Pedagogika instituti fakultetlararo pedagogika va psixologiya kafedrasi qiyosiy pedagogika


Download 1.62 Mb.
bet2/59
Sana08.05.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1444610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
ҚИЁСИЙ O\'UM 2022-2023 ZIYAYEV

Fanning maqsadi – bo‘lajak o‘qituvchilarni jahon va respublikamizda pedagogika taraqqiyotining qiyosiy tahliliga doir bilimlar bilan qurollantirish, bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni fanning nazariy metadologik muammolari, taraqqiyot bosqichlari, chet el ta’limi, uning mazmuni, tuzulishi, rivojlanishi, o‘ziga xos xususiyatlari, ta’lim-tarbiya orasidagi uzviyliklar, ilg‘or g‘oyalar va tajribalar xususidagi bilimlar bilan tanishtiradi. SHu orqali ta’lim mazmunini rivojlantirish, uni jaxon talablari darajasiga olib chiqish, pirovard natijada yuqori malakali kadrlar tayyorlab, mustaqil Respublikamiz iqtisodiy, ma’naviy qudratini oshirishga xizmat qildirishdan iboratdir. chet el ta’lim yutuqlaridan foydalanish asosida bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni erkin va mustaqil fikrlashga, pedagogik maxorat cho‘qqilarini egallashga tarbiyalanuvchilar bilan yaxshi muomala qilish, ularning ruxiyatini tushunib etish va muammoli vaziyatlarni egallashning turli yo‘llarini o‘rganish kabi malakalarini rivojlantirishga o‘rgatishdir.
Fanning vazifasi – talabalarni jahon va respublikamizda pedagogika fanining rivojlanishini qiyosiy tahlil qilish, jahon pedagogikasining rivojlanish tendensiyalarini to‘la anglay olish qobiliyatini shakllantirishdan iborat.
Talabalarni chet el tajribasi asosida quyidagi ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy tasavvur va tushunchalar xamda ko‘nikma va malakalar xosil qilish lozim.

  • Qiyosiy pedagogika fanining bozor iqtisodiyoti jarayonidagi tutgan o‘rni va axamiyati, talaba yoshlarni milliy mafkuraviy qarashlarini shakllantirish, jamiyatning ilg‘or nufuzli kuchi sifatida sog‘lom e’tiqodni, erkin fikrlovchi komil insonlar bo‘lishi, jarayonidagi o‘rni va rolini aniqlash:

  • Bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni Markaziy Osiyo va jaxon xalqlarining pedagogik me’rosi bilan tanishish jarayonida ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga xurmat xissini xosil qilish, ta’limni boshqarish muassasalari xodimlari jamoasiga jaxon pedogogikasida, ayniqsa taraqqiy etgan mamlakatlarda ta’limning amalga oshirilishi, uning rivojlanishi tendensiyalari, muammolari, istiqboli to‘g‘risida batafsilroq ma’lumot berish:

  • Ta’limda keng ko‘lamdagi isloxotdar amalga oshirilayotgan xozirgi davrda bo‘lg‘usi talaba va yoshlarga, xalq ta’limi xodimlariga, chet el o‘qituvchilari, chet el ta’limi xaqida kengroq ma’lumotlar berish, ular tajribalarini joriy etish bo‘yicha ma’lumot taqdim etish:

  • Ta’lim tizimining xozirgi zamon yutuqlari bilan jaxon ta’limi tizimi yutuqlarini o‘z ishi faoliyatida pedagogik texnologiya sifatida qo‘llay bilish, insonning mafkuraviy sifatlarini shakllantira oladigan samarali metodlardan xabardor bo‘lish.

Talaba fanni o‘rganish jarayonida quyidagilar xaqida tasavvurga ega bo‘lishi lozim: ta’limdagi ijtimoiy va ilmiy texnik taraqqiyot, shaxs rivojlanishining ijtimoiy va biologik omillari, ta’lim-tarbiyaning madaniy-tarixiy jixatlari, XX asrning boshlarida pedagogikadagi isloxotlar, ta’lim-tarbiyada umumbashariyat, milliylik va individuallik, va rivojlangan mamlakatlar pedagogika fanida shularning ifodalanishi, bugungi kunda dunyodagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy xolat, ta’lim-tarbiyada tizimiga buning ta’siri, xozirgi zamonda ta’lim mazmunidagi o‘zgarishlar, xozirgi zamonda ta’lim-tarbiyadagi yangi usul va texnologiyalar, rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimlarinning o‘ziga xosliklari, mustaqillik sharoitida MDX mamlakatlarida ta’lim tizimidagi isloxotlar, O‘zbekiston ta’limining ijtimoiy muammolari, ta’lim-tarbiyada umumbashariy, milliy va individual omillarni, rivojlangan mamlakatlar pedagogika fanining yutuqlaridan foydalangan ‘olda tabaqalashtirish, ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotining umumjaxon ilor tajribasini, zamonaviy pedagogik g‘oyalarini tanlash va ishlab chiqish texnologiyasi, o‘quv-tarbiya jarayonida ilg‘or tajriba va o‘qitish texnologiyalarni qo‘llay olish, umuminsoniy qadriyatlar asosida jahon va respublikamiz ta’limi rivojini tashxis eta olish; jahon va respublikamizda pedagogika fani taraqqiyotini qiyosiy tahlil etish; respublikamiz ta’limi taraqqiyotidagi afzalliklarni ko‘ra olish va uning keyingi rivojini bashorat qila olishga doir ko‘nikmalarni egallash, pedagogik adabiyotlar bilan ishlash; zarur metodik yo‘riqnomalar tuzish; samarali pedagogik tadqiqotlar o‘tkazish, qiyosiy tahlil metodidan foydalana olish, qiyosiy tahlil jarayonida jahon mamlakatlarning rivojlanishidagi o‘ziga xosliklarni hisobga olish malakalarini egallashi kerak.
Qiyosiy pedagogika fani O‘zbekiston tarixi, xorijiy tillar pedagogika nazariyasi, pedagogika tarixi, ijtimoiy pedagogika, oila pedagogikasi, pedagogik mahorat, tarbiyaviy ishlar metodikasi, ixtisoslik pedagogik konfliktologiya, pedagogik valeologiya fanlari bilan uzviy bog‘lik va alokadadir.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling