Pedagogika instituti fakultetlararo pedagogika va psixologiya kafedrasi qiyosiy pedagogika
Download 1.62 Mb.
|
ҚИЁСИЙ O\'UM 2022-2023 ZIYAYEV
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar bog’chalari.
- Majburiy ta’lim.
- Yuqori bosqich o’rta maktabi.
TA’LIM TIZIMINING TARKIBI
Hozirgi zamon yapon ta’lim tizimlarining tarkibi quyidagicha: -bolalar bog’chalari; -boshlang’ich maktab; -kichik o’rta maktab; -yuqori o’rga maktab; -oliy ta’lim tizimlariga kiruvchi o’quv yurtlari. Bu ta’lim bosqichlarining o’ziga xos jihatlarini birma-bir ko’rib chiqamiz. Bolalar bog’chalari. Ta’limning bu bosqichiga 3-5 yoshli bolalar qabul qilinadi. Bolalar yosh xususiyatlariga muvofiq ravishda 3, 2, 1 yillik ta’lim kurslariga jalb qilinadilar. Yaponiyada maktabgacha ta’lim muassasalarining 59,9 foizi xususiydir. 40,8 foizi esa munistipial (tuman) kengashlari tasarrufida, qolgan 0,3 foizi davlatnikidir. Majburiy ta’lim. Ta’limning bu pog’onasiga 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalar jalb qilinib, ular shu muddat ichida 6 yillik boshlang’ich maktab va 3 yillik kichik o’rta maktab kursini o’taydilar. 9 yillik bu ta’lim majburiy bo’lib, barcha bolalar bepul o’qitiladilar va tekin darsliklardan foydalanadilar. Muhtoj oilalarning bolalari mahalliy va milliy boshqaruv tashkilotlari tomonidan ajratilgan mablag’lar hisobiga bepul nonushta qilish, o’quv qurollari olish, tibbiy xizmatdan bepul bahramand bo’lish imtiyozlariga egadirlar. Bundan tashqari, ularga bepul sayohatlar va boshqa ko’ngilochar tadbirlar uyushtiriladi. Zarur bo’lib qolgan taqdirda muhtoj o’quvchilar uchun moddiy yordam ko’rsatiladi. Bu bosqichdagi maktablarga qabul uchun maxsus qonun yoki cheklashlar yo’q. Faqat jismonan, ruhan nosog’lom bolalar unga qabul qilinmaydilar. Ota-onalar o’z bolalarini xususiy maktablarga berish huquqiga ham egadirlar. Lekin xususiy maktablarning o’ziga xos shart-sharoitlari va talablari mavjud. Yuqori bosqich o’rta maktabi. Yaponiyada bunday bosqich maktablarining kunduzgi, kechki va sirtqi bo’limlari mavjud. Kunduzgi yuqori bosqich maktablarida o’qish muddati 3 yil. O’quvchilarning 95 foizi kunduzgi maktablarda ta’lim oladilar. By turdagi maktablarda o’qish ixtiyoriydir. Unda quyi o’rta maktablarni bitirgan, yuqori bosqich o’rta maktablariga kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tgan 16 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan o’quvchi yoshlar qabul qilinadilar. Unda umumiy ta’lim (akademik) fanlari, texnik bilimlar, tijorat, mahalliy sanoat, stqshloq xo’jaligi, chorvachilik, baliqchilik, kemasozlik va boshqa sohalarga oid bilimlar o’rgatiladi. Bunday turdagi o’rta maktablarda umumiy va xususiy tarmoqlarni qo’shib hisoblaganda 98 foiz yosh bilim oladi. Dorilfununlar, kichik kollejlar, texnik kollejlar, maxsus ixtisoslashtirilgan kollejlar Yaponiyada oliy ta’lim tizimini tashkil etadi. Bu mamlakatda boshlang’ich, o’rta va oliy o’quv yurtlaridan tashqari, bir- biridan farq qiluvchi «Ixtisos maktablari» va «turli» maktablar mavjud. Ularning ko’pchiligi xususiy bo’lib, turli firma, konstern va sindikatlar uchun qisqa vaqtli kurslarda bichuvchi, tikuvchi, to’quvchi, oshpaz, hisobchi, mashinkada yozuvchi, avtotexnik, elektron hisoblash mashinkalari uchun dastur tuzuvchi va boshqa zaruriy kasblar o’rgatiladi. Maktablarning ayrimlari chet tillarini o’rgatish bo’yicha ixtisoslashtirilgan. 1976 yildan-e’tiboran vazirlikning aniq talablarini bajarayotgan «turli maktablar» ixtisoslashtirilgan maktablarga aylantirildi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling