Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Download 1.11 Mb.
bet33/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

Men boshqa qo‘zichoq rasmini chizdim.
Yangi do‘stim xushfe’llik bilan muloyim jilmayib qo‘ydi.
Bu qo‘zichoq emas-ku, – dedi u. – O‘zing ham ko‘rib turib-san-a, qo‘chqor-ku bu. Ana, shoxiyam bor…
Men qo‘zichoqni tag‘in boshqatdan chizdim. Biroq, bu rasm ham unga ma’qul bo‘lmadi.
E, buning o‘lguday qari-ku. Menga uzoq yashaydigan qo‘zichoq kerak». Bolalar chizilgan rasmni bunchalik oson tu­ shunib, tez tahlil qila oladigan kichik shahzoda bilan filni yutib yuborgan ilon suratini shlyapa deb o‘ylagan kattalarni taqqoslash-lari kerak. O‘quvchilar qarashlar xilma-xilligining sabablari haqida o‘ylasinlar: balki kattalar katta bo‘lgani uchun suratni tushunish-magandir? Balki oradagi masofa juda uzoqdir? Balki kattalar hayot tashvishlari va muammolari bilan bo‘lib bolalardan juda ham uzoq­ qa ketib qolishgandir?

Qo‘zichoqni kunduzlari bog‘lab qo‘yish uchun arqon ber-moqchi ekanini eshitib: «Kichkina shahzodaning qoshlari chimiril»ganligi sababi haqida o‘ylab ko‘ring. Uning: «Bog‘lab qo‘yasan? Nima keragi bor buning?», – degan savollariga taya-nib, uning qanday bola ekani haqida fikr bildiring» topshirig‘i ham bolalarni anchagina o‘ylantiradi. Yerliklarning nazari bilan o‘zga sayyoralik yigitcha ko‘zqarashi orasidagi tafovutga, ularning har biri o‘z sharoitidan kelib chiqib ish tutayotganiga o‘quvchilar e’tiborini tortish kerak. Ehtimol, Kichkina shahzoda sayyorasi juda kichik bo‘lgani uchun shunday deyotgandir. Balki qo‘zichoqning ozodligiga daxl qilmaslik uchundir. Buni o‘quvchilar o‘zlari aniq­ laganlari va fikrlarini asoslaganlari ma’qul.


1909-yilda yangi sayyorani kashf qilgan olim haqidagi: «O‘shanda astronom ajoyib kashfiyoti haqida xalqaro astronomi-ya kongressida ma’ruza qilgan, ammo uning gapiga biror kimsa ishonmagan, chunki u turkcha kiyingan edi» tarzidagi izohga mu-nosabat bildiring. Gap til haqida emas, kiyim to‘g‘risida ekaniga e’tibor qiling (tasvirni berish)», «O‘sha astronom 1920-yili kash-fiyoti haqida tag‘in ma’ruza qildi. Bu safar u eng so‘nggi modada kiyingan edi – hamma uning gapini ma’qulladi» tasvirini izohlang (bu har ikkala tasvir alohida modul qilinadi. Tasvirlar yoniga turk-cha va zamonaviy kiyingan astronomning surati ham tushiriladi). Kattalar qaroridagi mantiq haqida o‘ylab ko‘ring» – topshiriqla-rini bajarish asnosida bolaning kattalar haqidagi tasavvuri namo-yon bo‘ladi. Bu masalaga o‘quvchilar o‘zlarining jajjigina hayotiy tajribalariga asoslanib javob berishga undalsalar, maqsadga muvo-fiq bo‘lardi.


Asardagi: «Ana shunaqa g‘alati xalq bu kattalar. Ular xafa bo‘lib o‘tirishga arzimaydi. Bolalar kattalarga nisbatan kengfe’l va kechirimli bo‘lishlari lozim» (bu fikr ham alohida modullashtirila-di) degan xulosaga munosabat bildiring» – topshirig‘idagi ta­ labni o‘quvchilar o‘zlaricha qabul qilishlari tayin. Bolalikdan kengf’llikni, kechirimlilikni o‘z tabiatlariga singdirishni eplay ol-salar, bizdan keyingi kattalar bizdan yaxshiroq bo‘lishiga kafolat yaratiladi.


«Asardagi: «…dunyoda do‘stlarni unutib yuborishdan ham qayg‘uliroq narsa yo‘q», – xulosasiga munosabatingizni bildi-ring», Hikoyachining: «…afsuski,­ men quticha devorlari aro qo‘zichoqni ko‘rishga qodir emasman. Balki men kattalarga ozroq o‘xshab ketarman» (fikr alohida modullashtiriladi va uning ustida ishlanadi) tarzidagi anduhi sabablari to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring» singari topshiriqlariga javob berish uchun ham o‘quvchilar asar matniga qayta murojaat qilishlari kerak bo‘ladi. Asardagi bu savol-topshiriqlar qaratilgan lavha mazkur ish uchun modullik vazifasini bajaradi.

O‘qituvchi o‘quvchilarga uy vazifasi sifatida o‘z tasavvurlari-dagi shahzodani, hikoyachi va uning chizgan suratlarini chizishni yoki ulardan chizilgan suratlarga sharh yozishni talab qilishi mum-kin. Har ikkala topshiriqning natijasi ham ijod mahsuli hisoblanadi. Ijod esa mustaqil va ijodiy fikr natijasi bo‘lib, o‘quvchida ma’naviy sifatlarning shakllanishiga turtki bo‘ladi.


Xullas, adabiyot o‘qitish kechimida modulli ta’lim texnologi-yasidan foydalanish uning qiziqarli va samarali tashkil etilishi garovidir.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling