Pedagogika instituti fakultetlararo pedagogika va psixologiya kafedrasi qiyosiy pedagogika


Download 1.62 Mb.
bet31/59
Sana08.05.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1444610
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59
Bog'liq
ҚИЁСИЙ O\'UM 2022-2023 ZIYAYEV

TURKMANISTON TA’LIM TIZIMI. Maktabga borgunga qadar bolaga asosan oilada ta’lim beriladi. Ota-onalar odatda 1,3,5 yoshdan bolalar bog‘chasiga topshiradilar. Bolalar bog‘chalari davlat ta’minoti asosidagi va xususiy bog‘chalarga bo‘linadi. 2-3 yoshli bolalar raqs tushishga va qo‘shiq aytishga o‘rgatiladi. 5 yoshdan boshlab ingliz tili, rus tili, matematika o‘rgatila boshlaydi. Bog‘chalarning ko‘plari xususiy.
Umumiy o‘rta ta’lim o‘ziga umumta’lim maktablari, litsey va gimnaziyalarni qamrab oladi. O‘quv yili Rossiyadagi kabi 1 sentyabrdan boshlanadi. Va mayning oxiriga tugallanadi. 6 yoki 7 yoshdan boshlab umumta’lim maktabiga beradilar. 16-17 yoshda uni tugallaydi. Umumta’lim maktablarida o‘qish 10 yil. Tugatgandan so‘ng to‘liq o‘rta ta’limni tugatganligi to‘g‘risida guvohnoma-attestat beriladi. Oliy ta’lim muassasiga hujjat topshirishda attestat yoki o‘rta maxsus tex. uchilishe attestati topshiriladi.
Har yili 3 sinfni tugatgandan so‘ng imtihon topshiriladi. Oxirgi sinfni tugatgandan so‘ng davlat imtihoni bir necha fanlardan topshiriladi. Imtihon baholari o‘rta ta’limni tugatganlik haqidagi attestatga qo‘yiladi. Imtihonlari yo‘q fanlardan yillik olgan baholarini umumlashtirib qo‘yiladi.
Umumta’lim o‘rta maktablari orasida ayrim fanlar chuqurlashtirilgan-ingliz tili, fizika, matematika, ximiya maktablari, kasb-hunarlarni o‘rgatish bo‘yicha maxsus maktablar bor. Oddiy maktablardan farqi maxsus mutaxassislashgan fanlardan qo‘shimcha o‘quv yuklamalari beriladi.
O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi umumo‘rta ta’lim dasturi asosida sirtqi, kechki, kunduzgi shaklda o‘qitiladi. Turkmanistondagi ta’lim tizimi Ittifoq davridagi shaklni namuna qilib olgan. 1993 yili Prezident Saparmurad Niyozov bu tizimda yangilik qildi. Birinchi navbatda o‘rta ta’lim tizimida yangilik bo‘ldi. YA’ni 9 yillik umumiy ta’limga o‘tildi.
Turkmanistonda har yili 860 ming bola ta’lim oladi. Texnikumlarda 71ming, oliy ta’limda 40 ming talaba ilm oladi.
O‘rta ta’limda 3 bosqichli umumiy o‘rta ta’lim maktablari mavjud. 10 yil davom etadi.
-Boshlang‘ich ta’lim. Muddati 3 yil. 1-3 sinf.
- O‘rta ta’lim maktabi. Birinchi bosqichi 5 yil bo‘lib, 4-8 sinflar kiradi.
- YUqori o‘rta ta’lim maktabi. Ikkinchi bosqichni tashkil qilib, 4 yil muddatni o‘z ichiga oladi.9-12 sinflar.
Oliy ta’lim muassasalari ilmiy va amaliy fundamental bilimlar bilan Turkmaniston fuqarolarini ta’minlaydi. Fuqarolar qiziqishlari, qobiliyatlari, mutaxassisliklarini mukammallashtiri, Qayta tayyorlash, ilmiy, ilmiy-pedagogik tayyorlash maqsadida ish olib boradi. Oliy ta’lim mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlik umumy o‘rta ta’lim bazasi asosida olib boriladi. Turkmanistondagi oliy o‘quv yurtlariga quyidagilar kiradi: akdemiya, universitet, institut, konservatoriya va boshqalar kiradi.
Ashxaobodda Turkmaniston davlat universiteti tashkil qilingan. O‘qishlar turkman va rus tilida olib boriladi. Oliy ta’limni tugatgandan so‘ng ta’limni yana davom ettirish mumkin. Oliy ta’lim muassasasini tugatgandan so‘ng oliy ta’lim kadrlarini qayta tayyorlash muassasalarida mutaxassislik bo‘yicha malakalarini oshirishadi.
Oliy ta’lim prfessional-mutaxassislik ta’limini ordinatura, aspirantura, ad’yuktura, doktarantura kabilarda davom ettirish mumkin. Oliy ta’limni tugatgandan so‘ng Milliy fanlar Akademiyasida (2007 yilda tashkil qilingan) davom ettirishi mumkin.
2013 yili aspiranturaga 55 ta davlat ta’minoti asosida aspirant, 2 ta doktarant olindi. 42 ta klinik ordinatura, 241 ta fan nomzodligini olish uchun tadqiqotchilar, fan doktorligi ilmiy darajasini olish uchun 9 ta izlanuvchilar olindi.
Maxtumquli nomidagi 1950 yil 14 iyunda tashkil qilingan Turkmaniston davlat universiteti bor. 1931 yilda Ashxabod pedagogika instituti asosida tashkil qilingan.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling