Pedagogika instituti fakultetlararo pedagogika va psixologiya kafedrasi qiyosiy pedagogika


Download 1.62 Mb.
bet26/59
Sana08.05.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1444610
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59
Bog'liq
ҚИЁСИЙ O\'UM 2022-2023 ZIYAYEV

Maorifi: ilmiy va madaniy ma'rifiy muassasalari. Mamlakatda 7 yoshdan 9 yillik majburiy ta'lim joriy etilgan bo'lib, u 3 bosqich (3+3+3) dan iborat. 9 yillik maktabni tugatganlar o'qishni gimnaziyada davom ettiradi. 30 dan ortiq oliy o'quv yurti bor.
Yiriklari: Upsala universiteti, Stokgolm universiteti, Geterbog universiteti (1891). Stokgolmdagi Qirollik oliy texnika maktabi (1827), Geterbogdagi Politexnika universiteti (1829), Shvetsiyadagi mashhur ilmiy muassasalar: Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi, muhandislik akademiyasi (1919) Upsaladagi qirollik tabiiy fanlar jamiyati (1710), Geterbogdagi qirollik san'at va fan jamiyati (1778). Stokgolmdagi tibbiyot-jarrohlik instituti, Stokgolmdagi Shvetsiya akademiyasi (1786).
Yirik kutubxonalari: Stokgolmdagi qirollik kutubxonasi, Upsala Geterborg universitetlarining kutubxonalari, Stokgolm va Geterberg shahar kutubxonalari.


MAVZU:NIDERLANDIYA TA’LIM TIZIMINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Reja:

  1. Niderlandiya ta’lim tizimining o‘ziga xosliklari

  2. Niderlandiyada boshlang‘ich ta’lim va o‘rta ta’lim.

  3. Niderlandiyada oliy ta’lim va maxsus ta’lim;

Niderlandiyaning er maydoni 42 ming km/kv bo‘lib, unda 15 million aholi istiqomat qiladi. Uning shimoliy dengiz bo‘yida uch daryo Reyn, Maasa, Sxelde dengizga quyilish joyida joylashganligi, Niderlandiyaga katta geografik qulaylik tug‘diradi. SHu tufayli ham aholining katta qismi kemasozlik, turizm, tranzit yuklarni kemalar bilan tashib berish bilan band. Ishga yaroqli aholidan 6 millioni yoki 67 foizi maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida, 28 foizi sanoatda, 5 foizi qishloq xo‘jaligi va baliqchilik xo‘jaliklarida mehnat qiladi. Davlat tuzimida konstitutsion monarxiya, uning o‘z parlamenti ham faoliyat ko‘rsatadi. Bu mamlakat 12 viloyatdan tashkil topgan, poytaxti Amsterdam shahridir.


Niderlandiya kichik mamlakat bo‘lsada, lekin halqaro ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotda faol ishtirok etadi. Hozirgi Birlashgan Millatlar Tashkilotining o‘tmishdoshi bo‘lgan millatlar ligasi aynan birinchi bor Niderlandiyada tashkil etilgan edi. Bu mamlakatda 1899, 1907-yillarda xalqaro tinchlik konferensiyalari bo‘lib o‘tgan. Hozir xalqaro arbitraj, xalqaro sud shu mamlakatning Gaaga shahrining Tinchlik saroyida joylashgan.
Uning siyosati tinchlik siyosatidir. U xalqaro tinchlikni saqlash tashkilotlarining a’zosi, tinchlik forumlarining barchasida faol qatnashadi. U BMT, NATO, EES, YEVROPA Iqtisodiy Hamjamiyatining faol a’zosidir. Ikkinchi jahon urushidan keyin Niderlandiyada qudratli industriyani barpo etish ishlari boshlandi. Bu mamlakat to‘g‘risida qisqacha ma’lumot ana shulardan iborat.
Bizdagi ta’lim tizimining qo‘yilishi buyicha AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya mutaxassislarining fikri muallif diqqat e’tiborini o‘ziga jalb etdi. Ular bir ovozdan sobiq SSSRning barcha hududlarida ta’limning amalga oshirilishi bo‘yicha jahonning istagan mamlakati bilan raqobatlasha olishi, uni saqlash va takomillashtirish zarurligini, sobiq SSSR ta’lim tizimlarida ibratli jihatlar ko‘pligini ta’kidladilar. Ayniqsa mustaqillikka erishgan har bir davlat o‘z hududiy, mahalliy etnopedagogik xususiyatidan kelib chiqib, ta’limni isloh etishi zarurligini qayd etdilar.
Niderlandiya ta’lim tizimlarining shakllanish davri 1789 yilda fransuz revolyusiyasi natijasida paydo bo‘lgan Bativ Respublikasi davriga to‘g‘ri keladi.
Hozirgi paytda mamlakatning 75 foiz maktablari xususiy shaxslar, tashkilotlar va jamiyatlar tomonidan, shu jumladan xrestian yoki katolik cherkovlari tamonidan tashkil etilgan.
Bu mamlakatda ta’lim tizimi 7-3-2 shakldadir. Boshlang‘ich ta’lim maktabgacha tarbiya bilan qo‘shilgan.
Uning shakli quyidagi bosqichdadir:
— boshlang‘ich ta’lim;
— o‘rta ta’lim;
— maxsus ta’lim;
— oliy ta’lim;
— chet elliklar uchun ta’lim.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling