Pedagogik konfliktologiya


Download 11.13 Kb.
bet1/3
Sana02.12.2023
Hajmi11.13 Kb.
#1779517
  1   2   3
Bog'liq
Pedagogik konfliktologiya yechimi va uni boshqarish texnologiyasi

Pedagogik konfliktologiya yechimi va uni boshqarish texnologiyasi


Reja
  • Pedagogik konfliktologiyaning paydo bo`lishi va rivojlanishi.

  • 2.Konfliktologiya haqida chet el tajribasi bo'yicha fikrlar 3.Pedagogik konfliktalarni bartaraf etishda pedagogik hamkorlik

Professional ta'limda davlat siyosati


Professional ta'lim tizimini ilg'or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus professional ta'lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish maqsadida:
2020/2021 o'quv yilidan boshlab O'zbekiston Respublikasida Ta'limning xalqaro standart tasniflagichi (keyingi o'rinlarda — Xalqaro tasniflagich) darajalari bilan uyg'unlashgan yangi boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus professional ta'lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta'lim dasturlari joriy etiladigan ta'lim muassasalari tarmog'i tashkil etilsin.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga zarur hollarda ushbu band bilan tasdiqlangan ro'yxatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish huquqi berilsin.
3. Belgilab qo'yilsinki:
a) boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus professional ta'lim muassasalariga Xalqaro tasniflagich bo'yicha asosiy ta'lim dasturlaridan tashqari quyi darajadagi ta'lim dasturlari bo'yicha kadrlar tayyorlash huquqi beriladi;
b) tizimda mos ravishda boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus professional ta'lim dasturlari joriy etilgan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardan iborat professional ta'lim muassasalari tarmog'i tashkil etiladi;
v) kasb-hunar maktablarida:
kadrlar tayyorlash umumta'lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik umumta'lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida kunduzgi ta'lim shaklida amalga oshiriladi;
Pedagogik jarayon o`ziga xos murakkab ijtimoiy tuzilma bo`lib, shaxslararo aloqalarning doimiy jarayonidan iboratdir. Albatta, bu jarayonda ikki sub`ekt o`rtasidagi munosabatlarni ijobiy shakl doirasidan chetga chiqish holatlari ham kuzatiladi.
Pedagogik jarayonda shaxslararo munosabatlarning keskinlashuvi natijasi sifatida konfliktlarning yuzaga kelishi kuzatiladi.
Konflikt o'zi nima? Bu fan o'rganuvchi ob'ektlar nimalardan iborat? Konfliktlarni kelib c8--hiqishini, sabab va oqibatlarini o'rganuvchi fan “Konfliktologiya” bo'lib, u lotincha “conflictus” – to'qnashuv demakdir. Fan nuqtai-nazaridan ilk marotaba konfliktni ilmiy o'rganish davlat hokimiyati, jamiyat a'zolari hamda alohida ijtimoiy guruhlar orasidagi ziddiyatlarni o'rganishdan boshlangan. Keyinchalik ilmiy qiziqishlarni ortib borishi bilan ijtimoiy, siyosiy, milliy, guruhlararo va shahslararo konfliktlar fan ob'ektiga aylana boshladi.
3.1.Pedagogik konfliktologiyaning paydo bo`lishi va rivojlanishi.
Konfliktologiya XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan sifatida shakllana boshlagandan so'ng, jamiyatda konfliktning tutgan o'rni o'rganish jamiyat hayotida juda muhimligi sababli, etnik va guruhlararo konfliktli munosabatlarni o'rganish, sistematik asosda ularni tahlil qilish va o'zaro to'g`ri echimga kelish zaruriy ehtiyojlardan biriga aylandi.
Konflikt har bir inson hayotining ajralmas qismi. Hech bir inson konfliktlardan o`zini “kafolatlanganman” deb ishonch bilan ayta olmaydi. Har birimiz bolalik davrlarimizdan konflikt vaziyatlarga tushamiz va bu holatlardan chiqib ketish yo`l va usullarini qidiramiz. Konflikt ijtimoiy xodisa ekanligi haqida. Konflikt rivojidan har bir inson, yaqin qarindoshlar, mehnat jamoasi o`rtasidagi tinch va totuvlikka asoslangan osuda hayot tarzi zarar ko`rishi mumkinligi haqida ma`lumot berish.
Pedagogik konflikt – pedagogik jarayonda shaxslararo munosabatlarning keskinlashuvi natijasi sifatida yuzagi keluvchi muammoli vaziyatdir. Pedagogik konfliktlarning quyidagi shakllari yuzaga keladi:
3. O`qituvchi-o`qituvchi.
2.Talaba-o`qituvchi
1. Talaba-talaba;
Konfliktologiya, yoki konfliktlar yechimi sohasi yangi rivojlanib kelayotgan va taraqqiy etayotgan fan sohalaridan biri bo'lib hisoblanadi.
Shu bois, konfliktologiya sohasining nazariy asoslari, uning milliy xususiyatlari, ijtimoiy o'ziga xosliklari, konfliktlarning jamiyat hayoti bilan aloqadorligi, shaxslararo konfliktlar, konfliktlarning huquqiy aspektlari, mehnat jamoasidagi konfliktlar masalalari ko'pchilik tadqiqotchilarni qiziqtiradi.
Ko'rinib turibdiki, konfliktologiyaning o'z ichki yo'nalishlari ko'p. Konfliktologik kayfiyat va xususiyatlarni o'rganish jamiyatdagi inqirozlarning kelib chiqishi va ijtimoiy to'qnashuvlarning oldini olishga ko'mak beradi. Ammo bu sohadagi tadqiqotlar unchalik ko'p bo'lmay, mazkur qo'llanmani yozishda konfliktologiya asoslari bo'yicha ingliz, rus va o'zbek tillaridagi ba'zi ma'lum manbalarga tayanildi.
3.2. Konfliktologiya haqida chet el tajribasi bo'yicha fikrlar
Mayamida tashkil etilgan “Tinchlik ta'limi tadqiqotlari markazi” ana shunday tashkilotlardan hisoblanadi. Rossiya Fanlar Akademiyasi Sotsiologiya instituti qoshida ham “Konfliktologik tadqiqotlar markazi” ish olib boradi. Ushbu markazlar asosan konfliktli vaziyatlarni oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadilar.

Download 11.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling