Pedagogika instituti fakultetlararo pedagogika va psixologiya kafedrasi qiyosiy pedagogika


JAHON MAMLAKATLARI TA`LIM TARAQQIYOTINING AYRIM MASALALARI


Download 1.62 Mb.
bet29/59
Sana08.05.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1444610
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59
Bog'liq
ҚИЁСИЙ O\'UM 2022-2023 ZIYAYEV

JAHON MAMLAKATLARI TA`LIM TARAQQIYOTINING AYRIM MASALALARI
(MDH DAVLATLARI TA’LIM TIZIMI VA TA’LIM-TARBIYA JARAYONINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI)

QOZOG‘ISTON TA’LIM TIZIMI


Davlat Prezidenti davlat strategik rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini ta’lim va fan rivoji bilan uzviy bog‘laydi. 1999 yil iyun oyida “Ta’lim haqidagi Qonun”da milliy ta’lim tizimining yangi modelini ishlab chiqdi. Xalqaro ta’lim standartlariga asoslandi. YUNESKO tomonidan taqdim qilingan xalqaro ta’lim tizimiga asoslanadi. Uzluksiz ta’lim 4 bosqichga bo‘linadi:

  • Maktabgacha ta’lim va o‘qitish

  • O‘rta ta’lim

  • Oliy ta’lim

  • Oliy ta’limdan so‘nggi ta’lim.

Ta’lim tizimi keyingi yillarda o‘zgarishlarga yuz tutdi. 90 yillarning boshlarida ta’lim tizimida qisqartirishlar bo‘ldi. Davlatda yuz berayotgan iqtisodiy krizis bir qator ta’lim beruvchi muassasalarning berkitilishiga sabab bo‘ldi. Hozirgi davrda ta’lim tizimida ham barqarorlashtirish jarayoni kechmoqda.Hozirgi zamon ta’lim tizimidagi rivojlanish ishlanma va xulosalar ishlab chiqishni talab qilmoqda.
Maktabgacha ta’lim tizimi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar ta’limi bolalar nutqi rivoji, fizik jihatdan o‘sishi, maktabga tayyorgarlik masalalarini qamrab oladi. Keyingi yillarda ta’lim tizimida davlat ta’minotidan kam mablag‘ ajratilishi bolalar bog‘chalari muassasalarini kamayishiga olib keldi. Unga quyidagilarni sabab qilib ko‘rsatish mumkin:
Bolalar bog‘chalarini birlashtirish 1995-1997 yillari avj oldi. 10 yil ichida 12,5 martaga qisqartirildi. Ulardagi joy esa 5,4 martaga kamaytirildi. SHaharlarga nisbatan qishloqlarda 60 martaga qisqartirildi. 1990 yili qishloq bolalar bog‘chalari 52 % bo‘lgan bo‘lsa, 2000 yilda ular 11 % ni tashkil qilgan. Ularga bolalarning qatnashishi uchun to‘lov 1-2 .eng kam oylik ish haqqiga teng qilib qo‘yildi. Bolalar bog‘chasiga joylanuvchilar 1990 yili 20.4 ming bo‘lgan bo‘lsa, 1995 yili 2,5 ming, hozirgi kunda esa yo‘q hisobi. Hozirda 100 ta joyga 92 ta bola to‘g‘ri keladi. 57 ta davlat ta’minoti asosida, 16 ta xususiy bog‘chalar faoliyat ko‘rsatmoqda. 15 ta bog‘cha birinchi sinf dasturi bo‘yicha ish ko‘radi. 58 ta bog‘chadan 54 tasi rus tilida ish olib boradi. 4 ta qozoq tilida, 15 ta bog‘cha har ikki tilda ish olib boradi. Hamma bolalar bog‘chalari proekt asosida qurilgan. 45% qayta ta’mirlashga muxtoj.
Maktab ta’lim tizimida o‘rta ta’lim bepul. Davlat o‘quv-tarbiyaviy ishlarni olib borishni nazorat qiladi. Maktab ta’lim tizimi uzluksiz 3 bosqichga bo‘lingan: boshlang‘ich, asosiy, o‘rta ta’lim maktablari.
Hozirda 833 tasi davlat ta’minotida, 14 tasi xususiy maktablar. 3 ta maktabda ayrim fanlar chuqurlashtirilgan. 9 ta gimnaziya, 10 ta litsey 3 ta maktab –internat mavjud.
Maktablarni kompyuterlashga alohida e’tibor qaratilgan. Har 3 ta maktab uchun 2 tadan kutubxona to‘g‘ri keladi. O‘quv zallari bilan ta’minlangan. Hozirda maktablar hozirgi zamon metodikasiga, moddiy yordamga muxtoj. Maktab moddiy-texnik bazasini ta’minlashga e’tibor qaratilgan. Umumta’lim maktablarida o‘qituvchilar soni 25,4 mingga etdi.
Maxsus-texnik ta’limi soxasida quyidagi muammolar hal qilindi. 2001 yildan bepul maxsus ta’lim yo‘lga qo‘yildi.

  • Ta’lim yo‘nalishlari to‘ldirildi

  • Maxsus ta’lim muassasalariga qabul soni ko‘paytirildi

  • Maxsus ta’limni tugatganlar uchun ishchi joylari tashkil qilindi. Ayniqsa, etim bolalar uchun alohida engilliklar yaratildi.

  • Pulli xizmat turlari tashkil qilindi.

Qozog‘istonda 35 ta maxsus texnik o‘quv yurti va litseylar bor. Ulardan 26 tasi davlat ta’minotida.
O‘rta maxsus ta’limda 35 ta kollej turli kasblar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi. 2000 yil 15 mayda boshlang‘ich va o‘rta maxsus ta’lim rivojlanish choralari Haqida” davlat qarori qabul qilindi. Qozog‘istonda maxsus ta’lim tizimida qarordan so‘ng o‘zgarishlar yuzaga keldi. YOshlarni kasbga yo‘naltirish bo‘yichako‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirildi.
2000 yilga qadar oliy ta’lim iqtisodiy taqchillik tufayli bir oz hamma yo‘nalishlar kabi rivojlanish surati pasaydi. Lekin shunga qaramay texnik va moddiy holatini va kadrlar taqchilligi masalasini hal qila borib, ilmiy-texnik muammolari ustida ish olib bordi. Hududlardagi ishlab chiqarish bilan bog‘liq, xo‘jalik va iqtisodiyotning yangi talablari bilan bog‘liq, bozor iqtisodiyotining shakllanishi bilan bog‘liq va shu kabi ilmiy va pedagogik kadrlarni tayyorladi.
Iqtisodchi va huquqiy mutaxassislardan foydalanish extiyoji kuchaydi. Injener mutaxassis kadrlar etishmovchiligi sababli 2001-2002 yillari davlat davlat grandlari injener mutaxassislar uchun ko‘paytirildi. Natijada oliy ta’lim muassasalari yirik ilmiy markazga aylandi. Ta’limdagi yangi isloh talablari asosida ilmiy takomillashgan, ruhiy boy, kasbiy, ilmiy, pedagogik kadrlar paydo bo‘ldi.
Hozirgi kunda 11 ta oliy o‘quv yurti va 17 ta filial mavjud. Ulardan davlat ta’minotida 12 tasi, ya’ni 42,9 % ni tashkil etsa, nodavlat o‘quv yurtlari 16tasi 57,1 % ni tashkil qiladi. Keyingi yillarda nodavlat o‘quv yurtlari ko‘paydi. 2000 yil SHokarim nomidagi Semipalatinsk universitetiga 2605 talaba qabul qilindi. SHarqiy Qozog‘iston davlat universiteti 1943 ta, SHarqiy Qozog‘iston Serikbaev nomidagi texnika universiteti 1762 ta, Semipalatinsk universiteti 880 ta, SHarqiy gumanitar davlat instituti 718 ta talaba qabul qildi. Bozor iqtisodiyoti davri talablari malakali kadrlar o‘rtasida konkurensiyani keltirib chiqardi. Oliy o‘quv yurtlarida 30 xil mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Ulardan ayrimlari quyidagilar:

  • Ijtimoiy-gumanitar mutaxassislar 21,8 %

  • Ta’lim sohasi 18,0 %

  • Iqtisodiyot 16,8 %

  • Tabiiy fanlar 5,4 %

  • Tabobat 2,9 %

YAngi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Masalan: ximik-kriminal, ekolog-ekspertiza, turizm, soqiologiya, demografiya, er kadastri, ko‘chmas mulkni baholash va shu kabi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling