liq o‘qib bo‘lingandan so‘ng, ikkinchi darsda uning tahliga kirishiladi.


Ma’lumki, «Kichkina shahzoda» qissasi dunyodagi ko‘p til-larga tarjima qilingan. Unda Antuan de Sent-Ekzyuperi niho­ yatda nozik qalbli, xayolot olami boy, sog‘lom mantiq asosida ya­ shaydigan o‘zga sayyoralik bolakay timsolini yaratgan. Asar qah-ramoni Kichkina shahzoda yaxshini yomondan, go‘zalni xunukdan farqlay olmaydigan, fantaziyasi qotib qolgan kattalar ruhiyatini tu­ shunmaydi. Hodisalarga tor manfaat yuzasidan qaraganligi, bag‘ri keng bo‘lolmagani uchun bir-birini anglamay, bir marta beriladi-gan hayotda maza qilib yashash o‘rniga urushlarni, qirg‘inlarni o‘ylab topadigan kattalar shahzodaning kinoyaviy nazari bilan tasvir etiladi. O‘quvchilarga asardagi mana shu haqiqatlarni kashf etishda ko‘maklashish kerak. Buning uchun o‘qituvchiga asar mat-ni yuzasidan tayyorlangan savol-topshiriqlar yordam beradi. Af-suski, darslikda taqdim etilgan savol-topshiriqlar o‘quvchilarning asar mohiyatini anglashlari uchun yetarli emas. Shuning uchun o‘qituvchi asar matnidagi diqqatga sazovor o‘rinlarni modullashtirishi, ularni ekranda namoyish etishi yoki kichik guruhlarda ishlayotgan o‘quvchilarga taqsimlab berishi va har bir qism zami-ridagi muhim jihatlarni savol yoki topshiriqqa aylantirib, ularga o‘quvchilarning e’tiborini qaratishi kerak bo‘ladi.


Asar tahlilining asosiy quroli bo‘lmish savol-topshiriqlarning dastlabkisi birinchi modulning mazmuni asosida tuzilgan: «Qis-sa qahramoni chizgan rasmga kattalarning munosabati, ularning jug‘rofiya, tarix, arifmetika va husnixatni o‘rganish borasida bergan maslahatlari hamda shu sababli «rassomlikning porloq istiqbolidan voz kechishga majbur bo‘lgani»ga o‘z munosabatingizni bildi­ ring!» – topshirig‘i bo‘lib, unga javob berish uchun o‘quvchilar mustaqil mulohaza yuritishlari kerak bo‘ladi. Avvalo, jungli haqida xayol surish uchun u haqda biror narsa bilish kerak. Unga xos jihat-larni tasavvur qilish kerak.


Ma’lumki, bolaning xayolot olami chegara bilmaydi. Xa­ yolda aqlga sig‘maydigan ishlar ham oppa-oson sodir bo‘laveradi. Hikoyachining rasm chizishga undagan narsa ham undagi xayol ufqining kengligidir. Maslahat bergan, uzoqni ko‘ra biladigan kat-talarning haq ekani ko‘rinib turgan esada, ular nafaqat asar qahra-moniga, balki shu darsda o‘tirganlarga ham yoqmasligi mumkin. Lekin baribir, chizilgan rasmni ko‘rgan bolalar kattalar haq ekanini ichdan tuyib turadilar. O‘qituvchi o‘quvchilarining javoblaridan buni ilg‘ashi mumkin. Lekin kattalarning «aqlliligi» bilan shakl­ lanib kelayotgan iste’dod yo‘qqa chiqarilmadimi? Kattalar bu bi-lan hisoblashishlari kerakmidi? Bolalar shular haqida ham o‘ylab ko‘rsinlar.


Ikkinchi modul – muallifning bolalikda chizgan dastlabki sura-ti bo‘ladi. «Kattalarning: «Shlyapaning nimasi qo‘rqinchli ekan?» shaklida munosabat bildirishlari sababi haqida o‘ylab ko‘ring. Kattalarning tashqi o‘xshashlikka e’tiborlari, xayoli uzoqlarga parvoz qilmasligi haqida mulohaza yuriting. O‘zingizning bolalikdagi «suratchi»liklaringizni ham yodga oling» topshirig‘i o‘quvchilarni o‘z atrofidagi kattalarga asar qahramoni nazari bilan qarashga un-daydi. Masalaga chuqurroq yondashishga qodir o‘quvchilar o‘z hayotidagi har xil vaziyatlarga kattalarning munosabatini eslab, uni o‘z nazari bilan qayta baholaydi. Balki bu haqda so‘zlab ham berar. O‘qituvchi bu imkoniyatni qo‘ldan bermasligi kerak.


«Hikoyachining: «Axir, kattalarga hamma narsani doim tushuntirib borish kerak-da» degan ta’kidiga qanday munosa-bat bildirasiz?» – savoli o‘quvchilarni bir oz o‘ylantirishi tabiiy. O‘zbek bolalari nazarida kattalar hamma narsani bilishadi va ular ko‘pincha haq bo‘ladilar. Ekzyuperining qahramoni esa kattalar­ ning haqligiga shubha qilyapti. Endi o‘quvchilarda ikki xil nazar paydo bo‘ldi. Ular asar qahramonini o‘zlari bilan solishtirishlari mumkin. Ayrimlar qay biri to‘g‘ri ekanini ajratolmay, mavhum bir holatda tahlilda ishtirok etaveradi. Lekin bu ikkilanish ham uning shaxsiyati shakllanishida ahamiyatga egaligi tayin. Bu va keyingi topshiriqqa bolaning kattalarga o‘zi chizgan suratini sharhlab beri-shi bilan bog‘liq lavhasi modul vazifasini o‘taydi.


Asardagi: «Kattalar hech qachon o‘zlaricha biron narsani tushuna olmaydilar, ularga hadeb hijjalab tushuntirib berave­ rish esa oxir-oqibat bolalarning ham joniga tegib ketadi» tasvi-riga munosabat bildiring» – singari hazilomuz yo‘sindagi bu fikrda ham asar qahramoni haqdir (bu parcha ham alohida modul shak-lida ko‘rsatiladi). Bolalar o‘zlarining har bir qilgan nojo‘ya ishlari uchun kattalarga hisob beraverishdan qiynalganlarini eslab, qah-ramonni yaxshi ko‘rib qolishlari ham tabiiy hol. Va bu, ehtimol, yaxshidir. Chunki o‘quvchilar va adabiy qahramon bir-birlarini tushunib borishyapti.


O‘quvchini mustaqil mulohaza yuritishga undaydigan navbat-dagi topshiriq, ya’ni hikoyachining: «Kattalar orasida uzoq vaqt yashadim. Ularni yaqindan ko‘rdim, bildim. Va bundan, tan oli­ shim kerakki, ular haqidagi fikrim yaxshi tomonga o‘zgarmadi»,


– degan xulosasiga e’tibor qiling (alohida modul). Asarda kat-talar va bolalarning bu tarzda qarama-qarshi qo‘yilayotganligi sababi haqida o‘ylab ko‘ring – topshirig‘i bolalarni aqlan ancha zo‘riqtiradi. Avvalo, «kichkina rassom»ning kattalar haqidagi fikri qanaqa ekanini bolalar matnga murojaat qilib, bir esga olishadi. So‘ng ular o‘rtasidagi munosabatlarga, qarama-qarshiliklarning sabablariga e’tibor qaratiladi. Uning nazarida, kattalar bolalarni tushunmaydilar. Ularning o‘z belgilab olgan yo‘llari bor va bolalar xohlaydilarmi yo‘qmi, bundan qat’i nazar, shu yo‘ldan borishlarini talab qiladilar. Kattalar hayotiy tajribalari, bilimi va aqli yetovida bolaga nisbatan uzoqroqqa qaraydilar, kichiklarning fe’l-atvori, qiziqishlari, intellektual imkoniyatlarini hamisha ham hisobga olib o‘tirmay, o‘z mantiqlaridan kelib chiqib, talab qo‘yadilar. Holbuki, bolakaylar – xayolot kishilari. Oradagi qarama-qarshiliklarning sa-babi ham shunda.


Har bir topshiriqqa asardagi yaxlit bir hodisa tasviri modul qilib olinadi. Ajratilgan modul mazmunidan kelib chiqib: «Men shu tariqa yolg‘izlikda yashardim, dilimni anglaydigan­ biror hamdardim yo‘q edi…», – shaklidagi anduhli xulosaga munosabat bildiring. Hikoyachi yolg‘izligining sabablari haqida o‘ylab ko‘ring» topshirig‘i beriladi. Uni bajarish uchun ham bolalar fikrlashga majbur bo‘lishadi. Kattalardek mulohaza yuritadigan «kichkina shahzoda» qarashlarini o‘ziday qabul qiladigan hamdardi yo‘qligi tufayli o‘zini yolg‘iz sezadi. Chindan ham, kishining atrofida hamfikr, dildosh odamlar bo‘lmasa, u o‘zini yolg‘iz his qiladi. Uning bu holatini, vaziyatidan kelib chiqib, kattalar ham, kichiklar ham tushunishi, anduhli xulosasiga qo‘shilishi mumkin. Buning uchun ular bolani to‘la his qilishlari lozim.


«Kichik shahzodaning hikoyachidan aynan qo‘zichoq chizib berishni so‘raganligi sababi haqida mulohaza yuriting. Sizning-cha, qo‘zichoqda qanday ramziy ma’no bor?» savoliga javob be­ rish uchun bolalar matnga murojaat qiladilar. Bu savolga asardagi shu epizod modullik qiladi. Kichik shahzoda iltimosining sababi va qo‘zichoqdagi ramziy ma’no ular o‘rtasidagi suhbatda anglashi-lishi zarur. Agar bolalar buni ilg‘ay olmasalar, o‘qituvchi shu top-shiriqni uy vazifasi sifatida qo‘yishi ham mumkin. Ular o‘ylashda davom etsinlar.


«Shahzodaning bo‘g‘ma ilon va fil suratini ko‘rib: «Yo‘q, yo‘q! Menga ilon ham, fil ham kerak emas! Ilon haddan tashqari xavfli, fil esa haddan tashqari katta», – deya munosabat bildirgani haqida o‘ylang (alohida modul)» topshirig‘i o‘quvchilarni shahzo-daga yana-da yaqinlashtiradi. Bolalar bir-birlarini, deyarli hamisha yaxshi tushunadilar. Shahzodaning rasmda ifodalangan tasvirni darhol anglab, unga munosabat bildirgani sababi ham shunda. Topshiriq yordamida o‘quvchilar shunday mulohaza yuritishga yo‘naltiriladi. Shu o‘rinda shahzodaning chizilgan suratlarga bildirgan e’tirozlariga bolalar diqqati tortilishi kerak. Bu navbat-dagi moduldir: «U rasmni sinchiklab ko‘zdan kechirgach:


Yo‘q, bu qo‘zichoq judayam oriq-ku, – dedi. – Boshqasini chizib ber.



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling