Pedagogika instituti fakultetlararo pedagogika va psixologiya kafedrasi qiyosiy pedagogika


Download 1.62 Mb.
bet1/59
Sana08.05.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1444610
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
ҚИЁСИЙ O\'UM 2022-2023 ZIYAYEV




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


MUQIMIY NOMIDAGI QO'QON DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI
FAKULTETLARARO PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA KAFEDRASI

QIYOSIY PEDAGOGIKA
fanidan
O'QUV-USLUBIY MAJMUA


Bilim sohasi:


100000 – Gumanitar soha



Ta’lim sohasi:

110000 – Pedagogika



Bakalavr yo’nalishi:

5111700-BT va STI

QO’QON-22
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


MUQIMIY NOMIDAGI QO'QON DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI
FAKULTETLARARO PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA KAFEDRASI

QIYOSIY PEDAGOGIKA


fanidan
O'QUV-USLUBIY MAJMUA
(4-KURS)


Bilim sohasi:

100000 – Gumanitar soha



Ta’lim sohasi:

110000 – Pedagogika



Bakalavr yo’nalishi:

5111700-BT va STI

QO‘QON-2022

Fanning O`quv-uslubiy majmuasi O‘zbekistan Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2018 yil 25.08.dagi 744-sonli buyrug’i (buyruqning 2-ilovasi) tasdiqlangan “Qiyosiy pedagogika” fani dasturi asosida tayyorlangan.




Tuzuvchi:


M.Mirxayitova

-

Qo’qon DPI, “Fakultetlararo pedagogika va psixologiya ” kafedrasi katta o`qituvchisi

Taqrizchilar:


Z.Xolmatova

-

Qo`qon DPI Pedagogika kafedrasi mudiri PhD,dotsenti.

M.Jamolitdinov




-

Qo`qon DPI dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi.


Fanning O`quv-uslubiy majmuasi Qo`qon Davlat pedagogika instituti Kengashining 2022 yil __.27.08_______ dagi 1 -sonli bayoni bilan tasdiqlangan.



MUNDARIJA:

I.

O’QUV MATERIALLAR




1)

Ma’ruza mashg’ulotlari




2)

Amaliy, seminar, laboratoriya mashg’ulotlari




II.

MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI




1)

Mustaqil ta’lim mavzularini o’zlashtirish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar




2)

Kurs ishi yozish bo’yicha tavsiyalar

-

III.

GLOSSARIY




IV.

ILOVALAR




1)

Fan dasturi




2)

Ishchi fan dastur




3)

Tarqatma materiallar




4)

Testlar




5)

Baholash mezonlari


6)

Boshqa ma’lumotlar (fan bo’yicha boshqa materiallar mavjud bo’lsa keltiriladi)

-

7)

O’UMning elektron variant (CD yoki DVD diskda)





1-MAVZU: “QIYOSIY PEDAGOGIKA” MUSTAQIL FAN SIFATIDA. QIYOSIY PEDAGOGIKANING NAZARIY –METODOLOGIK ASOSLARI.

Reja:



  1. Qiyosiy pedagogikaning pedagogika fanlari tizimidagi o‘rni.

  2. Kursning predmeti, obyekti, maqsadi va vazifalari.

  3. Qiyosiy pedagogikaning boshqa pedagogika fanlaridan farqi.

  4. Mazkur fanni o‘rganishning dolzarbligi.

  5. Qiyosiy pedagogikada metodologik yondashuvlar.

  6. Melioristik yondashuv, tarixiy-falsafiy yondashuv, fanlararo yondashuv, ma’lumotli yondashuv, etnomadaniy yondashuv

Tayanch tushunchalar: pedagogika, qiyosiy pedagogika, qiyosiy tarbiya, qiyosiy-pedagogik tadqiqot.
Ixtiyoriy ilmiy bilimning barqaror rivojlanishning zaruriy sharti uning evolyusion bosqichlarida ongli tarzda avloddan-avlodga o’tishidir. Pedagogika fanlari uchun bu juda muhim hisoblanadi. Chunki bir davrdan ikkinchi davrda uzluksiz o’tuvchi xususiyatga ega ta’lim tarbiya’ning dolzarb va abadiy muammolari bir talay. Yangi ijtimoiy tarixiy sharoitda va fanning yangi bosqichida tarixiy ilmiy merosga taya’nib ish ko’rish zarur va ahamiyati yuksak hisoblanadi. Shuning uchun pedagogika o’zining tarixi ikkilamchi masala ham, qadimiy ashyolar yig’indisi ham bo’lmay, doimiy taraqqiyotda bo’lgan muammolarni o’z ichiga qamrab olgan majmua hisoblanadi. Ularning batafsil tahlili pedagogika fanlariga oid ixtiyoriy sohaning ilmiy tadqiqotlari nazariy metodologik darajasini mukammallashtiradi. Odamning kasbiy va aqliy kamolotida muhim ko’rsatkichga aylanadi.
Bularning bari qiyosiy pedagogikaga ham to’la aloqador hisoblanadi.
Qiyosiy pedagogika ta'lim-tarbiya jarayonining yangi qonunlarini ochmaydi, balki pedagogika fanlari orttirgan ilmiy tajribalardan foydalanib, hozirgi dunyoda ta’lim taraqqiyotining eng muhim muammolarini, qonuniyatlarini o’rganadi, ularning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va falsafiy asoslarini, shuningdek, milliy xususiyatlarini ochadi.
Qiyosiy pedagogika – pedagogika tarixi va nazariyasi bilan uzviy bog’langan. Umumiy pedagogika, pedagogika tarixi va boshqa pedagogika fanlari ma’lum bir vaziyatda qiyosiy tadqiqot metodidan foydalanadi. Qiyosiy pedagogikaning o’ziga xosligi shundan iboratki, uning asosiy tadqiqot metodi qiyoslash metodidir, qiyosiy pedagogika o’rganadigan predmet hozirgi ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotining ahvoli, rivojlanish qonuniyatlari va tendensiyalarining umumiy va farqli xususiyatlarini qiyosiy o’rganishdir.
YEVROPA qiyosiy pedagogika jamiyatining prezidenti Br. Xolms qiyosiy pedagogikaning hozirgi davrdagi vazifasini quyidagicha ifodalaydi: hukumatlarga tanlangan maktab siyosatini moslashtirish va hayotiylashtirish yo’llarini belgilashda maslahat berish, o’zini oqlamasligi mumkin bo’lgan qarorlar qabul qilinmasligiga yordam berish, ya’ni qo’yilgan maqsadlarga eng qulay vositalar bilan erishishda ko’maklashish, qabul qilingan qarorlar natijalariga ta’sir ko’rsatadigan shart-sharpoitlarni mumkin qadar ko’zda tutish, siyosatni amalga oshirish yo’llarining to’g’riligini oldindan ko’ra bilish. Qiyosiy pedagogic tadqiqotlarning bu vazifalari 1977 yili iyunda Londonda bo’lib o’tgan qiyosiy pedagogika bo’yicha Butunjahon kongressida muhokama qilingan.
Qiyosiy pedagogika yangi pedagogik qonunlarini ochmaydi, buyuk pedagogika fanlari orttirgan ilmiy tajribalaridan foydalanib, mamlakatlar guruhi asocida hozirgi dunyoda maorif taraqqiyotining eng muhim muammolarini, qonuniyatlari va tendensiyalarini o‘rganadi.
Qiyosiy pedagogika predmetiga nisbatan har xil qarashlar mavjud. Ayrim olimlar qiyosiy pedagogika asosiy ma’rifiy pedagogik hodisalarni xamda ularning turli mamlakatlarda konkret tarixiy sharoitda va o‘zaro tadqiq etadi (V.Kanitits va V. Makert) deb hisoblashsa, ayrimlar qiyosiy pedagogika maorif tizimlari hamda turli mamlakatlarda ta’lim-tarbiya muammolarini tushunish va hal kilishdagi o‘xshash va farqli :omonlarini ko‘rsatib beradi (P.Suxorolskiy) deb ta’rif beradilar. Bir gurux olimlar qiyosiy pedagogika rus milliy ta’lim tizimini takomillashtirish maqsadida turli chet el maktab tizimlarini qiyosiy baholash bilan shug‘ullanadi (M.A. Julen, J.Sedler, R.King-Xoll) degan fikrdalar. Ko‘rinib turibdiki, kiyosiy pedagogika predmeti juda bahslanuvchan mavzudir. Qiyosiy pedagogikaning metodologik asosi falsafadir.
Qiyosiy pedagogika bir qator ijtimoiy fanlar falsafa, tarix, iqtisod, siyosat, sosiologiya, demografiya, etnografiya va boshqalar bilan bog‘liq. Pedagogik xodisalarni qiyosiy tahlil kilishda bu ijtimoiy fanlarniig ilmiy konsepsiyalari va metodlaridan foydalanish muqarrar. Qiyosiy pedagogika pedagogika tarixi nazariyasi bilan uzviy bog‘langan. Kiyosiy pedagogika o‘ziga xosligi shundaki, uning asosiy tadqiqot metodi qiyoslash metodidir.
Qiyosiy pedagogika o‘rganadigan predmet: xozirgi dunyodagi ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotining ahvoli, rivojlanish qonuniyatlari va tendendiyalarining umumiy va farqli xususiyatlari.
Qiyosiy pedagogika vazifalari 1977 y. Londonda bo‘lib o‘tgan qiyosiy pedagogika bo‘yicha Butunjaxon kongressida muxokama qilindi. Qiyosiy pedagogika vazifalari quyidagilardan iborat deb belgilandi.
1.Xozirgi zamonda ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish va ularning turli mamlakatlar maktabi va pedagogika ta’siri natijalarini qiyoslab taxlil qilib berish;
2.Turli mamlakatlardagi maorif taraqqiyotining eng aktual va umumiy muammolari va tendensiyalarini aniqlash.
3.Chet el mamlakatlarining ijobiy tajribasini umumlashtirish, o‘rganish va qiyosiy pedagogika va boshqa yondosh fanlarda qo‘llanadigan tadqiqot metodlaridan foydalanadi.
1. Tavsiflash metodi turli mamlakatlardagi pedagogik xodisalarning tashqi belgilarini tavsiflashda qo‘llanadi. SHu asozda keyin taqqozlash va taxlil qilish amalga oshiriladi.
2. Statistik metod maorif tizimiga va pedagogik xodisalarga oid raqamlar va ma’lumotlarni taxlil kilish va baxolashni ko‘zda tutadi.
S.Tarixiy metod pedagogik xodisalariing genezisini taqqoslashni bildiradi.
4.Sosiologik metod maorif sistemalarining ijtimoiy xarakterini baxolashda qo‘llanadi.
5. Analitik metodlarga analiz, sintez, mavxumlashtirish, induksiya, deduksiya kabi mantiqiy metodlar kiradi.
Hozirgi kunga qadar bir qator mamlakatlardan (Belgiya, Angliya, YAponiya, SHvetsiya, AKSH va boshqalar) qiyosiy pedagogika o‘quv predmeti sifatida ilmiy xodimlar pedagog o‘qituvchilari bo‘lg‘o‘zi o‘qituvchilarni chet elda ishlashga tayyorlashning zarur qismi sifatida o‘qitiladi. Kurs xajmi xar bir mamlakatda o‘ta xar xil (10 dan 100 soatgacha) biroq, ko‘pchilik xollarda 30-40 soat leksiyadan va mamlakatlar guruxida ta’limning axvoli batafsil o‘rgatiladitan seminar mashgulotidan, chet elga sayoxat tanlangan mavzular bo‘yicha mustaqil ishlash va kurs yakunida doklad yoki yozma imtixondan iborat.
Bugungi kunda mamlakatimizda qiyosiy pedagogika o‘quv predmeti sifatida o‘qitila boshlagan ekan bu borada chet el tajribasini chuqur o‘rganish lozim. Boshqacha aytganda qiyosiy pedagogikani shakllantirib olish uchun qiyosiy pedagogika tadqiqotlar o‘tkazish kerak.
Qiyosiy pedagogika fani bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik taqqoslash fanining umumiy nazariy asoslari, uning vazifasi, maqsadi, taraqqiyot bosqichlari, chet el ta’lim tizimi, ularning tajribalari xaqidagi bilim ko‘nikmalari bilan qurollantiradi. O‘zbekiston respublikasi va jahonda pedagogika fani taraqqiyotini qiyosiy tahlil etib o‘rganish pedagogika fanining rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bo‘lajak pedagoglarda pedagogika fani taraqqiyotini qiyosiy tahlil eta olish ko‘nikma va malaklarini shakllantirishda mazkur fan alohida ahamiyatga ega.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling